Asosiy dinlar: Xristian (Pratestant)
Pul birligi: AQSH dollari
Vaqt: UTC – 4 dan – 12, + 10, + 11 gacha
Davlat telefon kodi: +1
AQSH aholisining 40%ga yaqini Nyu-York, Virjiniya, Men, Nyu-Xempshir Vermont, Massachusets, Konnektikut, Rod-Aylend, Nyu-Jersi, Delaver, Merilend va g‘arbiy Virjiniya2 shtatlariga kiruvchi shimoliy-sharqiy qismda yashaydi. Uning iqlimi yozda dengiz bo‘yida dam olish hamda sportning qishki turlari bilan shuqullanish uchun qulay.
Shimoliy Amerika tarixiy yodgorliklarga boy bo‘lmasa ham, ularning aksariyat qismi aynan shu hududda joylashgan. Ayrim eski shaharlarda ko‘chalar XVIII asrda qanday bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha holatda saqlanib qolgan. Ammo hudud, birinchi navbatda, Nyu-York shahri boshchiligida zamonaviy madaniyat va biznes markazi sifatida mashhur. Plyajlar tizimi shimolda Keyp-Kodedan boshlanib, janubda Keyp-Xatterasgacha davom etadi. qirqoqlar qum tepaliklaridan iborat. Long-Aylend shimoliy qirg‘oqlari turlicha. Shu sababli parus sporti bilan shuqullanish uchun qulay. Masalan: Nyuport rayonida (qimmatbaho va elita 2-uy) Nyu-York badavlat aholisining shaxsiy plyajlarga mavjud bo‘lgan 2-uylari joylashgan. Menlar shtati qirg‘oqi toshlardan iborat bo‘lganligi sababli, turizm kam rivojlangan. Bu yerda joylashgan Arkadiya milliy boqi o‘z mavqeiga asosan mamlakatning 2-boqi hisoblanadi va 1 yilda 4 mln kishini qabul qiladi.
Florida shtatida turizm avvalgi asrning 70-yillarida qishki dam olish zonasi sifatida rivojlana boshlagan. Boy amerikaliklarning aksariyat qismi bu yerga qishda kelish uchun uylar qurganlar, ammo XX asrning 20-yillari shtatda katta o‘zgarishlar bo‘ldi va hudud ulkan turistik markazga aylandi. 1987 yilda ular 34 mln mehmonni qabul qildi.
Shtat budjet hisobiga turizmdan kelgan daromad 40,2 mlrd dollarni tashkil Mayami-Bich ulkan ko‘ngil ochar tadbirlari bo‘yicha nom qozongan. Shimolda elita villalariga boy Palm-Bich joylashgan. g‘arbiy qirg‘oqda Fort Mayyers va Sankt-Peterburg oraliqida yuqori sifatli plyajlar mavjud. Shtatning ko‘zga ko‘rinarli joylari – bu, Disneylend va Kosmik tadqiqotlari markazi hisoblanadi. Florida shtatida katta avtomobil yo‘l tizimi mavjud. Shu sababli bu yerga avtoturistlarning katta miqdori keladi.qildi. Shu bilan birgalikda 1,28 mln kishi ish bilan ta’minlangan.
Floridaning tranzit turizmi uncha katta emas. Mayami porti butun Amerika kruiz yo‘lovchilari uchun darvoza hisoblanadi va 1 yilda 1 mln. ga yaqin turistlarni o‘tkazadi. AQSH shtatlari orasida keluvchilar miqdori va sarf-xarajat bo‘yicha Kaliforniya shtati yetakchilik qiladi. Aholining 90%dan oshiqi Tinch okeani qirg‘oqlarida joylashgan shaharlarda istiqomat qiladi. Bu yerda bir kunlik ichki turizmining yaxshi rivojlanishiga qaramasdan Kaliforniya, AqSH xalqaro turizmning asosiy markazlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Kaliforniya qirg‘oqlari turli-tuman manzaralarga boy. Bu yerda qum plyajlari va qoyalar mavjud. Ammo shtatning ichki qismida dam olish va sayohat qilish uchun juda ko‘p go‘zal joylar bor. Masalan: 1 yilda 3 mln. ga yaqin mehmon qabul qiluvchi mamlakat milliy parki – Yosemit parki mavjud. Los-Anjeles shtatning asosiy turistik markazi hisoblanadi. Bu yerda barchaga tanish Gollivud kinostudiyasi va bolalar oromgohi Disneylend mavjud.
Kaliforniyaning boshqa yirik turistik shaharlariga San-Diyego va San-Fransiskolar kiradi.
Kaliforniyaning yaqinida AQShning boshqa muhim turistik markazi Nevada shtatining Las-Vegas shahri va Arizona shtatining Grand-Kanyon shahri joylashgan. 1987 yilda uni 16,2 mln mehmonlar ziyorat qildilar. Ular shahar budjetiga 8,6 mlrd dollar foyda keltirdilar. Shaharning mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirishga katta mablag‘ ishlatiladi. Bu yerda dunyoning ulkan otellari “Nyu-York” va "MGM" otellari joylashgan. Grand-Kanyon Kolorado daryosi yonidagi vodiyda joylashgan. U mashhur milliy park sifatida joylashgan. Bir yilda bu yerga 3,5 mln mehmon tashrif buyuradi. Quyidagi jadvaldan biz AQSH turizm sohasining o’sish tendensiyasini ko’rishimiz mumkun (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |