ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ИҚТИСОДИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ
____________________ __________________
___________факультети __________кафедраси
Руйхатга олинди № __________ Руйхатга олинди № __________ “______ ” ___________ 2020 й. “_____ ” ____________ 2020 й.
МИНТАҚАВИЙ ТУРИЗМ ВА ТУРИСТИК РЕСУРСЛАР
КУРС ИШИ
Мавзу: ___Farg'ona mintaqasining turistik imkoniyatlari___________________
Бажарди:
Xalqaro turizm_______________________
факультети, TU-54 гурухи талабаси
Raxmonberdiyev Sa'dulla Ubaydulla o'g'li ____________
Текширди:
____________________________________
Курс иши такризга топширилган сана
“__ ”________ 2020 й.
|
Курс иши химоя килинган сана
“__ ”________ 2020 й. Бахо “ __”________
|
Курс иши такриздан кайтарилган сана
“__ ”________ 2020 й.
|
Комиссия аъзолари:
___________________
___________________
___________________
|
____________
(имзо)
____________
(имзо)
___________
(имзо)
|
ТОШКЕНТ — 2020
Mundarija
Kirish …………………………………………………………………………… 3
1. Farg`ona turistik mintaqasining geografik joylashuvi. ...….…… 5
2. Farg`ona viloyatida rivojlangan turizm turlari. ……………..……………. 12
3. Farg'ona mintaqasining turistik imkoniyatlari. ……..…………………..17
4. Farg`ona viloyatinida turizmni rivojlanitirish istiqbollari
Xulosa …………………………..………………………………………….. 31
Foydalanilgan manbalar ro'yxati ……..………………..…………………… 33
Kirish
Farg'ona deganda, avvalambor, O'zbekistonimizning gavhari bo'lgan go'zal diyor ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Istiqlol yillarida bu maskan yanada chiroy ochdi. Ahmad Farg'oniy, Burhoniddin Marg'inoniy kabi allomalarimizning hamda Marg'ilon shahrining yubileylari jahon miqyosida nishonlanishi xorijliklarning bu zaminga bo'lgan qiziqishini yanada orttirib, sayyohlik salohiyati yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Azaldan mehmondo‘stlikni joyiga qo‘yib, ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lgan xalqimiz istiqlol yillarida ana shu ajoyib fazilatini sayyohlik industriyasi, xizmat ko‘rsatish sohasini takomillashtirish orqali yanada yaqqolroq namoyon etayotir. Bunda O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni, Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Farg‘ona viloyati tarixiy obidalari, tabarruk qadamjolari, zamonaviy inshootlari bilan sayyohlar e’tiborini tortmoqda. Xususan, viloyat markazi, qadimiy Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari va Rishton tumani uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar bilan doimo gavjum. Viloyatda yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ochish, mehmonlarni tarixiy obidalar, milliy hunarmandlik va xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishtirish uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Burhoniddin Marg‘inoniy, Said Ahmad Eshon majmualari, Pirsiddiq Hazrat chillaxonasi va maqbarasi, Uvaysiy uy-muzeyi, hunarmandlar ustaxonalari, Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon saroyi va unda joylashgan o‘lkani o‘rganish muzeyi, Jome’, Kamolqozi masjidlari, Norbutabiy majmuasi, Dahmai Shohon va Madalixon tarixiy yodgorliklari, Farg‘ona shahri hamda Quvadagi Ahmad Al-Farg‘oniy majmualari bo‘ylab uyushtirilayotgan sayohatlar turistlarda yurtimiz tarixi haqida katta taassurot qoldirmoqda.
Viloyatdagi tabiiy suv havzalari bilan bog‘liq yodgorliklar, adir geokomplekslaridagi ekoturistik obyekt va hududlar ham o‘ziga xos. O‘zbekiston, Uchko‘prik va Rishton tumanlaridagi tabiiy buloqlar, Oltiariq tumanidagi asriy qayrag‘och va sharq chinori, Akbarobod va Zilha qumlari, Sariqo‘rg‘on tepaligi, Kitkontepa, Saurbuloq, Yomonjar jarlari, qadimiy pistazorlar, Oqbilol g‘ori kabi tabiat yodgorliklari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi.
Viloyatda turizm sohasida gastronomik, ekologik va agroturizm turlarini shakllantirish va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha aniq turistik obyektlar va transport-logistikasi tizimi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, Farg‘ona, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida “Osh markazlari” tashkil etildi. Rishton tumanida Tohirjon Haydarovning kulolchilik maktabi va uy-muzeyi ish boshladi.
– Bugun Farg‘onaga kelgan sayyohlar, albatta, Rishton tumaniga ham tashrif buyuradi, – deydi hunarmand T.Haydarov. – Bu yerda usta kulollar tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar ularni hayratga solmoqda. Biz ham sayyohlarni milliy hunarmandchiligimiz bilan tanishtirish maqsadida kulolchilik ustaxonasi va uy-muzeyi tashkil qildik.
Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan farmoni turizm sanoatini, jumladan, yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy jahon standartlariga, turistlarning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan sayyohlik industriyasi obyektlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu borada Farg‘ona viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |