Тошкент давлат иқтисодиёт университети


Farg`ona viloyatida rivojlangan turizm turlari



Download 202,54 Kb.
bet3/6
Sana09.09.2021
Hajmi202,54 Kb.
#169867
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mintaqaviy Turizm kurs ishi[1]

2.Farg`ona viloyatida rivojlangan turizm turlari.

Farg'ona vodiysini go'zal tabiati, erosti boyliklari, xushhavo iqlimi tufayli Markaziy Osiyoning gavhari, deb ataydilar. Atroflari Tyan-Shan va Hisor-Oloy tog'lari bilan o'ralgan vodiy g'arb tomondagina Sirdaryoga o'z darvozasini ochadi. Farg'ona vodiysi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatida hamisha muhim rol o'ynagan. Alqissa, Farg'ona davlati – Davan to'g'risidagi ma'lumotlar qadimiy xitoy solnomalarida eramizning II asri oxiridan boshlab

keltiriladi, O'rta asrlarda esa u Movarounnahrning etakchi o'lkalaridan biri hisoblangan. XI asrda Marg'ilon, savdogarlar Buyuk ipak yo'li bo'ylab Misr, Yunoniston, Bag'dod, Xuroson va Qashqarga olib ketgan ipak matolari bilan dong taratgan Farg'ona vohasidagi eng yirik shahar bo'lgan. Bugun ham Marg'ilonni O'zbekistonning ipakchilik poytaxti, deb atash mumkin. Shahar hunarmandlari eski usulda bo'yalgan ipakdan xonaki atlas to'qib, bozorga chiqaradilar.

Farg'onadan 50 kilometr narida uncha katta bo'lmagan Rishton shahri joylashgan. U, kulolchilik rivojlangan shahar sifatida mashhurdir. Bu hunar bilan shahar ahli IX asrdan boshlab shug'ullanib keladi. Mana, 1100 yildirki, ustalar mahalliy qizil gildan sopol buyumlarni yasash va ularga tabiiy ma'danli bo'yoqlar hamda tog' giyohlari kulidan tayyorlanadigan sir yordamida bezash sirlarini avloddan avlodga o'rgatib kelayotirlar. Betkaror feruza va yorqin ko'k rangli ishqor yordamida gul solingan lagan, shokosa, ko'za, sut saqlanadigan idishlar rishtonlik usta kulollarga ko'plab xalqaro ko'rgazmalarda shuhrat keltirgan. Rishton kulollari yasagan sopol buyumlar dunyodagi ko'plab muzeylar va xususiy kollektsiyalardan o'rin olgan.

Qo'qon uzoq vaqt Farg'ona vodiysining asosiy shahri, deb hisoblangan. XVIII-XIX asrlarda shahar hozirgi O'zbekiston hududining kattagina qismi hamda qo'shni mamlakatlarga o'z hukmini o'tkazgan kuchli davlat - Qo'qon xonligining poytaxti bo'lgan. Ayni paytda Qo'qon yirik din markazi ham hisoblangan. Shahar gullab-yashnagan davrda, uning hududida o'ttiz beshta madrasa va yuzta masjid faoliyat ko'rsatgan. Afsuski, ularning ko'pi vaqt, er qimirlash va sovet hokimiyati tomonidan barbod qilingan.

O'rta asrlarda xonlik hududida X asrga oid arab manbalarida qayd etilgan Qubo shahri joylashgan. Shahar uchta qism: qal'a, minorali devorlar bilan o'ralgan darvozali shahriston va rabotdan iborat bo'lgan.

Farg'ona vodiysining shaharlari to'g'risidagi ilk ma'lumotlar eramizgacha II-I asrlarga oid yozma yodgorliklarda tilga olinadi. Xitoy solnomalarida Da-Yuan davlatida (ya'ni Farg'onada) 70 ta katta va kichik shahar mavjud bo'lganligi qayd etilgan.

Qazish ishlari paytida ashyoviy qoldiqlar, shu jumladan maxsus bo'yoqlar bilan nafis gul solingan yuqori sifatli noyob sopol idish, shuningdek, toshdan yasalgan qo'lbola yanchish quroli, hovoncha, pardoz bo'yog'i – surma tayyorlash uchun atalgan vositalar, to'qish asbobi uchun toshlar, bino xarobalari, bir so'z bilan aytganda, majusiylik (butparastlik) dinining alomatlari topilgan. Tabiiyki, bularning barchasi alohida e'tiborga loyiqdir, qazilmalar esa barcha buyumlar mahoratli usta va hunarmandlar tomonidan yasalganligidan dalolat beradi. Marg'ilon to'g'risidagi yozma ma'lumotlar asosan X asrga oiddir.

“Boburnoma”da Z.M.Bobur Marg'ilon Farg'onaning 8 ta shaharlaridan biri ekanligini qayd etadi; shaharning obodligi haqida yozib, mevalarining, xususan, anorning donai kalon, o'rikning subhoniy navlarining shirin ta'miga tan beradi.

Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, shaharning 12 ta darvozasi bo'lgan. Tabiiy-geografik sharoitlarning maqbul ekanligi Marg'ilonning XI-XII asrlarda Buyuk ipak yo'lining shimoliy va janubiy tarmoqlari o'tgan yirik shaharga aylanishiga sabab bo'lgan. Aynan shu davrda butun islom dunyosi tan olgan fikhshunos olim Burhoniddin al-Marg'iloniy yashab, ijod qilgan.

Buyuk Temur va temuriylar hukmronligi davrida ham Marg'ilon Farg'ona vodiysidagi yirik shaharlardan biri deb hisoblangan.

Marg'ilon atlasi – tabiiy shoyidan to'qilgan tengi yo'q matosi bilan butun olamga dong taratgan. Shahar aholisi qadimdan to'qimachilik hamda do'ppido'zlik bilan shug'ullanib keladi, shu bilan birga hunarmandchilikning boshqa turlari, xususan, misgarlik, zargarlik ham keng tarqalgan.

Buyuk ipak yo'li bo'ylab savdogarlar Bag'dod, Qashqar, Misr, Ruminiya va Eronga turli matolarni olib chiqib, sotganlar. XIX-XX asrlarda Marg'ilon O'zbekistonning ipakchilik mmrkaziga aylandi.

Qo'qon – O'zbekistonning yirik shaharlaridan biri. Farg'ona viloyati, So'x daryosi etaklarida joylashgan. Temiryo'l tarmog'iga ega. Aholisi – 230 ming kishi (2012 yil ma'lumotlariga ko'ra). Yengil (paxta tozalash, shoyi to'qish va boshqa), kimyo, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va metallga ishlov berish (to'qimachilik mashinasozligi, elektrtexnika sanoati va boshqa.) rivojlangan. Pedagogika instituti, teatr, Hamza uy-muzeyi,

o'lkashunoslik, adabiyot muzeylari bor. X asrdan ma'lum, 1740-1876 yillarda Qo'qon xonligi poytaxti. Shaharda XVIII-XIX asrlarga oid me'moriy yodgorliklar (Madrasai Mir, 1799 yil; Jome masjidi, 1816 yil; Modarixon maqbarasi, 1825 yil; Daxmai Shoxon ansambli, 1825 yil; Komol Qozi madrasasi, 1827 yil; Sohibzoda Miyon Hazrat madrasasi, 1860 yil; Xudoyorxon o'rdasi, 1873 yil) kabi diqqatga sazovor ob'ektlar joylashgan. Shahar - qadimiy xalq amaliy san'ati markazi hamdir.

XVIII asrdan e'tiboran, Qo'qon xonligining poytaxtida ko'plab masjid, madrasa, savdo rastalari, bozorlar, boshqa tarixiy obektlar bunyod etilgan. Ular orasida Xudoyorxon tomonidan 1873 yilda qurilgan O'rda yaxshi saqlangan. Bu binoni “Xudoyorxon saroyi”, deb ham ataydilar. Saroyning umumiy maydoni – 4 gektar, uning poydevori 3 metr balandlikka ko'tarilgan. Shu sababli ham saroyga bosh darvoza orqali kirish uchun sharqiy tomondan maxsus yo'l qurilgan.

Darvozaxonaning ustki qismiga arab harflari bilan “Buyuk Sayid Muhammad Xudoyorxon”, deb yozib qo'yilgan. Saroy qurib bitkazilganida, uning uzunligi 138 metr, kengligi 65 metrni tashkil etgan edi. Saroy 7 ta hovli va 119 ta xonadan iborat bo'lgan. O'sha paytda o'rda ichki va tashqi devorlar bilan o'rab olingandi. Devorlar saqlanib qolmagan, bizgacha faqat ikkita hovli va 19 ta xona etib kelgan, xolos. Bugun bu erda Qo'qon o'lkashunoslik muzeyi joylashgan.

Modarixon maqbarasi 1825 yilda Qo'qon xoni Umarxonning volidasi uchun qurilgan. Bu, islom me'morchiligining diqqatga sazovor, yorqin namunalaridan biridir.

Quva – Farg'ona viloyati Quva tumani markazi. Shaxarda mebel fabrikasi, konserva zavodi bor.

O'rta asrlarda bu erda X asrga oid arab manbalarida esga olingan Qubo shahri joylashgan bo'lib, uning xarobalarigina saqlanib kolgan. Shahar uch qism: qal'a, minorali darvozalari bo'lgan devorlar bilan o'ralgan shahriston hamda rabotdan iborat bo'lgan.

1956-1958 yillarda devorlar ortida o'tkazilgan qazish ishlari natijasida VII-VIII asrlarga oid Buddaning sopol haykallari hamda buddaviy daxmaning turli ilohlari qo'yilgan ibodatxona topilgan; qal'ada esa VII-X asrlarga oid uy-joy va xo'jalik bino-inshootlarining qoldiqlari, kundalik hayotda ishlatilgan narsalar va boshqalar topilgan.

Hozircha olimlar Quvaning haqiqiy yoshini o'rnatganlaricha yo'q, biroq ular ayrim topilmalarga qarab, bo'lajak bepoyon shahriston o'rnashgan joyda ilk aholi manzilgohlari eramizgacha IV-III asrlarda paydo bo'lgan, deb taxmin qilmoqdalar.

Ilk O'rta asrlar davrida Kubo (ya'ni Quva) katta ahamiyatga ega bo'lib, shaharda hunarmandchilik, ayniqsa, kulolchilik, zargarlik, misgarlik, metallga ishlov berish kabi tarmoqlar rivojlangan.

Qadimgi shahar hududidagi ibodatxonada mahobatli haykalning parchalari, shuningdek, vayron qilingan Budda haykali topilgan bo'lib, bu, Farg'onada buddizmning tarqalganligidan dalolat beradi. Ibodatxona arablar Markaziy Osiyoni istilo qilgan davrda vayron qilingan.

Muarrixlar Quvani O'rta asrlarda yashab o'tgan buyuk qomusiy olim – Ahmad al-Farg'oniyning ona yurti, deb hisoblaydilar. Zamonaviy shaharning deyarli markazidagi o'n besh gektarlik maydonda qal'ali shahriston joylashgan.

Bugungi Quva bog' va uzumzorlari, ayniqsa, shirin anorlari bilan dong taratgan go'zal va navqiron shahar hisoblanadi.

Shohimardon – O'zbekistonning eng go'zal go'shalaridan biri. Bu tog'li qishloq Farg'onaning janubidan 55 kilometr narida, dengiz sathidan 1550 m. balandlikda, Oloy tizmasi yonbag'rida joylashgan. Shohimardon hududidan tog'lardan ikki tomondan oqib keladigan soylar – Oqsuv va Ko'ksuv o'tib, ularning suvlari birlashib, Shohimardonsoyni tashkil etadi. Farg'onadan qishloqqa etib olish uchun yo'lda Shohimardonsoyni etti marta kesib o'tishga to'g'ri keladi.

Shohimardon (1934 yildan 1991 yilgacha Hamzaobod deb nomlangan) – qo'shni Qirg'iziston hududida joylashgan O'zbekistonga qarashli kichik anklavdagi tog'li kurort (1934 yildan)dir. Oqsuv va Ko'ksuv soylari tutashgan, Oloy tog' tizmasining shimoliy yonbag'rida, archazorlar va tog'li butazorlar orasida joylashgan so'lim, havosi shifobaxsh qishloq. Iyulning o'rtacha harorati 22 daraja issiq, yanvarning o'rtacha harorati – 3 daraja iliqdan 3 darajagacha sovuq.

Qishloqda Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) ning muzeyi va maqbarasi joylashgan. Turistik baza, tog'larda esa alpinistlarning o'quv lageri – Dugoba faoliyat ko'rsatadi. Qishloqda badiiy hunarmandchilikning turlaridan biri – kashtachilik rivojlangan.

Shohimardon tarixi Muhammad payg'ambarning kuyovi – to'rtinchi xalifa Hazrat Ali nomi bilan bog'liqdir. Hazrat Ali Markaziy Osiyoga tashrifi chog'ida Shohimardonni ziyorat qilgan, degan taxmin mavjud. Ali payg'ambarning etti qabridan biri shu qishloqda joylashgan, deyishadi, lekin bu ta'kidni isbotlash yoki inkor etishning iloji yo'q.

Forschadan “Shohimardon” “mardlar hukmdori”, degan ma'noni anglatib, bu, Hazrat Alining nomi bilan bog'liqdir.

O'tgan asrning 20-yillarida Shohimardon markazida masjid va Hazrat Alining maqbarasi bo'lib, bu qadamjoni ziyorat qilganlarning keti ko'rinmasdi. Lekin, din ta'qib qilingan sovet davrida Ali payg'ambarning maqbarasi vayron qilindi. O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingina, 1993 yilda Hazrat Ali maqbarasi avvalgi qiyofasi saqlangan holda yana eski joyida tiklandi

Farg'ona viloyati Rishton tumanining ma'muriy markazi – Rishton Farg'onaning g'arbi tomonida, shahardan 50 km. narida joylashgan.

Qadim zamonlardan rishtonliklar o'z sopol buyumlari va qandak o'riklari bilan dong taratganlar.

Tarixiy manbalarga ko'ra, mahalliy aholi bundan 800 yil muqaddam ham sopol idish va boshqa buyumlar yasash bilan shug'ullangan. Aynan shu tuman hududida Rishton nomi bilan bog'liq o'ziga xos sopol buyumlarni yasashda ishlatiladigan qizil gil va ularni bezashda qo'llaniladigan tabiiy ma'danlar hamda tog'li giyohlar mavjud. Rishtonlik usta kulollar gildan buyumlar yasash va tayyor narsalarni noan'anaviy tarzda bezash usullari bilan ham butun dunyoga dong taratganlar. Hunarmandlar o'z mahorat sirlarini avloddan avlodga o'rgatib kelmoqdalar.

Rishtonda bugun ham qadimgi texnologiyani qo'llaydigan kulollarning ishini ularning kichik ustaxonalarida turib kuzatish mumkin. Shu bilan birga shaharda sopol buyumlar ishlab chiqariladigan yirik ustaxona ham faoliyat ko'rsatmoqda. Rishton sopol buyumlarini ko'plab xalqaro ko'rgazmalar va yarmarkalarda ko'rish mumikn. Rishton

Markaziy Osiyoning qadimiy kulolchilik san'ati markazi hisoblanadi. Aynan shu erda sopol buyumlarni yasashning noyob texnologiyasi ishlab chiqilgan bo'lib, ularni nafaqat mahalliy, balki butun O'zbekiston aholisi kundalik hayotda ishlatadi, xorijlik sayyohlar esa esdalik sovg'a sifatida xarid qiladilar. Rishton sopol buyumlari o'ziga xos shakli, bezagi va rangi bilan ajralib turadi. Rishtonning sopol buyumlariga feruza, to'q ko'k va jigarrang xosdir. Giyohlar va ma'danlardan tayyorlanadigan ishqor sopol buyumlarga mayin jilo berib, kishiga zavq bag'ishlaydi.


Download 202,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish