Toshkent davlat iqtisodiyot



Download 470,38 Kb.
bet115/118
Sana14.04.2022
Hajmi470,38 Kb.
#552118
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

Logistik vazifalar (logitical function) - logistik tizim maqsadalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan va uning chiquvchi o‘zgaruvchanlari bo‘lgan ko‘rsatkichlarining ma’nolari tomonidan berilgan logistik operatsiyalarning yiriklashtirilgan guruhi. Logistika sohasida, bir qator xorijiy mutaxassislar logistik vazifalarga ta’minot, ishlab chiqarish va sotishni kiritadilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish doirasida logistik operatsiyalarni bajarishga vaqtli harajatlarning ulushi qoidaga ko‘ra 30-40 % ni tashkil qiladi, sanoat mahsulotlarining tannarxida logistika harajatlarining ulushi 5-6 dan 30 % gacha va undan ko‘proqqa o‘zgarib turadi. Logistika vazifalariga yana axborot oqimining moddiy ishlab chiqarish sohasida yoki muomala sohasidagi qayta o‘zgartirilishi bilan bog‘liq bashorat qilish, nazorat, tezkor boshqarish va boshqalar kirishi mumkin.
Logistika harajatlari (logistical costs) - logistikali operatsiyalar (omborga
joylashtirish, tashish va hokazo, buyurtmalar, zahiralar, yetkazib berishlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va uzatish) ni bajarishga sarflangan harajatlar. O‘zining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha ular muomala harajatlarining yig‘indisi va ishlab chiqarish harajatlarining bir qismi (idishlar va idishga joylashtirish, transport, omborxona ishlariga harajatlar va h.k.) dan iborat bo‘ladi. Alohida olingan davr ko‘lamida logistika harajatlari odatda quyidagicha hisoblanadi: sotish summasidan % larda; qiymatiy aks ettirilishda xomashyo, materiallar tayyor mahsulotlar birligiga hisoblashda (masalan, moddiy resurslarning doll (T)); shartli sof mahsulot qiymatidan foizlarda; umummilliy ko‘lamda - yalpi milliy mahsulotdan foizlarda. Sotish summasidan ko‘rib chiqilayotgan harajatlarning ulushi sanoatda sotish summasidan bir necha foizlardan bir necha o‘nlab foizga ortishi mumkin.
Logistika bo‘yicha ayrim xorijiy davriy nashr ishlab chiqish sohalari
bo‘yicha logistika harajatlarining dinamik qatorlari muntazam nashr qilinadi. Logistika tizimi samaradorligining o‘sishida logistika harajatlari belgilangan darajagacha to‘g‘ri chiziqli, keyin esa ekspotensional o‘sish muhim ahamiyatga ega.
Logistika kanali (logistical channl) - yetkazib beruvchi. iste’molchi, tashuvchi, vositachi (diler, ekspeditor va boshqalar), sug‘urtachilardan tashkil topgan, qisman tartibga solingan ko‘pchilik. Iste’molchi yoki yetkazib beruvchi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida tashuvchi, sug‘urtachi har xil mezonlar (xizmatlarning sifati, narxi va boshqalar) va har xil usullar (reytingni hisoblash, operatsiyalarni tadqiq qilish texnikasini qo‘llash) yordamida tanlash imkoniyatiga egalar. Tanlov amalga oshirilgandan keyin logistik kanal logistik zanjirga o‘zgaradi.
Logistika zanjiri (logistical chain) - tashqi moddiy oqimni bir logistika tizimidan boshqasiga (ishlab chiqarish iste’moli holida) yoki yakuniy iste’molchiga (noishlab chiqarish, shaxsiy iste’mol holida) yetkazish bo‘yicha logistika operatsiyalarini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar (ishlab chiqaruvchilar, distribyuterlar, umumiy foydalanish omborlari va boshqalar) ning to‘g‘ri chiziqli tartibga solingan ko‘pchiligidir. Umumiy holda logistika zanjiri ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, vositachi va tashuvchini birlashtiradi.
Shunday qilib, logistika kanalidan (o‘zi uning ko‘pchiligi bo‘lgan) farqliroq logistika zanjiri logistika operatsiyalarida haqiqatan ishtirok etayotgan shaxslarning majmuasidan iboratdir. Logistika zanjirining o‘lchamlari bo‘g‘inlikning tashkiliy koeffitsiyenti (mahsulotning necha marta qayta sotilganligini ko‘rsatadi va tovar aylanmasini qayta hisoblashdan tozalaydi) va bo‘g‘inlikning omborxona koeffitsiyentidek (mahsulot ushbu yo‘lda qancha to‘xtash joylaridan o‘tganligi) iborat bo‘ladi, umumiy holda koeffitsiyentlarning mos kelishi shart emas.
Logistika doirasi (lead time; logistical cycie; replenishment lead time) - tovarlarni yetkazib berishga, ishlab chiqarish vositalarini yetkazib berishga buyurtmalarni rasmiylashtirish va buyurtma qilingan mahsulotni iste’molchining omboriga yetkazib berish o‘rtasidagi oraliq. Umumiy ko‘rinishda logistika doirasi quyidagi ko‘rinishlardan iborat bo‘ladi:

    1. Buyurtmani shakllantirish va uni belgilangan tartibda rasmiylashtirish

vaqti.

    1. Buyurtmani yetkazib beruvchiga yetkazish yoki uzatish vaqti. Bu vaqt

zamonaviy axborot vositalari (telefaks va boshqalar) dan foydalanishda nazarga ilmaydigan darajada kichik va aloqaning an’anaviy vositalari (pochta) uchun juda katta.

    1. Yetkazib beruvchi tomonidan buyurtmaning bajarilish vaqti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • buyurtmani bajarish uchun yetkazib berilishini kutish vaqti;

  • buyurtmaning bajarilish vaqti, texnologik vaqtdan operatsiyalar o‘rtasidagi to‘xtashlar vaqtidan va boshqalardan yoki buyurtma mavjud zahiradan bajarilsa, butlash vaqtidan vujudga keladi.

    1. Tayyor mahsulotlarni buyurtmachiga yetkazib berish vaqti. Mahsulotlarni ishlab chiqarish iste’molchiga (sanoat korxonasi) yoki sotishga (savdo korxonasi) tayyorlashga vaqt ham logistika davri tartibida qo‘yib chiqishi mumkin.

Iste’mol nuqtai nazaridan (3) va (4) ko‘rinish logistika doirasining eng muhim elementlaridan bo‘ladi, ular uning uchun qisman boshqariladigan yoki boshqarilmaydigan bo‘ladilar. Bu elementlar yetkazib beruvchini tanlash va baholash nuqtai nazaridan ham eng muhim bo‘ladi. Bir qator mualliflar (D.Bauersoks, G.Zens va boshqalar) ishlab chiqarishning texnik belgilanishdagi mahsulotlarga nisbatan ma’nosi bo‘yicha yaqin bo‘lgan «Moddiy oqimlar doirasi» atamasidan foydalanadilar.
Logistika doirasi va «Ishlab chiqarish doira»si tushunchalarining o‘zaro aloqasi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otadi. Bu tushunchalar «butun bir qism» (yakka ishlab chiqarish hollarida) assotsiativ munosabatda yoki boshqa munosabatlarda (masalan, agar gap mahsulotlarning ommaviy ishlab chiqarilishi haqida bo‘lsa, uning kastomizatsiyasiz kesishishi) bo‘lishi mumkin. Logistika doirasi tushunchasidan logistika tizimlari va boshqalarni loyihalashtirishda logistika maqsadlarini shakllantirishda foydalaniladi. Zamonaviy ilmiy - texnik inqilob sharoitlarida epchil ishlab chiqarish tizimlari, aloqaning eng yangi vositalarini tatbiq etish hisobiga logistik doirani qisqartirish ishlab chiqarishning xarakterli alomati bo‘ladi. Bu ta’rifdan shu narsa kelib chiqadiki, buyurtmani bajarish muddati kabi kengroq mashhur bo‘lgan tushuncha logistika doirasining xususiy holi bo‘ladi.

Download 470,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish