Moddiy va moliyaviy oqimlarni tashkil qilishning logistik usullari
Logistik boshqruv qarorlarini shakllantirish va hayotga tadbiq etishda uning natijaviyligini belgilab beruvchi uchta jihatni yuridik-huquqiy, ijtimoiy-psixologik va texnologik-tashkiliyni ko‘rib chiqish kerak. Bu jihatlarga batafsilroq to‘xtaymiz.
Yuridik – huquqiy jihat. Yuridik huquqiy qaror faqat mazmuniy ma’noda tayrlangan qaror huquqiy jahatlar oxirgi bosqichda shakllanish natijasida shakllanadi deb hisoblash kerak emas. Boshqaruv obyekti bashorat qilinayotgan hulqini amaldagi huquqiy me’yorlar bilan muvofiqlashtirish boshqaruv qarorini ishlab chiqishning eng birinchi bosqichlaridan boshlab butun jarayoni davomida amalga oshirilishi kerak.
Ishlab chiqrish – sotish jarayonining barcha ishtirokchilari ular oddiy shaxslar, ixtisoslashgan bo‘linmalar va tashkilotlar bo‘lishlaridan qat’iy nazar belgilangan me’yoriy hujjatlar va huqqiy me’yorlarning mavjud majmuasiga muvofiq harakat qilishlari kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ayniqsa makrologistika sharoitlarida ishlab chiqarish – sotish jarayoni ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlarini aniq va yuridik jihatdan savodli chizib chiqish g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqruv qrorlariga shakllantirishda ishlab chiqarish-sotish jarayonida ishtirok etuvchilarning huquqlarini hisobga olish mumkin. Ushbu holda huquqlar ostida jarayon ishtirokchilaridan qaysidir bir boshqalardan shartnoma majburiyatlari oqibatida yoki xizmat majburiyatlariga muvofiq nimanidir talab qilish huquqiga egaligi tushuniladi.
Ijtimoiy-psixologik jihat. Logistik boshqaruv qarorlarini shakllantirishda odatda “inson omili” deb ataluvchi omilni hisobga olish zarur. Bunga ishlab chiqarish, sotish jarayonida ishtirok etuvchi shaxslarni undovchi sabablarining psixologik tomoni kiradi.
Ushbu vaziyatda shu jarayonning umid qilsa bo‘ladigan ishtirokchisining hulqi tashkiliy-texnologik tuzilma va insonning undagi roli, hamda ijtimoiy- psixologik jihatlar bilan belgilanadi. Inson ushbu masalada ham bir qator rasmiy belgilangan rollarni va ham norasmiy munosabatlarning vujudga kelgan tizimida ba’zi bir rollarni o‘ynashi mumkin. Inson tomonidan ikkala turdagi o‘z rollarini muvoffaqiyatli bajarilishi u yoki bu rolning o‘ziga xosligini qanchalik tushunishi, bu o‘ziga xoslik u tomonidan qanchalik qabul qilinishi va o‘zlashtirilishiga bog‘liq.
Axborotlilik mehnat faoliyatining eng muhim rag‘batlaridan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Rag‘barning faoliyati axborotlarni uzatish harakatlarining zanjirijdan iborat bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda u odamlar, bo‘linmalar va korxonalar o‘rtasidagi aloqa harakatlarida ishtirok etadi va ularni tashkil qiladi. Rahbarning “yuqoridan pastga” uzatayotgan axborotlari nafaqat ishlab chiqarish zarurati bilan belgilanadi, balki yana mehnat uning axborotliligini oshirish yo‘li bilan undaligi xizmat qilishi mumkin. Xuddi shunday “pastdan yuqoriga” kelib tushuvchi axborotlar ham ikki vazifani bajarishlari mumkin. Rahbarlar uning yordamida o‘zlari berayotgan farmoyishlariga tuzatishlar kiritish uchun ishlab chiqarish jarayoni haqidagi teskari aloqani olishlari mumkin. Bundan tashqari, ushbu axborotlarda rahbar qarorlarini ijro etishga nisbatan munosabat aks ettiriladi.
Ko‘pincha qaror ko‘proq yoki kamroq uzaqroq istiqbolga hisoblab
chiqilganda, ularning samaradorligi haqida faqat bevosita erishilgan ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha xulosa chiqarish yetarli emas. Bu erda yana bu qarorlarning ishlab chiqarish-sotish jarayoni ishtirokchilarining ongiga ta’siri va olingan axborotlardan ularni qanoatlanganligi darajasi ham muhimdir.
Logistik boshqaruvning texnologik-tashkiliy jihatlari moddiy axborot va moliyaviy oqimlarni tashkil qilishdan iborat bo‘ladi. Moddiy oqimlarni boshqarish ularning intensivligi va yo‘nalishlarini qabul qilingan logistik qarorlarga ko‘ra o‘zgarishidan iboratdi. Bu boshqaruv ham bevosita va ham bilvosita amalga oshirilishi mumkin.
Bevosita boshqaruv ma’muriy boshqaruv yordamida amalga oshiriladi. Bilvosita boshqaruv moliyaviy oqimlarga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ularning o‘zgarishlari oddiy oqimlarda tegishli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradilar.
Ma’muriy boshqaruv farmoishi boshqaruvdan iborat bo‘ladi. Logistik tizimlar holida bu shuni bildiradiki, yuqori rahbarlar moddiy oqimlarning yetkazib beruvchilar va foizlardan ishlab chiqarish tizimining kirish omborlariga xarakatining hajmlari intensivligi va yo‘nalishini, tarkibiy qismlarning ishlab
chiqarish jarayonidagi harakatini hamda moddiy oqimlarning taqsimlash sohasidagi chiqaruvchi ishlab chiqarish omborlaridan istemolchilarning o‘zlarigacha xarakatlarining intensivligi va yo‘nalishini belgilab beradilar. Ko‘ramizki, bu yiriklashtirilgan ishlab chiqarish zanjirining barcha ishtirokchilarilogichtik boshqaruvni amalga oshiruvchi shaxsga bo‘ysunadilar. Shuning uchun ularning barchasiga nisbatan ma’muriy boshqarish usullari qo‘llanishi mumkin, buni bundan keyin batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Logistik tamoyillariga ko‘ra qaror qabul qiluvchi shaxsga bo‘ysunuvchilar uchun ma’muriy ta’sir ierarxiya tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday ta’sirning shakllari har xil bo‘lishlari mumkin, ammo quyidagi asosiy turlardan iborat bo‘ladilar: buyruq, farmoyish, yo‘riqnoma, qoidalar, me’yorlar.
Boshqaruvning tashkiliy-huquqiy usullari huquqiy boshqaruv va boshqa
usullar bilan o‘zaro hamkorlikda qo‘llaniladigan ta’sirning qo‘shimcha choralari bo‘ladilar. Bu usullar boshqaruv tizilmasini tashkil qilish, hodilarni tanlash, o‘qitish, qayta tayyorlash va joy joyiga qo‘yish, ijro nazarotini tashkil qilish va amalga oshirishni o‘z ichiga oladilar.
Mas’ul ijrochilar va ixtisoslashgan bo‘linmalar yoki konrtagent firmalar logistik tamoillariga rahbarlik qiluvchi shaxslarning ma’muriy bo‘sunishida bo‘lmagan hollarda, ular tomonidan boshqaruv moliyaviy oqimlar orqali yana mulkchilikning har xil shakllaridagi tizilmalarning o‘zaro hamkorligi ham amalga oshiriladi.
Moliyalarning harakati ularning aylanish tezligi, vaqtning qandaydir oralig‘i uchun summalarning integral (jamlangan) oqimi, harakatning teng emasligi, hamda talab qilingan summalarni kelishilgan muddatlarda kelib tushishidagi kechga qolishlar bilan belgilanadi. Moliyaviy oqimlarning bu parametrlaridagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish-sotish jarayonining borishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, moliyaviy oqimning tezligi va intensivligini jami ishlab chiqarish davrini uzunligini kamayishiga va zahiralarning talab qilinayotgan darajasini qisqarishiga olib kelishi mumkin. Va, aksincha ishlab chiqarish davri uzunligini yoki zahiralarning haqiqiy darajasini qisqarishi moliyaviy oqimning quvvati (tezligi va intensivligini) huddi shunday ko‘payishini talab qiladi.
Moliyaviy oqimlarni tartibga solish moliyalash manbalari va mablag‘larni qayerga va qanday kiritishni belgilashdan iborat bo‘ladi.
Yo shahaniy, yoki qarzga olingan mablag‘lar moliyalashtirishning manbalari bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |