XVI BOB. XIZMATLAR NARXI VA NARXNI ShAKLLANTIRISh
16.1. Xizmatlar sohasi korxonalarining marketing kompleksida narx
Narx firmaning bozor taklifining bir qismi sifatida ko‘rib chiqilishi lozim. Narx
xaridorlar idrok qilishiga ta’sir etuvchi muhim omil sanaladi. Xaridorning mahsulot
ochiqligi, sifati va boshqa tavsifnomalari haqidagi fikri bilan birgalikda bu omil
boylikni umumiy idrok qilishni shakllantiradi. Sotuvchilar uchun mahsulot narxi
nafaqat u bilan savdo qilish foydali ekanligini, balki bozor taklifining qolgan barcha
jihatlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltirish mumkin bo‘lgan sof foydani
ham belgilab beradi. Narx - xizmatning hayotiylik davrini rejalashtirishda muhim
strategik ko‘rsatkich hisoblanadi.
Narx - xizmat uchun to‘lanadigan pul miqdori. Keng ma’noda bu - iste’molchi
xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etish imkoniyati va kelgusida xizmatdan foyda va
naf olish uchun to‘laydigan pul miqdoridir. Shuningdek, keng ma’noda iste’molchi
uchun xizmat narxi bu – xizmatni xarid qilish bilan bog‘liq barcha sub’ektiv va
ob’ektiv xarajatlardir. Sub’ektiv xarajatlar – vaqt, qulaylik yoki qo‘ldan chiqarilgan
foyda kabi nomoddiy resurslar «sarfi». Ob’ektiv xarajatlar – xizmat narxi va
xaridorning pul shaklidagi yoki boshqa moddiy vositalari har qanday qo‘shimcha
beganalashuvidir.
Narx shakllantirish erkinlik darajasini belgilab beradigan omillar quyidagilardir:
➢ buyurtmachi firma taklifidan olishni kutadigan baho;
➢ raqobat darajasi;
➢ xizmatning o‘ziga xosligi (unikallik);
➢ ta’minotchi va xaridor o‘rtasidagi kuchlar balansi.
Iste’molchini motivatsiyalash uchun narx omilining ahamiyati turlicha bo‘ladi.
Masalan, raqobatchilarda amalda bir xil servis to‘plami bo‘lgan hollarda xarid haqida
qaror qabul qilishda narx asosiy omilga aylanadi, bunga yorqin misol – uyali aloqa
operatorlarining takliflari.
Xizmatlarning his qilib bo‘lmaslik xarakteri narx shakllantirishni qiyinlashtiradi.
Bundan tashqari, ko‘plab xizmat turlari, masalan, maslahat xizmatlari uchun narx
268
shakllantirishning qonunlashtirilgan qoidalari yo‘q. Xizmatlar sohasi sotuvchi va
xaridor o‘rtasida yuqori darajadagi o‘zaro aloqa sohasi ekanligi sababli tovar ishlab
chiqarishi uchun dolzarb bo‘lmagan, narx xizmatni ko‘rsatuvchi mutaxassis
malakasiga va sifat standarti chegarasi balandligiga qarab o‘zgarishi lozimmi degan
yana bir masala yuzaga keladi.
Firmaning narx siyosati maqsadlari:
➢ foydani maksimallashtirish (uzoq muddatli yoki qisqa muddatli); yuqori
chegarasi firmaga maksimal foyda olish imkonini beradigan narx darajasiga erishish;
➢ firmaga «normal» foydani ta’minlash (ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash
va o‘rtacha me’yorda foyda olish);
➢ iqtisodiy o‘sish;
➢ bozorni barqarorlashtirish;
➢ iste’molchilarning narx sezuvchanligini pasaytirish;
➢ narx bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolish;
➢ potensial raqobat tahdidining oldini olish;
➢ narxga oid raqobat siyosati yuritish;
➢ eng kuchsiz raqobatchilarni bozordan siqib chiqarish;
➢ davlat cheklovlarini aylanib o‘tish yo‘llarini izlab topish;
➢ firma va uning xizmatlari imidjini oshirish;
➢ narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat siyosati yuritish;
➢ halol firma nufuzini shakllantirishga intilish;
➢ xaridorning e’tiborini jalb qilish va unda qiziqish uyg‘otish istagi;
➢ raqobatchilar imidji bilan taqqoslaganda kuchliroq imidj shakllantirish istagi;
➢ raqobatchilarni narx bosimi tahdidi ostiga qo‘yish;
➢ o‘z assortimentidagi ayrim xizmatlarning bozor pozitsiyasini kuchaytirish;
➢ o‘z xizmatlariga talabni kengaytirish;
➢ bozorda yetakchi pozitsiyalarni egllashga intilish.
Narx belgilashda kamida ikkita strategik qaror qabul qilish zarur. Birinchi qaror
makrosegmentlashga – firma ularga xizmat ko‘rsatadigan mijozlarni tanlashga
aloqador. Ikkinchi strategik qaror – tovar strategiyasini belgilash, chunki mahsulotni
269
raqobatlashuvchi takliflar o‘rtasida mohirona joylashtira olish zarur. Tovar
strategiyasida firmaning marketing faoliyati umumiy maqsadlariga mos keladigan narx
shakllantirish maqsadlarini belgilashga olib keladigan narxning rolini aniqlash lozim.
Bu harakatlar ham iqtisodiy, ham psixologik nuqtai nazardan mijoz uchun mahsulot
qimmatini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
16.1-jadvalda klassik narx strategiyalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |