Xizmatlar turlari
25
Xizmatlar
Xizmatlar sohalari
Ishlab chiqarish
Injiniring, lizing, ta'minlash va hakozo
Taqsimot
Savdo, transport va aloqa
Kasbiy
Banklar, moliya, sug’urta, konsalting, rеklama,
markеting va boshqa.
Istе'mol (ommaviy)
Uy xo’jaligi va xordiq chiqarish bilan bog’liq
hizmatlar
Ijtimoiy
TV, radio, ta'lim, madaniyat
Xizmatlar sohasining ahamiyatini yanada oshib borishi va xalqaro ahamiyatga
ega bo‘lishini tushunish uchun xo‘jalik xayotida muhim rol o‘ynaydigan xizmatlarning
o‘z mohiyatini chuqur o‘rganish lozim. Xizmatlarning keng va to‘liq ro‘yxati
berilganda ushbu tushunmovchi-likka barham beriladi. Xizmatlarining keng va to‘liq
ro‘yxati quyida keltiriladi
26
:
-
xonadan xizmatlari shaklida bo‘lgan qadimiy xizmat turi shaxsiy xizmatga
kiradi va diversifikatsiyalashgan bo‘ladi (sartaroshlar);
-
maxsus bilimlarni talab qiluvchi mehnat asosidagi intellectual xizmatlar;
-
sog‘likni saqlash, maorif va dam olish (spektakllar) sohalariga taaluqli bo‘lgan
xizmatlar;
-
uy-joylarni foydalanishga berish, ushbu toifaga mexmonxonalar va restoranlarni
ushlab turish bo‘yicha faoliyatni ham kiritish mumkin;
-
aloqa vositalari (transport, pochta va telekommunikatsiyalarning ishlashi va
infrastrukturasi);
-
moliyaviy xizmatlar (kredit, banklar, sug‘urta tashkilotlari tomonidan taklif
etilayotgan boshqa xizmatlar);
-
jamiyatni
himoyasini
ta’minlovchi va jamiyat a’zolari o‘rtasidagi
munosabatlarda tartibni saqlash (mamlakat mudofaasi, militsiya, maxalliy va milliy
darajadagi umumiy boshqaruv) umumiy xizmatlarga kiradi; «davlat xizmatlarining»
25
Маркова В.Д.. Маркетинг услуг. М.: Финансы и статистика, 1996.4-бет
26
Стаханов В.Н., Стаханов В.Д. Маркетинг сферы услуг: Учебное пособие. – М.:Экспертное бюро,
2001.5-бет
196
ushbu yadrosining mohiyati shundan iboratki, davlat xukumati ularni tashkil etishi,
boshqarishi va ularni faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashi lozim.
V.D. Markova xizmatlarning besh turini ajratib ko‘rsatadi:
- ishlab chiqarish xizmatlari - injiniring, lizing, uskunalarga xizmat ko‘rsatish
(ta’mirlash va x.k.o.);
- taqsimlash xizmatlari - savdo, trasport, aloqa;
- kasbiy xizmatlar - banklar, sug‘urta, moliyaviy, maslahat, reklama va
boshqa firmalar;
- iste’mol (ommaviy) xizmatlar uy xo‘jaligi va vaqtni o‘tkazish bilan bog‘lik
bo‘ladi;
- ijtimoiy xizmatlar - televideniye, radio, maorif, madaniyat.
Xizmatlarning shakli va ko‘rsatish metodlarining, assortimentining doimo
yangilanib borishi natijasida xizmatlarni izohlab berish oldindan istiqbolsiz
hisoblanadi. Xizmatlarni turkumlashning quyidagi umumiy belgilari, ya’ni iqtisodiy
tabiati, ishlatilishi, tarqalish sohasi, tijoratlanishi darajasi, tashkiliy shakli, ishlab
chiqarish usuli, abstraksiya darajasi, legitimligi va boshqalar 11.2-jalvalda keltirilgan.
11.2-jadval
Xizmatlarining turkumlanishi
27
Do'stlaringiz bilan baham: |