Korxonaning korporativ vazifalari va biznes-strategiyasi belgilab berilgach,
sanoat marketologi marketing dasturini ishlab chiqishi lozim. Marketing dasturi – bu
belgilangan korporativ va biznes-vazifalarga (bozor ulushi, sotuv hajmi, investitsiyalar
qaytimi va boshqalarni oshirish) erishish bo‘yicha reja bo‘lib, beshta elementdan iborat
176
5) kommunikatsiyalar.
Marketing dasturi – uni tashkil qiladigan qismlarning oddiy yig‘indisidan ko‘ra
kattaroq narsa. Marketolog-strateg bu elementlarni shunday birlashtirishi lozimki,
bunda muvozanat va muvofiqlikka erishish talab etiladi. Mahsulot strategiyasi
segmentlash strategiyasiga mos kelishi lozim. Narx shakllantirish va distributsiya
mahsulot strategiyasiga, kommunikatsiyalar esa – distributsiya strategiyasiga mos
kelishi lozim. Marketing dasturining bu elementlarini muvofiqlashtirish sanoat
marketingi samaradorligining zaruriy shartidir.
Sanoat marketologi, iste’mol tovarlari bozoridagi marketologdan farqli ravishda,
o‘z vazifalarini bajarishda boshqa bo‘limlarga, ayniqsa, ITTKI xizmati va ishlab
chiqarish bo‘limiga kuchliroq bog‘liq bo‘ladi. Marketingni rejalashtirishdagi
muvaffaqiyatsizliklar
ko‘pincha
strategik
rejalashtirish
jarayonini
sanoat
marketingining o‘ziga xos talablariga moslashtira olmaslik bilan izohlangan. Xususan,
bu talablar qatoriga quyidagilar kiradi:
■ sanoat marketologi odatda bir nechta mahsulot/bozor va marketing kanallari
bilan ishlashini tushunish;
■ o‘z rejalarida tashkilotning boshqa bo‘limlari bilan o‘zaro aloqalarda yuzaga
keladigan cheklovlarni hisobga olish zarurati.
Marketingni rejalashtirish bosh rahbariyatning, shuningdek, marketologning
majburiyati hisoblanadi. Oliy rahbariyat korporativ vazifalarni belgilab berishda
tashqari tashkilotning ish tamoyillarini belgilashi, turli bo‘linmalar harakatlarini
muvofiqlashtirishi ham lozim bo‘lib, bu marketing rejalarini samarali ishlab chiqish va
amalga oshirish uchun zarurdir.
Marketolog strategik rejalashtirishning har bir pog‘onasida muhim rol o‘ynaydi.
«Biz qaysi biznes bilan shug‘ullanamiz?» va «Biz qaysi biznes bilan shug‘ullanishni
istaymiz?» savollari asosiy sanalgan korporativ strategiya darajasida marketolog
biznes maqsadlari mijozlarning asosiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda belgilanganiga
ishonchi komil bo‘lishi lozim. Mijozlarni qondirish korxonaning ustuvor vazifasi
bo‘lishi lozim, chunki faqat mijozlarning ehtiyojlari qondirilgandan keyingina korxona
177
manfaatdor shaxslar – aksiyadorlar, xodimlar, menejerlar va ta’minotchilar uchun
samarani maksimallashtirishi mumkin.
Biznes-birlik strategiyasi darajasida marketologlar korxona o‘zining bozor
maqsadlarini belgilab olishi va unga raqobatchilar bilan taqqoslaganda foydaliroq
pozitsiya egallash imkonini beradigan biznes-strategiya ishlab chiqishi mumkin
bo‘lishi uchun raqobatli bozor sharoitlari va mijozlarning ehtiyojlarini eng to‘liq va
aniq tushunishni ta’minlashi lozim.
Shubhasizki,
funksional
marketing
strategiya
darajasida
marketolog
rejalashtirilgan biznes strategiyasini amalga oshirish uchun segmentlash, mahsulot,
narx, distributsiya va sotuvni rag‘batlantirish borasida strategiyalar optimal
kombinatsiyasini belgilashi lozim. Marketing samaradorligi asosan marketing bo‘limi
rahbarlarining mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv ustunliklarini dalillar keltirib
isbotlash va tom-menejmentni uni amalga oshirish uchun zarur resurslar ajratishga
ishontirish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, marketing vazifasi mijozlarning ehtiyojlarini qondirish yo‘li bilan
ular bilan uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatish bo‘lib qolaveradi. Bunday
yondashuvda marketologdan korxona turli bo‘linmalari faoliyatini, korxonaning kuchli
tomonlari va texnologiyalarni yanada yaxshiroq bilish talab etiladi. Faqat shu
tarzdagina marketing bo‘limi o‘z strategiyalarini amalga oshirish bilan samarali
shug‘ullanishi mumkin.
Demak,
marketologning,
uning
yechimi
butun
tashkilotning
mijozlar
muammolarini hal qilishga tayyorligiga bog‘liq bo‘lgan asosiy vazifasi (ayniqsa,
sanoat korxonasida) – korxona va uning har bir xodimini mijozlarga yo‘naltirilgan
qilish hisoblanadi.
Sanoat marketingida strategiyalar ishlab chiqishda asosiy qoida – «O‘z
mijozingni bil». Biroq bundan boshqa qoidalar ham mavjud: «O‘zingning
boshqalardan ajratib turadigan kompetensiyalaringni bil», «O‘z raqobatchilaringni
bil», «Mijozlaringning mijozlarini bil», «O‘z mijozlaring tarmog‘i va raqobatchilarini
bil» va «O‘z tashkilotingni shunchalik yaxshi bilki, uni mijozlarning muammolarini
hal qilish uchun ishlata bil».