Toshkent davlat iqtisodiyot


 Maqsad va vazifalarni belgilash



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

10.4. Maqsad va vazifalarni belgilash 

Maqsad  bu  –  korxonaning  odatda  yillik  rejalashtirish  davri  davomida 

o‘zgarmaydigan  uzoq  muddatli  vazifalari  bayonidir.  Maqsadlarni  qo‘yish  bilan 

birgalikda  mijozlarning  ehtiyojlarini  qondirish  va  korxonani  boshqalardan  ajratib 

turadigan  kompetensiyalarni  rivojlantirish  uchun  mablag‘lar  sarflash  bo‘yicha  uzoq 

muddatli  majburiyatlar  qabul  qilish  ham  amalga  oshiriladi.  Uzoq  muddatli  korporativ 

maqsadlarni 

belgilashda 

ko‘pincha 

rahbariyat 

maqsadlari 

va 


rahbariyat 

qadriyatlarining  ahamiyati  ko‘zda  qochirib  qoldiriladi.  Gap  shundaki,  maqsadni 

belgilash  bu  korxonaning  kuchli  va  kuchsiz  tomonlarini  hisobga  olgan  holda  «Biz 

nima  bilan  shug‘ullanyapmiz?»  savolidan  tashqari  «Biz  qaysi  biznes  bilan 

shug‘ullanishni istaymiz?» savoliga ham javobdir. 

Strategik rejalashtirish sohasida ko‘plab tadqiqotchilar uchun maqsadlar belgilash 

bu  korxonani  boshqalardan  ajratib  turadigan  kompetensiyalar  belgilash  bilan  bir  xil 

narsa  hisoblanadi. Strategik rejalashtirish jarayonining  bu  ikki bosqichi juda o‘xshash 

bo‘lsada,  boshqalardan  ajratib  turadigan  kompetensiyalarni  aniqlash  korxonaning 

kuchli  va  kuchsiz  tomonlarini  aniqlash  tahliliy  jarayonini  korxona  maqsadlarini 

belgilash  ijodiy  jarayoni  bilan  bog‘laydigan  bo‘g‘in  hisoblanishini  aytib  o‘tish 

foydadan xoli bo‘lmasdi. 




 

173 


 

Maqsadlar  qo‘yish  –  boshqalardan  ajratib  turadigan  kompetensiyalardan  tashqari 

raqobat  bozoridagi  uzoq  muddatli  imkoniyatlarni  ham  aniqlash  natijasi  bo‘lib,  bu  o‘z 

navbatida,  tashqi  muhit  tahlilining  natijasi  hisoblanadi.  Odatda  maqsadlar 

rahbariyatning  yangi  texnologiyalar  sohasida  yetakchi  pozitsiya  egallash,  bozor 

ulushini  oshirish  yoki  mijozlarning  ehtiyojlari  o‘zgarishiga  tezroq  javob  qaytarish 

istagini  aks  ettiradi.  Ayrim  maqsadlar  mijozlarga  va  ularning  ehtiyojlariga  asosiy 

e’tibor  qaratishni  nazarda  tutadi.  Ularni  belgilashda  investitsiyalar  qaytimi  va  foyda 

maqsadli  ko‘rsatkichlari  kabi  mezonlar  hisobga  olinadigan  maqsadlar  garchi  umumiy 

samaradorlik  ularni  bajarish  bo‘yicha  baholanadigan  qisqa  muddatli  vazifalar  sifatida 

foydali  bo‘lishi  mumkin  bo‘lsada,  mijozlarning  ehtiyojlarini  qondirish  yoki 

boshqalardan  ajratib  turadigan  kompetensiyalar  nuqtai-nazaridan  unchalik  oqilona 

hisoblanmaydi. 

Korxona  biznesi  o‘ziga  xosliklarini  hisobga  oladigan  (ya’ni  tovar-bozor 

strategiyasi  bilan  bog‘liq)  bo‘lgan,  lekin  bunda  vaqt  o‘tishi  bilan  bozor  ehtiyojlariga 

moslashuvchanroq  javob  qaytarish  imkonini  beradigan  maqsadlar  eng  oqilona 

maqsadlar  hisoblanadi.  Maqsadlarni  to‘g‘ri  qo‘yish  ularning  korxona  asosiy 

kompetensiyalariga  muvofiqligi  nuqtai-nazaridan  turli  tovar-bozor  imkoniyatlarini 

tanlash  mezonlarini  aniqlashga  imkon  beradi.  Va  aksincha,  faqat  investitsiyalar 

qaytimini  hisobga  olgan  holda  ifodalangan  maqsadlar  ish  muayyan  biznes-

imkoniyatlarga borib taqalgan paytda unchalik foydali bo‘lib chiqmasligi mumkin. 

Korxona  shug‘ullanadigan  biznes  tovar-bozor  kombinatsiyalari  bilan  belgilanadi. 

Yirik  korxona  bir  vaqtning  o‘zida  bir  nechta  yo‘nalishda  ishlashi  mumkin.  maqsadli 

mijozlarni  tanlash  sanoat  marketologi  faoliyatida  juda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Ya’ni  sanoat  korxonasining  tovar-bozor  strategiyasi  asosan  boshqalardan  ajratib 

turadigan kompetensiyalar va makrosegmentlash strategiyasi bilan bog‘liq bo‘ladi. 

Mahsulot  portfeli  tahlili  tovar-bozor  imkoniyatlarini  aniqlash  va  to‘g‘ri  tanlovni 

amalga oshirishga  yordam beradi. Mahsulot portfeli tahlili bozorning o‘sish sur’ati  va 

boshqa shartlar bilan belgilanadigan potensial  foyda va korxona  imkoniyatlari  nuqtai-

nazaridan  tovar-bozor  kombinatsiyalarini  baholashga  imkon  beradi.  Mahsulot 

portfelini  tahlil  qilishda  strategik  rejalashtirishning  ilk  bosqichlarida,  ayniqsa,  tashqi 



 

174 


 

muhitni  tahlil  qilish  hamda  korxonaning  kuchli  va  kusiz  tomonlarini  baholash 

davomida  olingan  ma’lumotlar  va  xulosalar  foydalaniladi.  Natijada  moliyaviy,  ishlab 

chiqarish  va  marketing  resurslarini  biznes  yo‘nalishlari  bo‘yicha  taqsimlash  modeli 

yaratiladi. 

Ko‘plab  rahbarlarning  ta’kidlashicha,  har  qanday  korxona  ikkita  strategik 

muqobil variantga ega bo‘ladi: 

-  mahsulotni  differensiatsiya  qilish  strategiyasidan  foydalanish  va  mahsulot 

sifatini  hisobga  olgan  holda  o‘zi  uchun  bozor  «nishasi»  izlab  topish  (yuqori  xarajatli 

strategiya); 

- arzon  narxlar,  o‘rtacha  sifat,  past  xarajatlar  va  katta  ishlab  chiqarish  hajmi 

strategiyasidan foydalanish. 

Boston  konsalting  guruhi  yondashuvi  mahsulotlar  har  bir  toifasi  uchun  muayyan 

strategiya belgilamaydi, lekin umumiy xarakterli tavsiyalar beradi. 

Muhokamaning  asosiy  mavzusi  korxonaning  boshqalardan  ajratib  turadigan 

kompetensiyalari  belgilangan  mahsulot  yoki  bozorga  nisbatan  qanchalik  mos  kelishi 

hisoblanadi.  Ikkinchi  masala  –  ko‘rib  chiqilayotgan  biznes  yo‘nalishi  korxonaning 

uzoq  muddatli  istiqboldagi  maqsadlariga  mos  keladimi.  Uchinchidan,  tovar-bozor 

imkoniyatlarini  baholashda  tashqi  muhitning  tarmoq  va  bozor  holatiga  ta’siri  hisobga 

olish zarur. To‘rtinchidan, bozorning o‘zini tabiatini o‘rganish zarur. 

Vazifalar  –  uzok  muddatli  maqsadlarga  erishishda  korxona  samaradorligi  ular 

bo‘yicha  baholanadigan  qisqa  muddatli  (bir  yildan  besh  yilgacha  bo‘lgan  muddatli) 

maqsadlardir.  Strategik  rejalashtirishning  har  bir  pog‘onasida  –  korporativ,  biznes-

birlik  va  funksional  darajada  –  mos  keluvchi  qator  o‘ziga  xos,  lekin  bir-biri  bilan 

bog‘liq  bo‘lgan  vazifalar  qo‘yilishi  lozim.  Eng  tarqalgan  va  foydali  korporativ 

vazifalar  va  biznes-vazifalar  foyda  darajasi,  sotuvdan  olingan  daromad,  bozor  ulushi, 

investitsiyalar qaytimi  va  ishlab chiqarish xarajatlariga aloqador bo‘ladi. Muayyanroq 

funksional  vazifalar  narx shakllantirish, distributsiya  yoki kommunikatsiyalar  ma’lum 

bir  jihatlariga  nisbatan  belgilanishi  mumkin.  Bunday  detalli  vazifalar  funksional 

menejerlar  harakatlarini  yo‘naltirish,  ularning  kengroq  korporativ  va  biznes-vazifalar 

bajarishini muvofiqlashtirish va ularning samaradorligini baholash uchun zarur. 



 

175 


 

Vazifalarni  qo‘yish  jarayonida  orzu  qilingan  narsa  (tovar-bozor  imkoniyatlarini 

tanlash  va  maqsadlarni  hisobga  olgan  holda)  va  amalga  oshirsa  bo‘ladigan  narsalar 

(ishlab chiqarish quvvatlari va mavjud moliyaviy, texnologik, boshqaruv va marketing 

resurslarini  hisobga  olgan  holda)    bilan  bir  butun  qilib  birlashtiriladi.  Vazifalar 

mazmunga  ega  bo‘lishi  uchun  ular  erishib  bo‘ladigan  bo‘lishi,  lekin  shu  bilan  bir 

paytda  korxonalardan  maksimal  harakatlar  talab  qilishi  lozim.  Ular  rejalashtirilgan 

davr  davomida  yo‘nalishlarni  belgilab  beradi,  shuningdek,  belgilangan  davr  yakunida 

u bo‘yicha natijalar baholanadigan standartni taklif etadi. 

Vazifalar  rejalashtirilgan  davr  yakunida  tahlil  qilinadi  va  qayta  ko‘rib  chiqiladi. 

Shu  davr  mobaynida  nimalar  erishilgani  va  o‘zlashtirilganiga  qarab  chegara 

o‘zgarmasligi, 

ko‘tarilishi 

yoki 


tushirilishi 

mumkin. 


Amaldagi 

faoliyat 

ko‘rsatkichlarning  belgilangan  ko‘rsatkichlardan  farq  qilishi  bu  tafovutlar  sababini 

aniqlash  uchun  diqqat  bilan  o‘rganib  chiqilishi  lozim.  Vazifalarni  qo‘yish,  qoidaga 

ko‘ra,  muayyan  ishchi  vazifalarni  ifodalash  uchun  yuqori  va  quyi  turuvchi  xodimlar 

bilan  ishlaydigan  funksional  menejerlar  va  oliy  rahbariyat  vakillari  tomonidan 

birgalikda  amalga  oshiriladi.  Menejment  asosiy  qoidalaridan  biriga  ko‘ra,  odamlar 

vazifalarni ishlab chiqishda ishtirok etganligini his qilgan holdagina bunday vazifalarni 

oqilona  vazifalar  sifatida  qabul  qiladi.  Korxona  xodimlari  ularning  faoliyati 

belgilangan vazifalarga muvofiq baholanishiga rozi bo‘lishlari lozim. 




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish