126
7.2-rasm. Sanoat distributsiyasi kanallarini an’anaviy modellari
Bozor sharoitlari o‘zgarishi bilan tomonlarning roli ham o‘zgarishga uchraydi,
biroq kompensatsiya ko‘pincha avvalgidek qolaveradi va bu nizolar yuzaga kelishiga
sababchi bo‘ladi. Umuman olganda, savdo vositachilari bilan hamkorlik haqida
shartnomalar o‘zgaruvchan bozor sharoitlarida dolzarbligini yo‘qotadi, chunki ular
o‘zgarishi qiyin bo‘lgan shaxsiy munosabatlar va an’analarga asoslanadi. Buning
oqibatida yuzaga keladigan samarasizlik va tushunmovchiliklar ishlab chiqaruvchi va
savdo vositachilari o‘rtasida asosiy nizolar manbasi hisoblanadi.
Hozirgi paytda axborot almashinish, hamkorlik va ishonch samarali o‘zaro
munosabatlarning asosiy elementlari hisoblanadi. Distribyutorlar tobora ko‘proq bozor
vaziyatining o‘zgarishiga javoban vaqt o‘tishi bilan moslashuvchan o‘zaro
munosabatlarda bo‘lgan strategik hamkorlar sifatida ishtirok etmoqda.
Qoidaga ko‘ra, sanoat mahsulotlarida sotuv nuqtalari iste’mol mahsulotlaridan
ko‘ra kamroq. Buni bir nechta sabab bilan izohlash mumkin. Birinchidan, sanoat
mijozlari soni unchalik ko‘p emas va ayrim holatlarni istisno qilganda bunday keng
distributsiya uchun zarurat yo‘q. Ikkinchidan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing kanallari
(ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ri yakuniy mijozga) sanoat bozorida iste’mol
bozoridagidan ko‘ra kengroq tarqalgan. Uchinchidan, sanoat bozorida gap ko‘pincha
katta hajmdagi xaridlar haqida boradi va bunday holatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minot
ancha samaraliroq bo‘ladi. To‘rtinchidan, sanoat distributsiyasi ko‘pincha texnik
tayyorgarlik darajasining yuqori bo‘lishini talab qiladi, buning uchun faqat tanlov
KORXONA
B2B bozori
Tashkilot
istе'molchisi
Ulgurji va chakana
savdo korxonalari
Korxonaning
ulgurji savdo tizim
Korxonaning
chakana
savdo tizimi
Yakka istе'molchi
B2С bozori
127
asosida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan mehnat vositalari va o‘qitishga
investitsiyalar zarur.
Bu omillar sanoat bozorini qamrab olish uchun zarur bo‘lgan savdo vositachilari
sonidan tashqari ishlab chiqaruvchi va savdo vositachisi o‘rtasidagi munosabatlar
sifatini ham belgilab beradi. Sanoat savdo vositachilari, qoidaga ko‘ra, iste’mol
bozoridagi vositachilardan ko‘ra o‘z ta’minotchilari bilan yaqinroq munosabatlarni
qo‘llab-quvvatlaydi. Xuddi shu tarzda sanoat tovarlari ishlab chiqaruvchilari kanalning
har bir qatnashchisiga ko‘proq darajada bog‘liq bo‘ladi va uni faolroq qo‘llab-
quvvatlay oladi. Sanoat savdo vositachisi biznesda juda muhim rol o‘ynaydi, mahsulot
ochiqligini ta’minlabgina qolmay, mahsulotni mijozlarning indiviual ehtiyojlariga
moslashtirish jarayonini yakunlaydi ham.
Do'stlaringiz bilan baham: