7.3-rasm. Push strategiyasini ishlab chiqish
Pull-strategiya yordamida odatda modifikatsiyalarsiz tayyor mahsulot ilgari
suriladi. Push-strategiyalar sanoat bozorlarida eng faol qo‘llaniladi, iste’mol sektori
esa, qoidaga ko‘ra, raqobatlashuvchi pull-strategiyalar uchun «jang maydoni»
hisoblanadi.
Push- va pull-strategiyalar konsepsiyalari tufayli ishlab chiqaruvchi va yakuniy
xaridorga xizmat ko‘rsatuvchi savdo vositachisining faol va passiv roli o‘rtasida
muhim tahliliy tafovut o‘tkazish mumkin. Bu marketing strategiyasida sanoat savdo
vositachilarining o‘zgaruvchan rolini hamda sanoat va iste’mol bozori o‘rtasidagi
farqni tushunishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |