264
berish maqsadida kreditlar sifatini oshirish xizmatlarini ko‗rsatadi
242
. MIGA
rivojlanayotgan mamlakatlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar oqimini
rag‗batlantirish maqsadida tashkil etilgan bo‗lib,quyidagi ikkita funktsiyani
bajaradi
243
: Birinchidan, turli iqtisodiy va siyosiy risklar bo‗yicha investorlarga
kafolatni taqdim etadi. Bunday risklarga: investor mulkini ekspropriatsiyasi, xarbiy
xarakatlar, siyosiy rejimni o‗zgarishi,hukumat qarorlari bo‗yicha bajarilmagan
shartnomalar,valyuta konvertatsiyasini bekor qilinishi va boshqa kiradi.
Ikkinchidan,rivojlanayotgan mamlakatlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar
masalalari bo‗yicha maslahat xizmatlari ko‗rsatish.
MIGA tomonidan sug‗urtalanadigan siyosiy risklar
244
:
1.
Valyuta konvertatsiya qilinmasligi va xorijga valyuta o‗tkazmalari bo‗yicha
cheklovlar. MIGA hukumatni xarakati yoki xarakatsizligi natijasida mamlakatdan
tashqari mahalliy yoki xorijiy valyuta o‗tkazmasini amalga
oshirish yoki xorijiy
valyutaga (kapital, foizlar, asosiy qarz summasi, foyda, royalti va boshqa pul
o‗tkazmalari) konvertatsiyasini qonuniy yo‗l bilan imkoniyati mavjud bo‗lmagan
holatlardagi yuzaga keladigan yo‗qotishlardan investorlarni sug‗urtalaydi.
Valyutani qadrsizlanish riski sug‗urtalanmaydi.
2.
Ekspropriatsiya. MIGA ma‘lum bir hukumatning xarakati natijasida
sug‗urtalangan investitsiyaga nisbatan cheklash yoki mulk huquqini, nazorat yoki
boshqa huquqlar bekor qilinishida yuzaga kelgan yo‗qotishlardan sug‗urtalaydi.
Shuningdek, qisman ekspropriatsiya (misol uchun, pul mablag‗lari yoki material
aktivlar konfiskatsiyasi) riski sug‗urtasi ham cheklangan darajada ko‗rib chiqiladi.
Aktsionerlik kapitalidagi investitsiyaning to‗liq
ekspropriatsiyasi holatida
sug‗urtalangan
shaxs
bilan
sug‗urta
kompensatsiyasi
sug‗urtalangan
investitsiyaning sof balans qiymati bo‗yicha hisob-kitob qilinadi. Pul mablag‗lari
ekspropriatsiya qilingan holatlarda MIGA blokirovka qilingan mablag‗larning
sug‗urtalangan qismi miqdorida kompensatsiya to‗laydi. Qarz va kafolatlar
holatlarida esa qarz bo‗yicha MIGA to‗lanmagan asosiy qarz summasini hamda
hisoblangan va to‗lanmagan foizlar bilan ta‘minlaydi. MIGA foydasiga
ekspropriatsiyalangan investitsiyalardagi investorni o‗tkazgan ulushi bo‗yicha
(misol uchun, aktsionerlik kapitalidagi yoki kredit kelishuvidagi ishtroki ulushi)
kompensatsiya to‗lanadi.
3.
Urush, terrorchilik aktlari va fuqarolik tartibsizliklari. MIGA siyosiy
xarakterdagi xarakatlardan yuzaga kelgan urush va fuqarolik tartibsizliklari,shu
jumladan revolyutsiya,davlat to‗ntarishlari, diversiya hamda terrorchilik aktlaridan
zarar, vayron bo‗lishi yoki material aktivlarni yo‗qotilishi, shuningdek loyiha
bo‗yicha faoliyatni to‗liq to‗xtab qolishidan yo‗qotishlarni sug‗urtalaydi. Sug‗urta
qoplanmasi loyiha bo‗yicha faoliyatni to‗liq to‗xtab qolishi
va material aktivlarni
yo‗qolishi bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan zararlardan himoya qiladi. Investorlar
faoliyatini to‗liq to‗xtab qolishi holatlarida kompensatsiya barcha sug‗urtalangan
aktsioner investitsiyalarni sof balans qiymati bo‗yicha yoki sug‗urtalangan asosiy
242
worldbank.org/annualreport.
243
Mejdunarodnie valyutno-kreditnie otnosheniya: Uchebnik dlya vuzov /Pod red. L.N.Krasavinoy.–4–e izd.,
pererab. i dop.–M.:Izdatelstvo Yurayt, 2014.–396 s.
244
www.miga.org.
qarz summasi va foiz to‗lovlarini yuqoridagi holatlar yuz berishidan keltirilgan
zararlar natijasidan qoplanmasdan qolingan qismi miqdorida hisob-kitob qilinadi.
Material aktivlarni yo‗qotilishi holatlarida MIGA kompensatsiya miqdorini
quyidagi 3 ta o‗zgaruvchilardan ya‘ni, investorning loyiha aktivlarini balans
qiymatidagi ulushi,almashtirish yoki tiklanish qiymatlari eng kam bo‗lgan
hajmidan kelib chiqib belgilaydi. Bunda tashqari, quyidagi 3 ta sabablar bo‗yicha
faoliyatni vaqtincha to‗xtash
holatlarida, investorning so‗rovi bo‗yicha MIGA
sug‗urtalash mumkin: aktivlarni yo‗q bo‗lishi, ekspluatatsiya qilish imkoniyatini
yo‗qotish va sug‗urtalanuvchini sug‗urtalangan mulkka bo‗lgan huquqdan majburiy
voz kechish. Bunda MIGA loyiha doirasida yo‗qotilgan daromadlar va loyiha
bo‗yicha faoliyatni qayta tiklashdagi kutilmagan xarajatlarni, bartaraf
qilinmaydigan joriy xarajatlarni, qarzlar bo‗yicha esa o‗tkazib yuborilgan
to‗lovlarni kompensatsiya qiladi.
4.
Shartnoma shartlarini buzilishi. Investor bilan bo‗lgan
shartnomani
hukumat tomonidan buzilishi yoki bekor qilinishi natijasida vujudga kelgan
yo‗qotishlar sug‗urtalanadi. Agarda o‗rnatilgan muddatda hukumat tomonidan
yetkazilgan zararni qoplanishi yuzasidan arbitraj yoki sudning yakuniy qarori
olinmagan xolda, bu bo‗yicha investor to‗lov olishi mumkin emas, MIGA
kompensatsiya to‗laydi. Agarda investor bahslarni tartibga solish mexanizmiga ega
bo‗lmasligi yoki investitsiyani qabul qiluvchi hukumat o‗z qonuniy huquqlarini
himoya qilish maqsadida investorga asossiz to‗siqlarni qo‗yilishi holatlarida arbitraj
yoki sud qarori yo‗qligida MIGA kompensatsiya to‗lash to‗g‗risida qaror qabul
qilishi mumkin.
5.
Davlat moliyaviy majburiyatlarini bajarmasligi.
MIGA talablarini
qondiradigan investitsion loyihalarga berilgan kafolat doirasida yoki moliyaviy
majburiyatlar bo‗yicha belgilangan muddatda to‗lovni amalga oshirishdagi
hukumatni to‗lovga qobiliyatsizligi bilan bog‗liq zararlardan himoya qiladi.Bunday
holatlarda investorlar arbitraj qarorini olishi talab qilinmaydi. Ushbu sug‗urta
qoplanmalari davlat moliyaviy majburiyatlari bo‗yicha to‗lovlarni amalga
oshirilishi aniq bo‗lganda va sud majburiy bo‗lmagan holatlarda qabul qilinadi.
Yuqorida ko‗rsatilgan sug‗urta turlari bo‗yicha alohida yoki paket
ko‗rinishida rasmiylashtirish mumkin bo‗lib, biroq MIGA o‗zini kafolatini
berishdan avval investor afzal bo‗lgan qaysi sug‗urta qoplanmasini tanlashni
aniqlashtirib olishi lozim. Sug‗urta mukofoti stavkasi
har bir alohida loyihaga
nisbatan belgilanib mamlakat, soha kelishuv va sug‗urtalanadigan risk turiga qarab
farqlanadi hamda sug‗urta mukofoti to‗lovi har bir sug‗urtalangan davr boshiga
amalga oshiriladi.
MIGA faoliyatini boshqarish va dasturlar realizatsiyasi agentlikni
181 a‘zo–davlatlar taqdim etgan boshqaruvchilar Kengashi va direktorlar Kengashi
tomonidan amalga oshiriladi. MIGA tomonidan kafolatlar 3 yildan kam bo‗lmagan
muddatga (qarzlar holatlarida 1 yildan ortiq) va 15 yildan ortiq bo‗lmagan (loyiha
xarakteridan kelib chiqib ayrim xolatlarda 20 yilgacha).
Investitsiyalar bo‗yicha MIGA aktsionerlik kapitali investitsiya umumiy
hajmidan kelib chiqib, zararni 90 foizgacha va loyiha doirasida olingan va ushlab
qolingan foydani qoplash uchun investitsiya qilingan summani 500
foizgacha
266
qo‗shimcha qoplashi mumkin. MIGA qarzlari va qarzlar bo‗yicha kafolatlar
qoidaga ko‗ra asosiy qarzning 95 foizigacha miqdorida (ayrim xolatlar to‗liq
qoplashi va yuqori bo‗lishi mumkin) va kreditni to‗lash muddati davomida
hisoblangan foizlarni yopish uchun asosiy qarz summasini 150 foizgacha
qo‗shimcha sug‗urta taqdim etiladi.
MIGA kafolati berilgandan keyin va kuchga kirgandan so‗ng shartnomani
bekor qilinish huquqiga ega emas, defolt holati bundan mustasno. Biroq, kafolat
egasi xech qanday jarima sanktsiyalarisiz qoplashni kamaytirish
yoki bekor qilish
mumkin. Bugungi kunda MIGA o‗z hisobidan har bir loyiha bo‗yicha 220,0 mln
AQSh dollari miqdorigacha, qayta sug‗urtalash orqali yanada ko‗proq summada
qoplash imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, MIGA qo‗shma anderraytinglar va
kichik va o‗rta biznesni rivojlantirishga qaratilgan kichik investitsiyalar dasturlari
doirasida kafolatlashni amalga oshiradi
245
.
Do'stlaringiz bilan baham: