Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Xorijiy tadbirkorlik sharoitida tavakkalchilik
Reja: I. KIRISH II. ASOSIY qism a) Tadbirkorlik faoliyat turlari b) Xorijiy bizness bilan shug’ullanadigan firmalarga ta’sir qiluvchi omillar III. XULOSA Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida yuqori tavakkalchilik “Tadbirkorlik” atamasi keng ma’noda firmani tashkil qiluvchi yoki uni boshqaruvchi shaxslarning tavakkalchilikka tayyorligining alohida jihatlari majmui sifatida aniqlanadi. “Tadbirkorlik” so’zi inglizcha “entepeneurship” yoki fransuzcha “entrependre” so’zidan kelib chiqadi va “imkoniyatlarni amalga oshirish, qo’llash yoki novatorlik faoliyati, yoxud korxona tuzish yo’li bilan ehtiyojlar va istaklarni qondirish” ma’nolarini anglatadi.
TADBIRKORLIK
Innovatsion tadbirkorlik. Tadbirkorlikka iqtisodiyotdagi yangicha yo'nalish, yangi korxonalar ochish asos bo'lib, tub maqsadlarni belgilaydi. Chunki tadbirkorlik deganda, avvalo yangicha ishlash, yangi mahsulot, yangicha xizmat xillarini yaratish, yangi texnologiya va usullarni qo'llash tushuniladi. Tadbirkorlik darajasi yangi mahsulot, yangicha ishlab chiqarishni joriy qilish, fan yangiliklari, yangi texnologiyani joriy qilish darajasi bilan belgilanadi. Demak, tadbirkorlik avvalo iqtisodiy yangilik bilan bog’liqdir, ya'ni u innovatsion tadbirkorlikdir. XORIJIY BIZNESS BILAN SHUG’ULLANADIGAN FIRMALARGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR. - siyosiy-huquqiy omillar. Ushbu omillarga davlatni boshqarish shakli, siyosiy mafkura, soliq qonunchiligi, hukumatning barqarorligi, hukumatning xorijiy kompaniyalarga munosabati, xorijiy mulk haqidagi qonunchilik, savdo qonunchiligi, tashqi siyosat, terroristlarning faolligi, huquqiy tizim kiradi. Siyosiy-huquqiy omillar xorijiy firma uchun qabul qiluvchi mamlakat hukumatining harakatlari natijasida o’z aktivlarini, o’z firmalari nazoratini, bozordagi ulushini yo’qotish bilan bog’liq. - iqtisodiy omillar. Ushbu omillarga mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, aholi jon boshiga daromad, YaMM dinamikasi va yo’nalishi, hukumatning moliya siyosati, ishsizlik darajasi, valuta almashinuvi, mehnat haqining darajasi, raqobat muhiti, iqtisodiy birlashmalar va mintaqaviy integratsion tashkilotlarda ishtirok etish kiradi. Oxirgi omil mahalliy sheriklarning mustaqil qaror qabul qilishini qiyinlashtiradi, chunki mintaqaviy integratsion guruhlarda ishtirok etish prinsipial qarorlarni integratsion birlashmadagi sheriklar bilan kelishishni taqozo etadi; - ijtimoiy-madaniy omillar. Ushbu omillarga milliy urf-odatlar, til, demografiya, hayot tarzi, din, ajnabiylarga munosabat, turmush darajasi, ijtimoiy muassasalar va me’yorlar, savodlilik darajasi kiradi. Ushbu omillar o’z firmasida mehnat qilishga mahalliy aholini jalb qilishni ko’zlagan menejerlar uchun ayniqsa muhim hisoblanadi. - ijtimoiy-madaniy omillar. Ushbu omillarga milliy urf-odatlar, til, demografiya, hayot tarzi, din, ajnabiylarga munosabat, turmush darajasi, ijtimoiy muassasalar va me’yorlar, savodlilik darajasi kiradi. Ushbu omillar o’z firmasida mehnat qilishga mahalliy aholini jalb qilishni ko’zlagan menejerlar uchun ayniqsa muhim hisoblanadi. - texnologik omillar. Ushbu omillarga texnologiyalarni ayirboshlashning huquqiy me’yorlari, energiya tashuvchilarning mavjudligi va qiymati, tabiiy resurslar, transport tarmog’i, ishchi kuchining malakasi, patent himoyasi, infratuzilma, axborot oqimlari kiradi Xulosa o’zingizdan!!!
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |