UNCTAD ma‘lumotlariga asosan yuqori daromad olish imkoniyati mavjudligi
sababli, oxirgi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarda to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy
investitsiyalar hajmi ortishining (55 foiz) (iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda
hajmi qisqarib borishi) ijobiy dinamikasi kuzatilmoqda
59
.
Moliyaviy globallashuvning zamonaviy jarayonlari milliy hukumatlar
tomonidan uning ko‗lamini kengaytirishga intilishlariga asoslangan. Mazkur
jarayon xorijiy investitsiyalarga cheklovlar qo‗llanish
darajasining pasaytirish
usullari orqali bozorni rag‗batlantirish hisobiga yuz bermoqda.
Informatsion va telekommunikatsiya texnologiyalari, kapital bozorining
liberalizatsiyalashuvi va yangi moliyaviy insturmentlarning ishlab chiqilishi,
shubhasiz kelajakda xalqaro kapital oqimi o‗sishini rag‗batlantirib boradi va bu o‗z
navbatida, xalqaro moliya bozorlarini kengayishi va samaradorligini oshishiga olib
keladi.
Zamonaviy global moliya bozori quyidagilar bilan xarakterlanadi
60
:
moliya bozori pul oqimlari summasida uzoq muddatli davrda o‗sish
tendensiyasi saqlanib qolinishi, ularning jahon iqtisodiyotiga ta‘sirini oshib borishi,
shu bilan birga bir vaqtni o‗zida qisqa muddatli davrdagi kapital oqimi dinamikasi
bozorlarni nolikvidlik riskini ortishiga olib kelishi;
moliyaviy resurslar mobilizatsiyasining tezlashuvi arbitraj operatsiyalar
imkoniyatlari
pasaytirib, hududiy bozorlarda turli foiz stavkalari o‗rtasidagi
farqlarning kamayishiga olib kelishi;
yuqorida ko‗rsatilgan omillarning bir vaqtda ta‘siri xalqaro moliya
bozoridagi aktivlar harakatini sinxronizatsiyaga olib kelishi va buning natijasida
milliy moliya bozorlari o‗rtasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarning xalqaro
diversifikatsiyasini zaiflashtiradi.
Moliya bozorlarining globallashuv darajasini ko‗tarish uchun milliy
hukumatlar tomonidan qulay investitsion iqlim yaratish bo‗yicha
samarali
infratuzilma va qonun bilan ta‘minlangan investitsiya mexanizmiga asoslangan
chora-tadbirlarni amalga oshirilishi zarur. Bu milliy iqtisodiyotda xorijiy
investitsiyalar hajmining o‗sishi, iqtisodiyot raqobatbardoshligi va iqtisodiy
o‗sishining asosiy manba bo‗lib hisoblanishi bilan bog‗liq. Zamonaviy xalqaro
moliya bozorida turli-tuman moliyaviy insturmentlar
bilan amalga oshiriladigan
operatsiyalarning paydo bo‗lishi va keng masshtabda rivojlanishi, xalqaro moliya
bozori evolyutsiyasining tezlashuviga, shu bilan birga bir qator tendensiyalarning
shakllanishiga olib keldi.
Xalqaro moliya bozorining zamonaviy faoliyatida
quyidagi tendensiyalar
kuzatilmoqda
61
:
xalqaro moliya bozorining globallashuvi;
xalqaro moliya bozorining integratsiyasi va konvergentsiyasi;
xalqaro moliya bozori ishtirokchilari o‗rtasida xalqaro raqobatning ortishi;
59
www.unctad.org/fdistatistics.
60
A.V. Zolotov Razvitie finansovix rinkov v usloviyax globalizatsii. Vestnik Moskovskogo universiteta imeni S. Yu.
Vitte. Seriya 1. Ekonomika i upravlenie•2013‘2. 87–88s.
61
Mejdunarodniy finansoviy rinok: ucheb. posobie /pod red. d–ra ekon. nauk, prof. V.A. Slepova, d–ra ekon. nauk,
prof. Ye.A. Zvonovoy.– M.: Magistr, 2007. – 46 s.
56
xalqaro moliya bozorida yutilish va qo‗shilishni o‗sishi;
xalqaro moliya bozori ishtirokchilarining keng ixtisoslashuvi va
vositachilikni yo‗qolishi;
xalqaro moliyaviy hududiylashuv (regionalizatsiya);
xalqaro moliya bozorini tartibga solishning amaldagi samarali tizimini
mavjud emasligi.
Shunday qilib, globallashuv jarayonlari xalqaro moliya bozorining
shakllanishidagi asosiy bosh omillardan biriga aylandi. Shu bilan bir qatorda, ushbu
jarayonga ta‘sir etuvchi quyidagi: xalqaro moliya operatsiyalari amalga oshirish
vaqti va operatsion xarajatlarini keskin qisqarishiga
hamda asosiy moliya
markazlarini bog‗lovchi yangi informatsion–texnologiyalarni rivojlanishi, xalqaro
moliyaviy
insturmentlar
bilan
operatsiyalar
va
banklar
faoliyatini
liberalizatsiyalashuviga bog‗liq xolda xalqaro moliya bozori ishtirokchilari faoliyati
shartlarini o‗zgarishi, risklarni boshqarish va xejirlash mexanizmlari asosida yangi
xorijiy valyuta insturtmentlarini paydo bo‗lishi va rivojlanishi kabi boshqa
omillarni keltirish mumkin.
Xalqaro
moliya
operatsiyalarining
liberalizatsiyalashuvi
moliyaviy
transaktsiyalardan olinadigan soliqlar va komission to‗lovlarning pasayishiga,
imtiyozli soliq rejimida faoliyat ko‗rsatuvchi
offshor moliya institutlari
tarmog‗ining shakllanishiga olib keladi. Liberalizatsiya davomida moliya
institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ko‗pgina operatsiyalar bo‗yicha
cheklovlarning olib tashlanishi, jumladan, investitsion banklar, sug‗urta va pensiya
fondlari tijorat kreditlash, tijorat banklari–fond operatsiyalari, sug‗urta, xorijiy
valyuta derivativlari savdosi bilan shug‗ullanishi.
Natijada, mijozlarga xalqaro
moliyaviy insturmentlar to‗liq to‗plamini taklif qiluvchi global moliya tarmoqlarini
shakllantiruvchi moliya xoldinglari vujudga keldi. Oxirgi yigirma yillikda xalqaro
moliya bozorining integratsiya va konvergentsiya tendensiyasi rivojlanmoqda.
Xalqaro moliya bozorining integratsiyasi xalqaro savdoni liberlizatsiyalashuvi
va sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsion muhitni
yaxshilanshiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: