52
•
Fond birjasida savdo hajmining bir necha barovar o‗sishiga olib keladi.
•
Iqtisodiyotimizni real sektoriga ya‘ni ishlab
chiqarish korxonalariga
kreditga qaraganda kam foizli moliyaviy resurslarni kiritish imkoniyatiga ega
bo‗lishi.
•
REPO kelishuvlarini amalga oshirish uchun investorlarga xar soniyada
yagona texnik-dastur tomonidam ma‘lumotlarni yangilanib turilishi imkoniyati
shakllantiriladi.
•
Aktsiyadorlik jamiyatlar o‗z faoliyatini kengaytirish uchun kredit olishga
qiziqmay faqatgina aktsiya emissiya qilish orqali moliyaviy resurs topishga
intiladi. (Xalqaro amaliyotda yirik kompaniyalar
misol uchun Samsung, LG,
Kia motors kompaniyalari o‗z faoliyatini kengaytirmoqchi bo‗lsa asosan aktsiya
emissiya qilish orqali moliyaviy resurs topadi.)
―Toshkent‖ Respublika fond birjasi tomonidan qimmatli qog‗ozlarning
birlamchi va ikkilamchi bozordagi erkin muomalasi uchun teng huquqli sharoitlar
yaratish hamda talab va taklifdan kelib chiqqan holda qimmatli qog‗ozlarning
bozor narxlarini shakllantirish, investorlarni tegishli ma‘lumot va axborotlar bilan
ta‘minlash vazifalari amalga oshirilib kelinmoqda
53
.
Respublikaning xalqaro moliya munosabatlari va jahon xo‗jaligiga
integratsiyasi majmui aniq belgilangan maqsadlar hamda ularni amalga oshirishga
qaratilgan quyidagi asosiy tadbirlarni o‗z ichiga oladi
54
.
Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo‗ganini tashkil
etuvchi va uning jahon bozorida munosib o‗rin egallashini ta‘minlovchi
bo‗g‗inlarni aniqlash;
Ikkinchidan, iktisodiyotning eksport sohasida davlat tomonidan qo‗llab–
quvvatlash usulidan keng foydalanish.
Bu usullar quyidagilardan iborat:
eksportga yo‗naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar
bo‗yicha uzok
muddatli kreditlar ajratish, mo‗ljallangan investitsiyalarni
sug‗urtalash;
eksportyorlarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab
chiqarishi xarajatlari o‗rtasidagi farqni qoplash;
davlat tomonidan respublikaga ilgor texnologiyalar, tajribalar va bilimlarning
kirib kelishi uchun subsidiyalar ajratish;
eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni
olib kelishga ruxsatnomalar berish;
ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltirilgan xomashyo va
materiallar, asbob–uskunalar xamda jihozlar ulushini bosqichma–bosqich
kamaytirish va boshqalar.
Shu bilan birga xalkaro moliya sohasidagi siyosat milliy valyutani
mustahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta‘minlashni,
ichki
narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini
53
http://www.uzse.uz/new/info_news/1111/uz/.pdf .
54
Vahabov A.V., Tadjibaeva D.A., Xajibakiev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O‗quv
qo‗llanma. / i.f.d., prof. A.V. Vahabovning umumiy tahriri ostida. –T.: Moliya, 2011.623–624b.
tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning meyoriy–hukuqiy asoslarini xalqaro
talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: