Bog'liq XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma
5.4-rasm. Kreditor belgilari bo„yicha kredit bozori strukturasi Manba: Mejdunarodnie valyutno-kreditnie otnosheniya:uchebnik i praktikum / Ye.A.
Zvonova i dr. – M.: Izdatelstvo Yurayt, 2014. –253s.
Firmaning (tijorat) krediti – bu odatda bir mamlakat firmasi eksportyori
boshqa bir mamlakatning firmasiga importyoriga to‗lovni kechiktirish shaklidagi
ssuda tushuniladi.
Tashqi savdoda tijorat krediti tovarli operatsiyalarga bog‗liq hisob-kitoblarda
keng qo‗llaniladi. Tijorat kreditining muddati turlicha bo‗lib (odatda 2 yildan 7
yilgacha), biroq kreditga beriladigan mashina va uskunalarning murakkabligi bilan
bog‗liq xolda firma kreditning o‗rtacha muddatlarini (15 yilgacha) oshirib borishi
tez-tez uchraydigan holatga aylanib qoldi.
Ochik schyotlar bo‗yicha beriladigan kredit. Bu kredit eksportyor va
importyor o‗rtasidagi kelishuvga asoslanadi. Ochik schyotlar bo‗yicha beriladigan
kreditlar faqatgina doimiy aloqada bo‗lgan firmalar o‗rtasidagina amalga oshirilishi
mumkin.