Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov


-rasm. Valyuta siyosatining asosiy yo„nalishlari



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/223
Sana25.03.2022
Hajmi6,92 Mb.
#510336
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   223
Bog'liq
ARM Bekmurodov A SH Xalqaro moliya bozori va institutlari O\' q 2019

 
12.3-rasm. Valyuta siyosatining asosiy yo„nalishlari 
Manba: Mejdunarodnie valyutno-kreditnie otnosheniya:Uchebnik dlya vuzov /Pod red. 
L.N.Krasavinoy. – 4-e izd., pererab.i dop.–M.:Izdatelstvo Yurayt, 2014.- 157s. 
Davlatning xalqaro rezervlarini boshqarishdagi asosiy maqsadlar
270


iqtisodiy, shu jumladan, pul-kredit va valyuta siyosatini amalga oshirish; 

milliy valyuta suzib yuruvchi kursini tartibga solish; 

mamlakatni xalqaro majburiyatlarini ta‘minlash; 

davlat tashqi qarzlarini pasaytirish; 

to‗lov balansini tartibga solish; 

inqirozga qarshi siyosatni ta‘minlash; 

mamlakat nufuzini oshirish va qulay investitsion reyting ko‗rsatkichlarini 
shakllantirish. 
Ushbu maqsadlar xalqaro rezervlarni asosiy funktsiyalari, ya‘ni xalqaro 
majburiyatlarni ta‘minlash va inqirozli vaziyatlarda sug‗urta fondi sifatida 
foydalanishni belgilab beradi. Xususan, 2008-2009 yy. jahon moliyaviy inqirozi 
yana bir marotaba mamlakat xalqaro rezervlarini ushbu funktsiyalari inqiroz qarshi 
choralar ko‗rishda muhim ahamiyat kasb etishini tasdiqladi.
Valyuta cheklovlari asosan to‗lov balansining joriy va moliyaviy 
operatsiyalari sohalarida amalga oshirilishi bilan farqlanadi.
270
Mejdunarodnie valyutno-kreditnie otnosheniya:Uchebnik dlya vuzov /Pod red. L.N.Krasavinoy. – 4-e izd., 
pererab.i dop.–M.:Izdatelstvo Yurayt, 2014.- 162s.


12.4-rasm. To„lov balansini tartibga solish insturmentlari 
Manba: Grishina O.A., Zvonova Ye.A. Regulirovanie mirovogo finansovogo rinka: Teoriya, 
praktika, instrumenti.– M.:INFRA – M, 2010.136 –190s.
To‗lov balansini tartibga solishning moddiy asosi bo‗lib quyidagilar xizmat 
qiladi: 

davlatning rasmiy valyuta rezervlari;

davlat byudjeti orqali taqsimlanadigan milliy daromad;

davlatning xalqaro moliya bozorida kapital eksportyori, kreditor
shuningdek kafolatchi yoki qarz oluvchi sifatidagi bevosita ishtiroki; 

bevosita tartibga solish choralari vositasida (normativ hujjatlar, qonunlar va 
boshqalar) xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarni qat‘iy belgilash.
To‗lov balansida ―ko‗rinmas‖ operatsiyalar bo‗yicha to‗lovlar va tushumlarni 
tartibga solish maqsadida quyidagi choralar ko‗riladi
271


mazkur mamlakat sayohlari tomonidan olib chiqib ketiladigan valyuta 
me‘yorlarini cheklash; 

xorijiy 
sayyohlarni 
jalb 
qilish 
maqsadida 
davlatning 
sayohlik 
infratuzilmalarini tashkil etishdagi bevosita va bilvosita ishtiroki; 

«Transport» moddasi bo‗yicha xarajatlarni kamaytirish uchun byudjet 
mablag‗lari hisobidan dengiz kemalari qurishga yordam berish;
271
Statistika platejnogo balansa:prakticheskoe rukovodstvo /I. A. Tribunalova;M-vo obrazovaniya Respubliki 
Belarus, Gomelskiy gos. un-t im. F. Skorini : GGU im. F. Skorini, 2016. – 30s.


286 

ilmiy-texnik bilimlar, litsenziyalar, patentlar sotishdan tushumlarni 
ko‗paytirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat xarajatlarini oshirish; 

ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solish. Xususan, xorijiy ishchilar uchun 
o‗tkazmalarni qisqartirish uchun immigrantlarni kirishini cheklash;

bir tomondan milliy monopoliyalarni tashqi iqtisodiy ekspantsiyasini 
kengaytirishga, boshqa tomondan esa milliy kapital repatriatsiyasi va xorijiy 
kapitalni kirib kelishini rag‗batlantirish yo‗li bilan to‗lov balansi balanslashtirishga
yo‗naltirilgan kapital harakatini tartibga solish. 
Mazkur maqsadlarni amalga oshirish, tovarlarni olib chiqish va xususiy 
transchegaraviy investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratuvchi davlatni kapital 
eksportyori sifatidagi faoliyatiga bog‗liqdir. Hukumat kafolatlari investitsiyalar 
bo‗yicha tijorat va siyosiy risklar sug‗urtalanishini ta‘minlaydi. 
Aktiv to‗lov balansini davlat tomonidan tartibga solish haddan tashqari 
nomaqbul bo‗lgan ijobiy saldoni bartaraf etishga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Ushbu 
maqsadda yuqorida keltirilgan usullardan- moliyaviy, kredit, valyuta, shuningdek, 
kapital eksportini ko‗paytirish (jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarga kredit va 
yordamlar berish), kapital importini cheklash, tovarlar tovarlar eksportini cheklash 
va importni kengaytirish maqsadida valyuta revalvatsiyasidan foydalanadi.
Odatda, to‗lov balansini kompensatsiya tartibga solishda quyidagi ikkita
qarama-qarshi choralar majmuasini qo‗shgan xolda amalga oshiriladi
272
:

restriktsiya (kredit cheklovlari shu jumladan, foiz stavkalarini ko‗tarish, pul 
massasi o‗sishini, tovarlar importini cheklash va boshqalar); 

ekspansionistik (tovar, xizmatlar, kapital harakatini rag‗batlantirish, 
devalvatsiya va boshqalar).
Bundan tashqari, davlat to‗lov balansini nafaqat alohida moddalari, balki to‗lov 
balansi qoldig‗ini tartibga solishni ham amalga oshiradi. Rivojlangan mamlaktlar 
to‗lov balansi defitsitini qoplash manbalari sifatida xalqaro kapital bozoridan 
konsortsium bank kreditlari, obligatsiyalar ko‗rinishida mablag‗ jalb etiladi. Bank 
kreditini boshqa xalqaro valyuta-kredit va moliya institutlari kreditlaridan afzallik 
tomonilari, bank kreditlarni olish imkoniyatlarini kengli va barqarorlashtirish 
dasturlar doirasidagi shartlashuvlarni mavjud emasligidir.
Valyutani tartibga solishning maxsus mexanizmlariga: valyuta kurslarini 
maqsadli ko‗rsatkichlari; milliy moliya bozoridagi pul massasini va inflyatsiyani 
targetlash kiradi. 
Qat‘iy valyuta kursi sharoitida hukumat unga kuyidagicha ta‘sir o‗tkazishi 
mumkin
273


valyuta interventsiyalari mexanizmlaridan foydalanish; 

valyuta paritetini saqlab turish uchun, uni rasmiy devalvatsiya va 
revalvatsiyasini amalga oshirish; 

valyuta paritetini saqlash rejimiga o‗tish; 

erkin suzib yuruvchi rejimga o‗tish. 
272
Statistika platejnogo balansa: prakticheskoe rukovodstvo /I. A. Tribunalova; M-vo obrazovaniya Respubliki 
Belarus, Gomelskiy gos. un-t im. F. Skorini : GGU im. F. Skorini, 2016. – 31s.
273
Grishina O.A., Zvonova Ye.A. Regulirovanie mirovogo finansovogo rinka: Teoriya, praktika, instrumenti.– 
M.:INFRA – M, 2010.136 –179s.


Xalqaro moliya bozorining yana bir segmenti bo‗lgan fond bozorini tartibga 
solishning 
maxsus 
insturmentlari 
qimmatli 
qog‗ozlar 
operatsiyalarini 
sug‗urtalashga (xejirlash) yo‗naltirilgan bo‗lib, qimmatli qog‗ozlarni qo‗shimcha 
sug‗urtalash shartlari bilan chiqarishni anglatib, bular jumlasiga:

ikkita bozorda foizli arbitrajni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi, ikki 
valyutadagi obligatsiyalar, ya‘ni nominal va foiz to‗lovlari bir valyutada, to‗lash 
esa boshqa valyuta;

investorning qimmatli qog‗ozlar bozorini bir sektoridan boshqasiga 
o‗tishiga yo‗l qo‗yadigan qarz majburiyatlari;

to‗lov summalari ma‘lum tovarlar narx indeksiga bog‗liq bo‗lgan 
indekslanadigan qarz majburiyatlari;

egalik qiluvchining tanlagan kursi bo‗yicha emitent aktsiyasiga 
almashadigan konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar; 

egalariga nominal qiymatidan yuqori narxlarda sotish imkonini beradigan 
mukofotli ―put‖ optsionlar bo‗yicha konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar. 
Kapital bozorini to‗g‗ri faoliyat yuritishi ilg‗or iqtisodiyotning iqtisodiy 
xususiyati hisoblanadi. Kompaniyalar kapital bozoridan mablag‗lar jalb qilishida, 
ular uchun investorlar munosib ravishda faoliyat yuritishida zarur bo‗lgan 
kompaniya to‗g‗risidagi ma‘lumotlarga ishonchlari muhim hisoblanadi. Aks xolda, 
ushbu ishonchni bo‗lmasligi bozor faoliyatini buzilib ketishiga olib kelishi 
mumkin. Bunga yaqqol misol tariqasida, AQSh yuz bergan Buyuk Depressiyani 
keltirib o‗tish mumkin. 1920- yillar mobaynida 50 mlrd.dollarga yaqin yangi 
qimmatli qog‗ozlar sotishga taklif qilingan bo‗lib, 1932- yilga kelib ushbu qimmatli 
qog‗ozlarning yarmi keraksiz bo‗lib qoldi. Kapital bozorga nisbatan jamoatchilik 
ishonchining keskin tushib ketdi, iqtisodiyotni tiklash uchun ijtimoiy ahloqni 
tiklash shartligini hukumat tushunib yetdi. Bir necha muhokamalardan so‗ng, 
1933- yilda Kongres tomonidan ―Qimmatli qog‗ozlar to‗g‗risida‖ gi qonun qabul 
qildi. Mazkur qonunning asosiy maqsadi firmalardan o‗z biznesi haqida 
jamoatchilikka to‗g‗ri ma‘lumot berishni hamda broker, dillerlardan ayirboshlashda 
investorlarga nisbatan adolatli bo‗lish talab qilinadi
274

Xalqaro moliya bozorini tartibga solishning umumiy usullari bozor agentlari 
hulq-atvoriga, uni kon‘yunkturasiga, bozorning barcha sektorlarini strukturasi va 
o‗zaro balanslashuviga, yagona bozor doirasida bu sektorlarni o‗zaro ta‘siri va bir-
biriga o‗tishiga ta‘sir o‗tkazadi.

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish