294
Resolution, BRRD) hamda depozitlarni sug‗urtalash haqidagi direktivalarga
asoslanishi shart bo‗ladi.
Mustaqil Bank Komissiyasi (Ser John Vickers raislik qilgandan so‗ng, Vickers
Kommisiyasi nomi bilan ma‘lum) tuzilmaviy va notuzilmaviy islohotlarga
bog‗langan Buyuk Britaniya bank tarmog‗ini moliyaviy barqarorligi va
raqobatbardoshligini rag‗batlantirish maqsadida tashkil etilgan. 2011- yil
12-
sentyabrda, ba‘zi amalga oshirishi mumkin bo‗lgan quyidagi islohotlarni
hisobotida chop etgan
290
:
- chakana bank faoliyati ulgurji va investitsion bank faoliyatidan ajratilgan
bo‗lishi;
- bitta bankning turli turli filiallarining boshqaruvi va yuridik maqomlari
alohida bo‗lishi;
- tizimli muhim moliyaviy institutlar va yirik chakana bank operatsiyalari
bo‗yicha kapitalning aktivlardagi ulushi minimum 10 % bo‗lishi shart;
- kelajakdagi ehtimoliy yo‗qotishlarni qoplash imkoniyatini
oshirishga imkon
beruvchi zahira kapitali va qarz mablag‗larini mavjudligi;
- risk menejmentida ichki imkoniyatlardan kelib chiqish, ya‘ni chakana
banklar uchun murakkab bo‗lmagan, lekin ulgurji va investitsion banklar uchun
murakkabligicha qolishi kerak.
Ushbu islohotlar qiymati Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga yillik o‗rta hisobda 1
mlrd.
£
dan 3 mlrd.
£
gacha tushmoqda, bu esa
taxminan moliyaviy inqiroz
oqibatlarida
iqtisodiyotda
yo‗qotilgan
mablag‗larning
yillik
(40 mlrd.
£
)
summasiga teng. Mazkur islohotlar 2019- yilgacha davom etishi ko‗zda tutilgan.
Davlat tomonidan qo‗llab–quvvatlanadigan bank faoliyatini muhofaza qilish,
qayta kapitallashuv dasturlari, likvidlilikni ta‘minlash hamda kreditni kafolatlash
sxemasi moliyaviy inqiroz sharoitida belgilandan so‗ng, banklarni foydalanishi
davom ettirilgan biznes modellar va ularni qanday tartibga
solinish borasida turli
siyosiy xavotirlar keng tarqaldi. Keng ko‗lamda bank faoliyatini muhofaza qilish
―muvaffaqiyatsizlikka uchrashda juda katta‖ yoki ―muvaffaqiyatsizlikka uchrashda
juda ham tizimli muhim‖ tushunchasining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlari borasida
jiddiy xavotirlar yuzaga keldi. Buyuk britaniyaning Northern Rock kabi ba‘zi
kichik banklari xatardan muhofaza qilindi, chunki uni moliyaviy tizimda muhimligi
siyosatchilar tomonidan anglab yetildi. Siyosatchilar uchun dolzarb muammo bu
bank mablag‗lari hajmi bo‗yicha cheklovlar, ularning o‗sishi yoki pul mablag‗lari
jamlanishi bo‗yicha o‗rnatilishi kerak yoki banklar tomonidan erishilayotgan
muvaffaqiyatsizlikka uchrashda juda katta yoki tegishli holatidan kelib chiqayotgan
ma‘naviy xavf–xatarlarni kamaytirish bo‗ldi.
Milliy hukumatlar qoidalariga qo‗shimcha
ravishda, Yevropa komissiyasi
inqiroz holatlari bo‗yicha ba‘zi qoidalarni ishlab chiqdi. Bularga
291
:
-
bank tarmog‗iga davlat yordam qoidalarini joriy etish;
-
bankni kuchsizlantirgan aktivlarini yaxshilash;
-
moliyaviy institutlarni qayta kapitallashtirish;
290
Global Financial Markets./7 the edition. Stephen Valdez & Philip Molyneux. Palgrave McMillan, 2013. 141r.
291
Global Financial Markets./7 the edition. Stephen Valdez & Philip Molyneux. Palgrave McMillan, 2013. 127r.
-
banklar faoliyatini qayta tartib solishni ta‘minlash;
Banklar va boshqa moliyaviy institutlarni tartibga solishning asosiy sabab bu
bank inqirozlari tebranishidir. Laevan va Valencia (2008) tomonidan o‗tkazilgan
so‗rov natijalari shuni ko‗rsatdiki, 1970–2007 yillar davomida:
a.
101 mamlakatda 124 ta tizimli bank inqirozi yuzaga kelgan;
b.
inqirozlar muntazam ravishda bir xil mamlakatlarda yuzaga kelgan
(jumladan 19 mamlakatda bir martadan ortiq bank inqirozi kuzatildi, misol uchun
Argentinada 4 marta, Meksikada 2 marta va AQShda 2 marta);
c.
bank inqirozlari juda ham katta moliyaviy harajatlarga sabab bo‗lgan (misol
uchun Argentinada YaIMning 75% , Chilida YaIMning 36%,
Xitoyda YaIMning
18%, Janubiy Koreyada YaIMning 31%, Indoneziyada YaIMning 57% va
Meksikada YaIMning 20% miqdorida bo‗lgan);
d.
bank inqirozlari ko‗pincha ishlab chiqarishdagi katta yo‗qotishlar bilan
bog‗langan (misol uchun, ishlab chiqarish tendensiyasidagi yo‗qotishlar
Argentinada 73% ga, Chilida 92% ga, Xitoyda 37% ga, Finlandiyada 59% ga va
Shvetsiyada 31% ga yetgan).
Moliyaviy institutlar va bozorlarda ko‗p muammolar o‗xshash asosiy manbaga
ega bo‗lishi
Do'stlaringiz bilan baham: