Torontoda 2010- yil iyun oyida bo‗lib o‗tgan sammitda esa moliyaviy sektorni
tartibga solish va nazorat qilishdagi islohatlarning bazaviy printsiplari kelishib
olingan bo‗lib, bularga quyidagilar tegishli:
Bazel kelishuvlarini qayta ko‗rib chiqish doirasida banklar tizimi
barqarorligini mustahkamlash;
moliyaviy vositachilar, birinchi navbatda yashirin bank sektorini faoliyatini,
shuningdek, yangi moliyaviy insturmentlar, jumladan derivativlarni tartibga
solishni kuchaytirish va shafofligini oshirish;
tizim uchun muhim moliyaviy institutlariga (bank, bank guruhlari, sug‗urta
kompaniyalari va moliya bozorini infrastrukturaviy tashkilotlari) nisbatan
siyosatning o‗ziga xosligi;
moliyaviy siyosatni, shu jumladan, ofshor yurisdiktsiyalar va o‗zaro
nazoratni xalqaro baholashdagi shafoflik (peer reviews).
Bazel III talablariga ko‗ra, 2019- yilga umumiy kapitalning yetarlilik
koeffitsienti 8% ni, kapitalni saqlash buferi bilan hisobga olganda esa – 10,5% ni
tashkil etishi shart. Bazel III ning yangi talablariga ko‗ra banklardan sezilarli
darajada o‗z kapitali miqdorini oshirishlari talab etiladi. BIS bahosiga ko‗ra, eng
yuqori moliyaviy davrda global tizim uchun muhim banklar (
G-SIV
) kapitalining
yetarlilik koeffitsienti 12 %ga teng miqdordan kam bo‗lmagan bo‗lishi majbur
etiladi
279
. Qisqa muddatli likvidlik koeffitsienti
LCR
(
liquidity coverage ratio)
280
asta-sekinlik bilan 2015- yilda belgilangan me‘yor 60 % dan 2019- yil 1- yanvarga
100 % gacha oshirish kerak bo‗ladi.
Likvidlikning boshqa ko‗rsatkichi–uzoq muddatli sof moliyalashtirish
koeffitsienti
NSFR (net stable funding ratio
) 2018- yil 1- yanvarga majburiy
me‘yor qilib belgilanib, bankni muddatlar bo‗yicha likvidlikni uzilishini bartaraf
etish ta‘minlashga qaratilgan. U butun bank balansi, shu bilan birga balansdan
tashqari
operatsiyalarga
ham
ta‘luqli
bo‗lib,
banklar
tomonidan
moliyalashtirishning yanada barqaror manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini
kengaytiradi.
Bazel III kelishuv talablari asta-sekni 2013- yil yanvar oyidan amalga kiritish
lozim bo‗lib, yakuniy muddat 1 yanvar 2019- yil. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki,
2010- yilda Bazel ko‗mitasi a‘zolari tomonidan imzolangan va G20 sammitida
qo‗llab-quvvatlangan
bo‗lsada, bank nazoratini olib boruvchi milliy organlar uchun
majburiy hisoblanmaydi. Bazel Qo‗mitasining monitoring natijalariga ko‗ra,
2014- yil boshiga unga a‘zo–mamlakatlarni (27) barchasida kapital yetarlilik
bo‗yicha nazorat va tartibga soluvchi yangi normativlar amalga kiritilgan.
2014- yil oxiriga kelib, 27 ta a‘zo-mamlakatlardan 26 tasi likvidlik koeffitsienti
(LCR) bo‗yicha yakuniy yoki dastlabki qonun xujjat loyihalari tayyorlangan, 23 ta
mamlakatda leveridji koeffitsienti va G-SIFIs i D-SIFIs faoliyatini tartibga solish
bo‗yicha me‘yoriy hujjatlar chiqarilgan
281
.
279
BIS 82nd Annual Report. Basel, 24 June 2012 P. 214.
Do'stlaringiz bilan baham: