sinergetik samaraga erishishga
intilish
, ya’ni ikki yoki undan ortiq tashkilotlar aktivlarining o‘zaro
bir-birini to‘ldirib boruvchi ta’siri va uning birgalikdagi natijasi
bozorda alohida faoliyat yuritayotgan strukturalarning jami natijasidan
yuqori bo‘lishiga erishish. Sinergatik samaraning kelib chiqishi
quyidagilar bilan asoslanadi:
-
masshtabni iqtisod qilish;
65
-
o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi resurslarning birlashtirilishi;
-
transaksion harajatlarning qisqarishi hisobiga pul mablag‘larini
tejash;
-
bozordagi pozitsiyani mustahkamlash (monopoliyaga aylanish);
-
xarajatlarni tejash.
Qo‘shilish va yutilishning sabablaridan yana biri boshqaruv sifati
va samarasini oshirishga intilish hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, kam
samarali va boshqaruv tizimi sust bo‘lgan banklar va kompaniyalar
yutilishga yuz tutadi.
Soliq tizimi bilan bog‘liq sabablar ham ushbu jarayonlarga sezilarli
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yutilayotgan kompaniya ma’lum bir soliq
imtiyozlariga ega bo‘la turib, ba’zi sabablarga ko‘ra bu imtiyozlardan
to‘la-to‘kis foydalanmayotgan bo‘lishi mumkin.
Pul mablag‘lari oqimlarini stabillashuv va risklarni kamaytirish
bilan bog‘liq holda biznesni diversifikatsiyalash ham qo‘shilish va
yutilishning
sabablaridan
biri
hisoblanadi.
Bank
biznesida
to‘xtaladigan bo‘lsak, foizli daromadlarga ma’lum bir davriylik
xususiyati xos, shuning uchun “kredit” bank tomonidan daromad-
larning asosiy manbayini komission to‘lovlar tashkil qilgan maxsus
moliya muassasasiga ega bo‘lish daromadlilikka katta ijobiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
Ortiqcha resurslardan foydalanish imkoniyati ham muhim
sabablardan biridir. Masalan, yirik moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan,
biroq ba’zi bir sabablarga ko‘ra ularni joylashtirish imkoniyatlari
chegaralangan hududda joylashgan hududiy bank milliy masshtabda
faoliyat yuritayotgan yirik bank uchun yutilish obyekti sifatida qiziqish
uyg‘otishi mumkin.
Mutaxassislar tomonidan qo‘shilish va yutilishning sabablari
sifatida kompaniyaning bozor narxi va uni o‘rnini bosish bahosi
o‘rtasidagi farq mavjudligi ko‘rsatiladi. Bank amaliyoti haqida
gapiradigan bo‘lsak, ko‘p hollarda hududiy bankni sotib olib, uni
filialga aylantirish “noldan” filial ochishdan ko‘ra arzonroq bo‘lishi
namoyon bo‘ladi. Yana bir misol sifatida bank tomonidan protsessing
kompaniyasini sotib olinishini ham keltirish mumkin.
Asset-stripping (foyda olish maqsadida qismlarga bo‘lib qayta
sotish uchun kompaniyani sotib olish) kabi yutilish sababi ham
kompaniyani likvidatsion narxi uning bozor narxiga ko‘ra yuqoriligi
66
hisobiga amaliyotda ko‘p uchrayotgan sabalardan biri ekanligi
namoyon bo‘lmoqda.
Menejmentning shaxsiy sabablari ham mavjud: qo‘shilish va
yutilishning bunday sabablari yuqori menejmentning motivatsiyasi
kompaniya yoki bankning faoliyati natijalaridan ko‘ra ko‘proq uning
masshtablariga qaratilgan vaqtda vujudga keladi. Ma’lumki, yirik
kompaniya yoki bankni boshqarish albatta qiyinroq, ammo doim
“boshqarish qiyinligi uchun kompensatsiya” degan savol tug‘iladi.
2.
Strategik jihatlar.
Strategik jihatlar qo‘shilish va yutiish to‘g‘risida boshqaruv
qarorlarini qabul qilish uchun asos hisoblanadi. Makroiqtisodiy sharoit
va iste’molchilarning doimo o‘zgarib turuvchi va qiyinlashib boruvchi
talablariga
moslasha
olish
qobiliyati
biznesni
yashashi
va
rivojlanishining asosiy sharti hisoblanadi. Demak, agar kompaniya o‘z
faoliyati chegaralarini kengaytirmasa, yoki doimo o‘zgarib turuvchi
tashqi sharoitga moslasha olmasa, u o‘z kelajagini so‘rov beligisi
ostiga qo‘yayotgan bo‘ladi. O‘sish va rivojlanishga intilish ko‘p
hollarda u yoki bu biznesni yaratgan va rivojlantirgan tadbirkorlarning
ta’siri ostida yanada kuchayadi. Ishbilarmon korxonaning ko‘lami
ko‘pincha biznesning kuchli tomoni sifatida qaraladi, bozorda
yetakchilik qilish, daromadlarning barqarorligi, malakali menejerlarni
jalb qila olish imkoniyatlari bilan tenglashtiriladi. Tashqi aksionerlarga
ega bo‘lgan kompaniyalar uchun dividendlar va bir aksiyaga to‘g‘ri
keladigan foydaning o‘sishiga bo‘lgan talabning mavjudligi xosdir. Bu
masalalar ham tashqi sharoit ham ichki omillar ta’sirida
shakllanadigan strategiyada o‘z aksini topadi. Strategik opsiyalardan
biri bo‘lib qo‘shilish va yutilish hisoblanadi.
Yutilish yoki qo‘shilish jarayoni muvafaaqqiyatli amalga oshirilishi
uchun quyidagilar ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi zarur:
-
to‘liq shakllangan strategik fikrlash asosidagi strategik
yondashuvlar;
-
yutilish jarayonini amalga oshirish tartibini tanlash va maqsadini
tahlil qilish;
-
bitimni moliyaviy va tashkiliy jihatdan to‘g‘ri strukturaga
keltirish;
-
bitim amalga oshirilgandan keyingi boshqaruv tartibi va chora-
tadbirlari, shuningdek, yutilayotgan kompaniyaning integratsiyasi
67
jarayoni.
Qo‘shilish va yutilishga nisbatan asosiy strategik yondashuvlar
sifatida integratsiya va diversifikatsiyani ko‘rsatish mumkin.
Yutilish natijasida “yutayotgan” kompaniya yangi faoliyat turi
bilan shug‘ullanishni boshlaydi (diversifikatsiya) yoki o‘zining
an’anaviy biznesini yanada kuchaytiradi (integratsiya). Amaliyotda
ushbu ikki jarayon o‘rtasidagi chegara deyarli sezilmaydi, chunki
qo‘shilish yoki yutilish holatlari ham integratsiya ham diversifikatsiya
elementlarini o‘z ichiga oladi.
Ilmiy adabiyotlarda yutilish jarayoni vertikal va gorizontal turlarga
ajratib ko‘rsatiladi. Vertikal integratsiyada yutayotgan kompaniya
o‘zining ishlab chiqarish zanjirini kengaytiradi. Misol sifatida qog‘oz
ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rmon sanoati bilan
shug‘ullanadigan korxonani sotib olinishini keltirish mumkin. Bunday
holatda “yuqoriga yo‘naltirilgan” integratsiya sodir bo‘ladi, chunki bu
orqali kompaniya xomashyo manbalariga yanada yaqinlashadi.
Agarda qog‘oz ishlab chiqaruvchi kompaniya kanselyariya tovarlari
savdosi bilan shug‘ullanadigan do‘konlar tarmog‘ini sotib olsa, bunda
“pastga yo‘naltirilgan” integratsiya kuzatiladi, chunki bunda yakuniy
iste’molchiga
yaqinlashish
amalga
oshiriladi.
Vertikal
integratsiyalashgan tashkilotlarga an’anaviy misol sifatida yirik neft
ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni keltirish mumkin, ular neft
yetkazishdan boshlab to yoqilg‘ini o‘zlariga tegishli bo‘lgan yoqilg‘i
quyish stansiyalari orqali realizatsiya qilishgacha bo‘lgan barcha
operatsiyalarni amalga oshiradilar. Gorizontal integratsiyada yutuvchi
kompaniya
o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini oshiradi,
texnologiyalarini takomillashtiradi va savdo tarmoqlarini kengaytiradi.
Qo‘shilish va yutilish jarayoni olti bosqichdan iborat bo‘ladi.
Birinchi uchta bosqich qo‘shilish va yutilishni rejalashtirish jarayonini,
qo‘shilish va yutilishning potensial obyekti bo‘yicha tahliliy ishlarni
olib borish, qo‘shilish va yutilish to‘g‘risida muzokaralar olib borish va
zaruriy bitimni tayyorlash va imzolash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi uchta bosqich bu loyihani amaliy jihatdan amalga oshirishdir.
Banklarni qo‘shilish yoki yutilish ko‘rinishida qayta tashkil etish
uchun bir qator omillar sabab bo‘ladi. Qo‘shilish va yutilish
sabablarini aniqlash juda muhim, chunki aynan shu sabablar ikki yoki
undan ortiq bankning birlashishi natijasida uning qimmatroq bo‘lishi
68
sabablarini aks ettiradi. Shuni ta’kidlash joizki, ko‘pchilik qo‘shilish
va yutilish holatlarining asosiy maqsadlaridan biri bu birlashgan
banklarning kapitallashgan bahosini oshirish hisoblanadi.
Yutilish holatida yutayotgan bank moddiy va nomoddiy aktivlarga
ega bo‘ladi, shuningdek bankning tashkiliy strukturasini ham egallab
oladi. Moliya nazariyasi nuqtayi nazaridan qaraganda qo‘shilish va
yutilish holatlari bu oddiy investitsion qaror hisoblanadi va unda biror
bir bank boshqa bankning jami aktivlariga ega bo‘lish evaziga ma’lum
bir summani to‘laydi (yoki bankrot bankni olayotgan holatda uning
zarari va majburiyatlarini o‘z bo‘yniga oladi). Demak, qo‘shilish ham
boshqa investitsion qarorlar kabi bankning sof joriy qiymatini
oshirishga qaratilgan holatdagina amalga oshirilishi zarur.
Endi banklarni tugatish tartibini o‘rganib chiqamiz. Bank ixtiyoriy
yoki majburiy ravishda tugatilishi mumkin. Bunda Markaziy bank
tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan
litsenziya chaqirib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |