48
boshqarmalarida va boshqa organlarda bankni tashkil etish yuzasidan
ularning manfaatlarini ifoda etishga vakil qilingan shaxsni
belgilaydilar. Uning vakolatlari ta’sis shartnomasi bilan tasdiqlanadi.
Markaziy
bankning
hududiy
Bosh
boshqarmalari
bank
muassislarini bank tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan zarur qonun
hujjatlari bilan ta’minlaydilar.
1.
Tayyorgarlik bosqichi.
Bu davrda bank muassislari o‘rtasida
bank tashkil etishga
kelishiladi, tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav
kapitaliga qo‘shilgan ulush miqdori belgilab olinadi, bankning ta’sis
hujjatlari majmui tayyorlanadi, bankning nomi aniqlanadi, ta’sischilar
o‘rtasidagi kelishuvlar dastlabki shartnoma tarzida rasmiylashtiriladi,
uning asosida ta’sis shartnomasi tuziladi (FKning 43-moddasi,
O‘zbekiston Respublikasi «Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari
haqida»gi qonunning 3-moddasi) aksiyadorlik
tijorat banklarining
muassislari bank davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar yuzaga kelgan
majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo‘ladilar.
Muassislar tomonidan ta’sis shartnomasi imzolanganidan so‘ng bir
oy mobaynida Markaziy bankka bankni ochish uchun dastlabki
ruxsatni berish to‘g‘risidagi arizani taqdim etadilar.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1)
muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan
(agar muassis yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs bo‘lsa)
tasdiqlangan ta’sis shartnomasi (uch nusxada, ularning bittasi asl
nusxa). Jismoniy shaxslarning imzolari va ta’sis shartnomalarining
nusxalari notarial idora tomonidan tasdiqlanadi (yagona muassislar
bundan mustasno);
2)
muassislar tomonidan tasdiqlangan
va bank kengashi raisi
tomonidan imzolangan bank ustavi (uchta asl nusxada);
3)
ta’sis yig‘ilishining uch nusxada tayyorlangan bayonnomasi.
Bu hujjatda bankni tashkil etish, ustav kapitali miqdori, bank ustavi va
biznes-rejani tasdiqlash, bank kengashi, boshqaruvi va taftish
komissiyasini saylash to‘g‘risidagi qarorlar bo‘lishi lozim. Bayonnoma
nusxalari bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi;
4)
muassislar to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar;
5)
tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh
yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan muassislar qo‘shimcha
49
ravishda ariza taqdim qilingunga qadar oxirgi besh yil mobaynida sud
yoki davlat organlari tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan barcha
jazo choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Markaziy bank zarur hollarda
mazkur kichik banda keltirilgan ma’lumotlarni
tashkil etilayotgan bank
ovoz beruvchi aksiyalarining besh foizidan kam bo‘lgan ulushiga
egalik qiladigan muassislardan ham talab qilishga haqli;
Bankni tashkil etish uchun dastlabki ruxsatni berish
Litsenziyalash departamenti bir oy muddat ichida muassislar
taqdim etgan hujjatlar to‘plamini mazkur Nizom talablariga
muvofiqligi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqadi.
Notarius tasdig‘idan o‘tkazilishi talab qilinmaydigan va hajmi bir
varaqdan ko‘p bo‘lgan hujjatlar alohida yig‘majild shaklida tikilgan
bo‘lishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlar to‘plami to‘liq jamlansa va mazkur Nizom
talablariga muvofiq kelsa, Litsenziyalash
departamenti Markaziy
bankning Kredit tashkilotlarini ro‘yxatga olish va litsenziyalash
komissiyasiga bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni berish
to‘g‘risidagi masalani kiritadi, aks holda hujjatlar to‘plami qaytarish
sababi va qancha muddat ichida hujjatlarni takroran taqdim etish
mumkinligi ko‘rsatilgan holda qaytariladi.
Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etish muddati o‘n
besh ish kunidan oshmasligi lozim. Ushbu muddatdan kechikib taqdim
etilgan hujjatlar yangidan taqdim etilgan hisoblanadi. Muassislar
tomonidan takroran taqdim etilgan hujjatlarni
qayta ishlash uchun
ketgan vaqt hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun belgilangan muddatga
kirmaydi.
Dastlabki ruxsatni berish to‘g‘risidagi qaror barcha zarur hujjatlar
ilova qilingan ariza taqdim etilgan kundan boshlab uch oydan
kechikmagan muddatda qabul qilinadi.
Markaziy bankning dastlabki ruxsati muassislar moliyaviy
imkoniyatlari va obro‘si, biznes-reja, kapital tarkibi,
moliya rejasi
hamda tegishli bank binolari va jihozlari bilan ta’minlash
imkoniyatlarini baholash asosida beriladi.
Dastlabki ruxsat olinganidan keyin muassislar bankni ro‘yxatga
olish va litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-texnik va boshqa
tadbirlarni amalga oshiradilar. Bank boshqaruvi raisi va bosh
buxgalteri nomzodlarini tanlanib, Markaziy bankning roziligini olish
50
uchun taqdim etiladi. Dastlabki ruxsatning olinishi litsenziya
berilishini kafolatlamaydi.
Markaziy bank tomonidan berilgan dastlabki ruxsat u olingan
kundan boshlab olti oydan oshmaydigan muddat davomida o‘z yuridik
kuchini saqlab qoladi.
Quyidagi hollarda dastlabki ruxsat amal
qilish muddatidan oldin
bekor qilinishi mumkin:
muassislar yoki bankning rahbar xodimlari tarkibida Markaziy
bank talablariga javob bermaydigan o‘zgarishlarning yuz berishi
yoki yangi ishtirokchilar va bankning rahbar xodimlariga beriladigan
rezyume, shaxsiy balans qaydnomasi, biznes- rejaning va yirik
muassislar yoki rahbarlarga taalluqli bo‘lgan holatlarning o‘zgartiril-
gan qismining taqdim etilmasligi;
bank mulkiy-huquqiy shaklining o‘zgarganligi, biznes-rejadagi
va kapitaldagi muayyan tarkibiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi;
muassislar yoki ular bilan bog‘liq shaxslar moliyaviy ahvolining
yomonlashishi; bankni boshqarish xavfsiz va barqaror bo‘lmasligini
ko‘rsatuvchi holatlarning ma’lum bo‘lishi;
qonun hujjatlarini buzganligi
uchun jinoiy javobgarlikka
tortilganligining aniqlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: