Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


mikrokredit tashkilotlari



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/58
Sana21.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#832014
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Bog'liq
ARM BAnk ishi darslik печатга

mikrokredit tashkilotlari
, eng avvalo, kichik biznes va 
xususiy 
tadbirkorlik 
subyektlariga 
mikromoliyaviy 
xizmatlar 
ko‘rsatuvchi, jumladan, ma’lum shartlarda mikrokredit va mikroqarz 
beruvchi tashkilotlar hisoblanadi. 
Mikromoliyalash 
va 
mikromoliyaviy 
xizmatlar 
bozorining 
rivojlanish evolyusiyasi o‘tgan XX asrning o‘rtalarida aholining kam 
daromadli qatlamlariga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi 
dastlabki sa’y-harakatlar ushbu xizmatlardan foydalanishning pirovard 
maqsadlari bilan bog‘langan. Xususan, XX asrning 50–70-yillarida 
davlat idoralari va donor tashkilotlar mayda va kam ta’minlangan 
fermerlarning ish unumini hamda daromadlilik darajasini oshirish 
umidida ularga subsidiyalangan qishloq xo‘jalik kreditlarini berib 
kelganlar. 
1980–1990-yillarda mikrokreditlar asosan aktivlarga ega bo‘lish va 
ularni jamg‘arish, oilalarning daromadini va turmush darajasini oshi-
rish uchun kam ta’minlangan tadbirkorlarga qarz berishdan iborat edi. 
Mikrokredit oluvchilarning aksariyat qismi esa, ayollardan iborat 
bo‘lib, ular uchun mikrokreditlash ayniqsa samarali vositaga aylangan. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga mikromo-


39 
liyaviy xizmatlar ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirishning nazariy 
va amaliy jihatlari iqtisodiy adabiyotda chuqur tadqiq qilingan. 
Mikromoliyalashning kelib chiqish tarixi XIX asrning 40-yillarida 
Germaniya qishloq xo‘jaligida yuz bergan tanglik holatidan (og‘ir 
iqlim sharoitining yuzaga kelishi va hosildorlik bo‘lmaganligi) 
boshlandi va o‘sha davrda Fridrix Rayfayzen tomonidan Veerbush 
shahrida Yevropada birinchi bor “Xlebniy soyuz” o‘zaro yordam 
kassasi tashkil etildi. XX asrning 50–70-yillarida ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasi sust bo‘lgan mamlakatlarda davlat organlari va 
donor tashkilotlari kichik va kam ta’minlangan fermerlarga ularning 
mehnat unumdorligi va daromadlari darajasini oshirish umidida 
subsidiyalashtirilgan qishloq xo‘jalik kreditlari berishni boshlagan. 
1970-yillardan so‘ng rivojlanayotgan mamlakatlarda kam ta’min-
langan aholi qatlamiga kichik hajmdagi kreditlar berish va boshqa 
maslahat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha eksperimentlar o‘tkazildi. 
Guruhli kreditlash uslubiyotiga asoslangan birinchi mikrokreditlash 
dasturi Bangladeshda 1976-yilda prof. M.Yunus (Nobel mukofoti 
sohibi, 2006-y.) boshchiligidagi “Gramin” banki orqali amalga oshirildi 
va shu yilni mikromoliyalashning tug‘ilgan yili, deb nomlash mumkin. 
Xalqaro Nobel mukofotining laureati, prof. M.Yunus tomonidan 
mikromoliyaviy xizmatlarning nazariy, uslubiy asoslari ishlab 
chiqilgan va Bangladeshning Gramin banki amaliyotiga joriy etilgan. 
Mikrokredit 
tashkilotlari faoliyatining tub asoslari M.Yunus 
tomonidan yaratilgan. Uning fikriga ko‘ra, nisbatan yuqori foiz 
stavkalarini aholining o‘rta qatlamiga nisbatan qo‘llash lozim, 
kambag‘allarga beriladigan mikrokreditlar esa, imtiyozli bo‘lishi zarur. 
Ular mikrokreditlar yordamida kambag‘allik balosidan qutuladilar, 
undan keyin esa, banklar va mikromoliyalash tashkilotlari ularni o‘rta 
tabaqaga mansub mijozlar bilan umumiy shartlar asosida kreditlashlari 
mumkin. 
Bizning fikrimizcha, M.Yunusning mikromoliyaviy xizmatlar 
bo‘yicha amaliyotga tatbiq etilgan taklifi qo‘llanilishi o‘tish iqtiso-
diyoti mamlakatlarida ushbu xizmat turlarini takomillashtirishning 
zaruriy sharti hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, 
mikrokreditlarni asosan aholining kam ta’minlangan qatlamlari oladi. 
Ularning daromad darajasi past bo‘lib, yuqori foiz stavkalaridagi 
mikrokredit va mikrolizing xizmatlaridan foydalanish imkoniyati 


40 
cheklangan. Ikkinchidan, aholining kambag‘al qatlamlari va endi 
tadbirkorlik faoliyatini boshlagan kichik biznes subyektlari yuqori 
likvidli garov obyektlariga ega emas. Bu esa, mikromoliyaviy 
xizmatlar hajmini oshirishga jiddiy to‘sqinlik qiladi. 
Iqtisodchi olim D.Tajibayeva ilmiy ishida mikrokreditlash ama-
liyotining qonunchilik asoslarini takomillashtirish, ularga davlat 
tomonidan moliyaviy imtiyozlar berish bo‘yicha qator ilmiy taklif va 
amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. D.Tajibayevaning ilmiy izlanish-
larida, aynan, mikrokredit tashkilotlarining mikrokreditlar berish 
amaliyotini takomillashtirish masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan. 
Iqtisodchi olim B.Mamatovning «Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik 
subyektlarini 
mikromoliyalash 
amaliyoti 
va 
uni 
takomillashtirish» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirishda 
mikrokredit tashkilotlarining roli tadqiq qilingan va O‘zbekistonda 
mikrokredit tashkilotlari faoliyati taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan 
taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
Xorijlik 
iqtisodchilardan 
D.Savinovaning 
fikricha, 
kichik 
tadbirkorlikni kreditlash bozorining har bir bosqichi uchun alohida 
kredit xizmati ko‘rsatish zarur. U mazkur bozorning uch bosqichi 
bo‘yicha uch xil kredit xizmatini taklif etadi, jumladan: 

yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega 
bo‘lgan kichik biznes subyektlariga minimal miqdorda mikrokreditlar 
berish; 

kichik biznes subyektlariga kapital qurilish va asosiy vositalar 
sotib olish uchun limit asosida, bir marotabali kreditlash hamda kredit 
yo‘nalishini ochish yo‘li bilan kreditlash shaklida, cheklovlar limitlar 
belgilash orqali o‘rta va uzoq muddatli kreditlar berish; 

kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga aylanma kapitalni 
to‘ldirish maqsadida overdraft shaklida yoki kredit yo‘nalishlari ochish 
orqali kreditlar berish
1

Ayrim iqtisodchi-olimlar mikromoliyalashni kredit tarixi mavjud 
bo‘lmagan, 
garov 
ta’minoti 
yetishmagan, 
an’anaviy 
bank 
xizmatlaridan foydalanishga imkoniyati bo‘lmagan tadbirkorlarga, 
mijozlarning ma’lum guruhiga kichik hajmdagi kreditlar taqdim etish 
borasidagi 
faoliyat 
sifatida 
e’tirof etadilar, mikromoliyaviy 
munosabatlarning ijtimoiy roliga esa alohida e’tibor qaratiladi, 


41 
shuningdek, mikromoliyalashni mikrokreditlash sifatida tushunib, 
uning 
yuqori 
miqdori 
qonun 
hujjatlari 
bilan 
belgilanishini 
ta’kidlaydilar. Masalan, A.Tayev fikricha: “mikromoliyalash – bu 
ijtimoiy tengsizlikni qisqartirishga yo‘naltirilgan, an’anaviy bank 
xizmatlariga imkoniyati yetmagan kichik tadbirkorlik subyektlari va 
jismoniy shaxslarga kichik hajmdagi, ya’ni 500-1000 AQSH dollari 
miqdorida beriladigan kreditlar tushunilib, uning asosiy xususiyati 
kredit tarixi mavjud bo‘lmagan, garov ta’minoti yetarli bo‘lmagan 
mijozlarga xizmat ko‘rsatilishidir”. 
T.Minakova tadqiqotlarida “mikromoliyalash - mikrokreditlashni 
anglatib, kichik biznesni, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun past foiz stavkalar asosida kichik hajmdagi 
kreditlarni garovsiz taqdim etishdir”, deb tariflangan
3

Jahon tajribasida mikrokreditlashda qo‘llaniladigan uslubiyotga 
ko‘ra (1-jadval) yakka tartibda kreditlash, odatda, tijorat banklari 
tomonidan qo‘llaniladigan usulning yangi ko‘rinishidir. Bu jarayonda 
olinadigan qarzlar mol-mulk bilan kafolatlanadi, mijozlarning kredit 
tarixi va ularga berilgan tavsiyalar tekshiriladi, qarz berishda 
ta’minlanayotgan biznesning hayotiyligi, istiqboli sinchiklab o‘rganil-
gandan so‘ng kredit beriladi. Mikrokredit tashkilotlari mijozlar bilan 
o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga harakat qiladi. Mazkur 
uslubiyotning odatdagi kreditlashdan farqi unda maslahat berish va 
o‘rgatish kabi vositalarning mavjudligidir. Guruh bo‘lib kreditlash 
uslubiyotiga ko‘ra, bank xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar 
kredit guruhi zimmasiga yuklanadi, uning shakllanishi mikrokredit 
tashkiloti xodimining tashabbusiga ko‘ra yuz beradi. Guruh mijozlarni 
o‘zi tekshiradi va uning tarkibiga kim kirishi mumkinligini o‘zi hal 
etadi. Guruh a’zolari bir-birining biznesini va kreditni qaytarish 
imkoniyatlarini baholashadi, kreditlash asta-sekin ko‘payuvchi, uncha 
katta bo‘lmagan miqdorda qarz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, 
guruh a’zolarining har biri olingan qarzni qaytarish yuzasidan javobgar 
bo‘ladi, qarzni qaytarish muddati buzilganda yoki to‘lanmasa, guruh to 
qarzini 
tamoman 
uzmagunicha 
navbatdagi 
kreditni 
olish 
imkoniyatidan mahrum etiladi. Amaliyotda mikrokredit tashkilotlarida 
guruhlarga qarzning hamma qismini berish usuli ham qo‘llaniladi va 
guruh qarzni a’zolariga qay tartibda berishni o‘zi hal etadi. 
O‘zbekiston Respublikasida aholi va xo‘jalik yurituvchi 


42 
subyektlarning mikromoliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini 
qondirishda tijorat banklari bilan birga nobank kredit tashkilotlarini 
ham o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda. Bu borada so‘nggi davrlarda 
keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 15-sentyabrdagi 50-sonli 
“Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, 2006-yil 20-sentyabrdagi 53-sonli 
“Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunlari va ularga 
asoslangan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan 2006-yil 
7-oktyabrdagi 
№24/4 “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi 
to‘g‘risida”gi me’yoriy hujjatlar nobank kredit tashkilotlari uchun 
zarur huquqiy mexanizmni yaratib, ular sonini tez sur’atlarda o‘sishiga 
xizmat qilmoqda. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish