36
qo‘yilgan buyum lombard tashkilotlari mulkiga aylanadi va lombard
tashkilotlari qo‘yilgan buyumlarni sotishga haqli. Shuningdek,
lombard tashkilotlari qimmatbaho uy- ro‘zg‘or buyumlarini saqlab
berish uchun ham qabul qiladi. Lombard
tashkilotlariga buyumlar
faqat mablag‘ olish uchun emas, ba’zan mazkur buyumning ishonchli
saqlanishini ta’minlash uchun ham qo‘yiladi. Buyumlarni garovga
qo‘yib kredit berish birinchi marta 15-asrda Italiyaning Lombardiya
viloyatidan chiqqan sudxo‘rlar tomonidan joriy etilgan ("lombard"
so‘zi ham shundan kelib chiqqan). Lombard tashkilotlarning mijozlari
bular-asosiy kredit bozorlaridan mablag‘ olish imkoniyatiga ega
bo‘lmagan hamda kreditni qaytarish salohiyati past bo‘lgan mijozlar
hisoblanishadi
Mazkur nobank tashkilot ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo‘lib,
asosiy faoliyati fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida
qisqa muddatli kreditlar berish va buyumlarni saqlash bilan shug‘ul-
lanadi. Lombard tashkilotlari ixtisoslashganlik darajasiga qarab
qimmatbaho
metallar, maishiy vositalar, zargarlik
buyumlari, soatlar,
antikvar buyumlar, avtotransportlar va h.k ni garov sifatida qabul
qiladi. Buyumlarning bahosi ikki tomonning kelishuvi asosida
belgilanadi. Banklar-pulga muhtoj bo‘lganlarga mablag‘ (kredit)
bermasligi tufayli, mijozlar Lombard tashkilotlariga murojaat qiladilar.
Bunga sabab, banklar jismoniy shaxslarga kredit berishlaridan oldin
mijozlarning kreditga layoqatlilik darajasi o‘rganiladi.
Lombard
tashkilotlarida esa mazkur kriteriya mavjud emas.
Qarzdor o‘z buyumini qonunda yoki shartnomada belgilangan vaqt
oralig‘ida qaytarib olishi mumkin. Bunda olingan qarz summasiga
Lombard tashkilotlari tomonidan belgilangan foiz stavkalarini
qo‘shish asosida qaytarib sotib olish summasi belgilanadi. O‘z
vaqtida
qaytarib
olinmagan
buyumlar
savdo
va
auksionda
realizatsiyaga qo‘yiladi.
Garov evaziga kredit berish birinchi marta Fransiyadan XV asrda
olibsotarlar tomonidan ta’sis etilgan. Ular Lombardiya shahridan
bo‘lganlar, shu orqali «lombard» so‘zi kelib chiqqan. Cherkovlar
aholini past tabaqali qatlamini pul bilan ta’minlash maqsadida,
garovga buyum qo‘yish g‘oyasini ilgari surgan.
Aynan cherkovlar
ssuda stavkasini 5% gacha kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan. Ilk
lombard tashkilotlari uchun pul xayriya ishlari orqali to‘plangan.
37
XVI asrda ilk bor munitsipial lombard tashkilotlari paydo bo‘ldi
(Nyurnbergda). Ularning ham asosiy funksiyalaridan biri aholini past
tabaqali qatlamini ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashdan iborat bo‘lgan. Tilla
taqinchoq bezaklari uchun berilgan pullar aholini o‘sha vaqtda
ochlikdan, ochlik tufayli yuzaga keladigan o‘g‘irlik va qonun
buzarliklardan saqlab turgan. O‘sha vaqtlarda xususiy lombard
tashkilotlari o‘zining egasiga juda katta mablag‘ keltirgan, chunki hali
lombard tashkilotlari faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinmagan.
Buning natijasida bu sohada o‘zboshimchalik hukm surgan. Lombard
tashkilotlari egalari shunchalik ko‘p pul mablag‘iga ega bo‘lganidan,
yuqori tabaqali shaxslar ham lombard tashkilotlari xizmatidan
foydalanishgan. Hattoki, davlat boshliqlari harbiy faoliyatni amalga
oshirish uchun lombard tashkilotlaridan qarz olgan. Ayniqsa,
bunda
taniqli Prussiya podshosi Fridrix mashhur bo‘lgan. Shuningdek,
Xristofor Kolumb ekspeditsiyasini amalga oshirish uchun Ispaniya
qirolichasi o‘z tojini lombard tashkilotlariga qo‘ygan. Sekin-asta
lombard tashkilotlari universal bo‘lib bordi.
O‘rta Osiyoda 1913-yil 26-sentabrda Toshkent shahrida birinchi
Lombard tashkilotlari ochilgan.
Garov predmeti jihatidan lombard tashkilotlari quyidagilarga
bo‘linadi:
1)
Zargarlik buyumlari Lombardi – Garov sifatida turli xildagi
zargarlik buyumlari, ya’ni qimmatbaho metallar, zeb-ziynatlar,
qimatbaho toshlar, tilla idishlar va antikvar buyumlar qabul qilinadi.
Ularning bahosi lombard ekspertlari tomonidan o‘rnatiladi. Aholiga
qimmatbaho metal va toshlar evaziga yoki ularni saqlab bergani uchun
qisqa muddatli qarz beradi;
2)
Avtolombard – oxirgi yillarda eng mashhur Lombard tashkilot-
lari turlaridan hisoblanadi. Garov sifatida avtomobildan foydalaniladi.
Uning xususiyati shundan iboratki, qarz oluvchi avtomobilining 90%
miqdordagi summasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uning asosiy
shartlaridan biri avtomobil qarz oluvchining shaxsiy mulki bo‘lishi
kerak.
Lombard tashkilotlariga qo‘yish huquqini beruvchi shaxsdan
ishonchnoma taqdim qilishi shart. Aholiga
avtomobil evaziga qisqa
muddatli qarz beradi;
3)
Maishiy vositalar lombardi – garovga olinayotgan texnika
38
sozlangan bo‘lishi yoki qayta ta’mirlash imkoniyatiga ega bo‘lishi
kerak.
Bundan tashqari, u yetarli darajada qimmatbaho va ayni vaqtda
judayam katta hajmga ega bo‘lmasligi lozim. Lombard tashkilotlari
hududida saqlash imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak.
1)
Universal lombard tashkilotlar – qonunchilik asosida turli
xildagi buyumlarni qabul qiladi. Aholiga qonunchilik asosida qisqa
muddatli qarz beradi;
2)
Ixtisoslashgan lombard tashkilotlari –
Bunda aynan bir turdagi
tovarlarni qabul qilishni afzal bilishadi Masalan , faqat tilla va
zargarlik buyumlari, qimmatbaho soatlar yoki antikvar buyumlar.
Aholiga qonunchilik asosida aynan bir turdagi tovarlar evaziga qisqa
muddatli qarz beradi;
Faoliyati litsenziyalanganligi jihatidan:
1)
Litsenziyalangan lombard tashkilotlari.
2)
Litsenziyalanmagan lombard tashkilotlari.
Qimmatbaho toshlar va metallar bilan bog‘liq lombard tashkilotlari
uchun litsenziya muhim hisoblanadi.
Ma’lumki,
Do'stlaringiz bilan baham: