2.
Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi.
Bu bosqich uch davrni o‘z ichiga oladi:
Bank ochish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankiga murojaat qilish. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar
ilova qilinishi kerak:
- yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha hujjat;
- muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan
hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis
etuvchilar jismoniy shaxs bo‘lganlarida ularning imzolari notarial
tasdiqlanadi;
- muassis aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va
muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi;
- bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va
ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini
saylash haqidagi qarorlarni o‘z ichiga olgan bank kengashi raisi
tomonidan tasdiqlangan ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi.
Qayd etib o‘tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning
51
banklarni litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina
imzolanadi va tasdiqlanadi.
Bulardan tashqari, Markaziy bankka muassislar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar: bank kengashi a’zolari ro‘yxati (kengash raisi, uning
birinchi o‘rinbosari) ko‘rsatilgan holda ushbu shaxslarning Markaziy
bank talablariga muvofiq kelishlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar, yangi
tashkil etilayotgan bankning tashkiliy tuzilishi, ichki audit to‘g‘risidagi
Nizomi, kredit siyosati to‘g‘risidagi Nizomi, biznes rejasi, ariza
topshiruvchining muassislar nomidan ariza topshirish vakolatini
tasdiqlovchi hujjat, tashkil etilayotgan joydagi Markaziy bank bosh
boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga muvofiqligi
haqidagi
xulosasi,
muayyan
hududida
bank
tashkil
etish
mo‘ljallanayotganligi haqida mahalliy hokimiyat va boshqaruv
organlariga berilgan bildirishning nusxasi ham topshirilishi lozim.
Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar
(ta’sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo‘ladi.
Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yana
quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi:
- tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etishda ishtirok qilishi
haqidagi qarori;
- norezident bankning O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi
konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan ustavi;
- bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan
muassis bank faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga egaligi va
xususan, qaytarib berish sharti bilan o‘z mamlakatida pul depozitlari
va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga egaligini tasdiqlovchi xat;
- bank nazorati organining muassis bankning o‘zi joylashgan va
ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda nazorat ostida ekanligi haqidagi yozma
tasdiqnoma;
- muassis bankning oxirgi uch moliya yili uchun tuzilgan,
auditorlik firmasi tasdiqlagan yillik hisobotlari, shu jumladan, foyda va
zararlar haqidagi konsolidatsiyalangan balansi va hisoboti;
- bank nazorati organi muassis bank tashkil etayotgan bankning
ustav kapitalida ishtirok etishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki
bunday ruxsatnoma muassis bank mansub bo‘lgan davlatning qonun
hujjatlariga muvofiq talab etilmasligining yozma tasdig‘i.
52
Faoliyat yuritib turgan banklar ustav kapitalidagi hissa xorijiy
shaxslar tomonidan sotib olinayotganda ham ushbu hujjat xorijiy shaxs
tomonidan Markaziy bankka taqdim etilishi lozim bo‘ladi.
Banklar Markaziy bankda Tijorat banklarini ro‘yxatga olish
kitobida ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomini
oladilar. Ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda ularga litsenziya beriladi.
Bankni ro‘yxatga olish va litsenziya olish uchun muassislar
dastlabki ruxsat olingan kundan boshlab uzog‘i bilan olti oy muddatda
quyidagi talablarni bajarishlari shart:
a)
muassislarning vakolatli shaxsi imzolagan bankni ro‘yxatga
olish va litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani taqdim etish;
b)
bankni ro‘yxatga olish va litsenziya olish uchun ushbu Nizomda
nazarda tutilgan barcha zaruriy talablarni bajarish;
v) bank binolari muhofazasini ta’minlash hamda muhandis-texnik
qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash, dasturiy mahsulotlarni tayyorlash;
g) Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan kam
bo‘lmagan miqdorda bank ustav kapitalini shakllantirish hamda ustav
kapitaliga yo‘naltirilgan to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlarni va muassislar
ro‘yxatini taqdim etish;
d)
bank boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter
va uning o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimlariga kasbiy
muvofiqliligini baholash bo‘yicha Markaziy bankning ijobiy xulosasini
taqdim etish;
e)
sanab o‘tilgan barcha hujjatlarning fayl
(elektron)
ko‘rinishdagi nusxalarini ham taqdim etish.
Bankni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza taqdim etilganidan so‘ng
Litsenziyalash departamenti ochilayotgan bankni mazkur Nizomning
talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi.
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi
qaror Markaziy bankning barcha talablari bajarilgan kundan boshlab
bir oy ichida qabul qilinadi.
Quyidagilar bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berishni rad
etish uchun asos bo‘ladi:
a)
ta’sis shartnomasi va ustavning qonun hujjatlariga mos
kelmasligi;
b)
bir yoki bir necha muassis moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi;
v)
muassislar
mablag‘lari
manbalarining
deklaratsiya
53
qilinmaganligi (xususiy tijorat banklari ustav kapitalida ishtirok
etayotgan rezident jismoniy shaxslardan tashqari);
g) bank ro‘yxatga olinadigan vaqtgacha bank eng kam ustav
kapitalining shakllantirilmaganligi;
d)
bank binolari muhofazasining ta’minlanmaganligi hamda
muhandis-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanmagani, dasturiy
mahsulotlarning tayyor emasligi;
e)
tashkil etilayotgan bank rahbari va bosh buxgalterining kasbga
nomuvofiqligi.
Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziya bankka unda
ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
Tashkil etilayotgan bankni boshqarish imkoniyatlari, umumiy
tavakkalchilik va kapital tuzilmasini o‘rganish asosida ayrim faoliyat
turlari cheklab qo‘yilishi mumkin.
Litsenziya uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirish uchun banklarga
«Tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish
uchun litsenziyalar berish qoidalari»ga (ro‘yxat raqami 463, 1998-yil
3-avgust) muvofiq bosh yoki ichki litsenziyalar beriladi.
O‘zbekiston
Respublikasining
"Valyutani
tartibga
solish
to‘g‘risida", "O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘risida" hamda "Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash
to‘g‘risida"gi Qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tijorat banklariga, ularning arizasiga ko‘ra chet el
valyutasida operatsiyalar o‘tkazilishiga, ularning bunga tayyorligidan
kelib chiqib litsenziya beradi.
Litsenziyalar bosh litsenziya va ichki litsenziyalarga bo‘linadi.
Bosh litsenziya tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi hududida
hamda chet elda xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish
uchun berilgan huquqdir.
Ichki litsenziya tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi
hududida chet el valyutasidagi operatsiyalarni to‘la yoki cheklangan
doirada amalga oshirish uchun berilgan huquqdir.
Chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazish uchun bosh yoki ichki
litsenziya olgan bank (bundan buyon vakolatli bank deb ataladi)
qonunchilikka muvofiq va litsenziya shartlari asosida o‘z faoliyatini
amalga oshiradi.
54
O‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy
banki
tasdiqlagan
talabnomalar
asosida
tijorat
banklari
chet
el
valyutasidagi
operatsiyalarni amalga oshirishga qay darajada tayyor ekanligi
aniqlanadi. Mazkur talablar malakaviy va texnik talablarga bo‘linadi.
Tijorat banklari litsenziya olish uchun mazkur qoidalarning
ilovasida ko‘rsatilgan hujjatlarni topshirishlari kerak.
Xorijiy kapital ishtirokidagi banklar hujjatlarni O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibga muvofiq
holda taqdim etadilar.
Bir yildan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan, ya’ni to‘la moliyaviy
(operatsiya) yilini tugatgan va rasmiy yillik hisobot tayyorlayotgan
tijorat banklarining arizalarigina ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.
Litsenziyalar xorijiy kapital ishtirokidagi banklar belgilangan
muddatdan ilgari berilishi mumkin. Xususiy tijorat banklariga chet el
valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar
ularning faoliyatiga olti oy to‘lishi bilan berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |