Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet443/607
Sana05.06.2022
Hajmi6,22 Mb.
#638311
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   607
Bog'liq
fayl 1670 20210827

 
Xulosalar 
1.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayonini tadqiq etish uning 
miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori 
mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, 
u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi.
 
Ishchi kuchining sifati uning tarkibining 
zamon talablari jihatidan ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqligi 
darajasini namoyon etadi.
 
Ishchi kuchining sifati uning ma’lumot, kasbiy 
tayyorgarlik, malaka, ish tajribasi darajalari kabi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. 
2.
Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy 
qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ularning mehnat 
malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi 
o‘sishini ta’minlash demakdir. 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga 
Murojaatnomasi (24.01.2020) // Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 dеkabr. 


590 
3.
Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri 
ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi 
kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi. Migratsiya 
ikki darajada, ya’ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro‘y berishi mumkin. 
4.
Iqtisodiyotning 
barqarorligi 
va 
sog‘lomligini 
aks 
ettiruvchi 
ko‘rsatkichlardan biri ishchilarning ish bilan ta’minlanish darajasi hisoblanadi. 
Biroq, har qanday mamlakatda doimiy ravishda ma’lum darajada ishsizlik ham 
mavjud bo‘ladi. Umuman olganda,
 
mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, 
lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati 
va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, 
texnologik, hududiy, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi.
5.
«To‘la bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud 
bo‘lmasligini bildirmaydi. Chunki, friksion va tarkibiy ishsizlikning bo‘lishi tabiiy 
hisoblanadi, shu sababli to‘la bandlik ishchi kuchining 100% dan kam qismini 
tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘la bandlik 
sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo‘ladi. Siklik 
ishsizlik nolga teng bo‘lganda to‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga 
erishiladi. To‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi 
deb ataladi.
6.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning ta’sirida ishlab chiqarilmay qolgan 
mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni xohlagan va ishlay 
oladigan barcha uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega 
bo‘lmasa mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining 
orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaIMning potensial YaIMdan 
kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
YaIM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish