Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet456/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

ko‘rinishi 


605 
1. 
Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘sib boruvchi soliqlar
 
progressiv soliqlar 
deyiladi.
 
2. 
Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi 
soliqlar
 regressiv soliqlar 
deyiladi. 
3. 
Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘zgarishsiz qoluvchi 
soliqlar
 proporsional soliqlar 
deyiladi. 
Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot 
tannarxiga qo‘shilish usuli (to‘g‘ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab 
ham turkumlanadi.
Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‘sishiga 
olib kelishini birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning 
mulohazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan 
tashqari oshirish ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan rag‘batini susaytiradi, 
fan-texnika taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va oxir-
oqibatda, davlat budjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Davlat budjetining daromadlari va soliq stavkasi o‘sishi o‘rtasidagi 
bog‘liqlikning grafikda tasvirlanishi 
«Laffer egri chizig‘i»
nomini oldi (21.2-
rasm).

R

0 V
1

21.2-rasm. Laffer egri chizig‘i 
Grafik tik o‘qida soliq stavkasi (R), yotiq o‘qida – davlat budjetiga tushumlar 
(V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R
1
) davlat budjetiga eng yuqori 
tushum (V
1
)ni ta’minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va 


606 
tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga 
teng bo‘ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, 
uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o‘rnatilagan soliqlarni pasaytirish 
jamg‘armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi 
daromad hajmining o‘sishini ta’minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi 
ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning 
susayishi ro‘y beradi. Lekin o‘z-o‘zidan tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin 
bozor mexanizmi me’yorida amal qilgan holdagina namoyon bo‘ladi. 
Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida soliq yukining bir xil darajada 
bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada YuNESKO xalqaro tashkiloti 
tomonidan tavsiya etilgan taqqoslama usullardan foydalaniladi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish