549
Iqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog‘liqlikda amal qiladigan xilma-xil
faoliyatlarni, turli sohalar, tarmoqlar, bo‘linmalar, majmualar, birlashmalarni,
moliya, bank, soliq, sug‘urta, tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqalarni o‘z
ichiga
oluvchi o‘ta murakkab tizim bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotning yaxlit tizim
sifatida samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi
muvozanatlik va mutanosiblikka bog‘liq bo‘ladi.
Iqtisodiyotning muvozanatligini ta’minlash, eng avvalo, iqtisodiy maqsadlar –
aholining o‘sib boruvchi talabini qondirish, iqtisodiy o‘sish, to‘la bandlik, iqtisodiy
samaradorlik, narxlarning barqaror darajasi, iqtisodiy erkinlik, daromadlarning
adolatli taqsimlanishi,
ijtimoiy himoya, ijobiy savdo balansiga erishish bilan
bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli ham ahamiyatlidir.
Iqtisodiy muvozanatlik va uning amal qilishi bilan bog‘liq hodisa va
jarayonlarning mohiyatini chuqurroq tushunish, uni ta’minlashning asosiy
yo‘nalishlarini aniqlash, usullar va vositalaridan
samarali foydalanish
muvozanatlikning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmunini bilishni taqozo etadi.
«Muvozanat» tushunchasi keng va umumiy holda qo‘llanilib, bu boradagi
dastlabki taassurot va aniqliklarni hosil qilishda qo‘l keladi. Chunki, muvozanat
tushunchasi nafaqat iqtisodiy, balki tabiiy-ijtimoiy hodisa va jarayonlarga ham
tegishli bo‘lib, unga tabiat va jamiyatning har qanday jabha va sohasi nuqtai
nazaridan yondashish mumkin. Masalan,
kishilik jamiyati tarkib topib, taraqqiy
etgunga qadar ham tabiatdagi muvozanatliklar – galaktikadagi koinot jismlarining
joylashuvi, ularning bir-biriga nisbatan o‘zaro harakatlanish doiralari, shu
jumladan Quyosh tizimi va uning ichida joylashgan sayyoralarning o‘zaro harakati,
sayyoramizdagi ichki tabiat hodisalari – bularning barchasi muvozanatlikka
asoslangan. Ya’ni, tabiat hodisalarini yuzaga keltiruvchi turli kuch va harakatlar
o‘rtasida tenglik, muvofiqlik holati mavjud bo‘ladi. Bu borada prof.
D.Moskvinning muvozanatga bergan ta’rifi o‘rinli hisoblanadi: «Muvozanat –
qarama-qarshi yo‘naltirilgan kuchlarning baravarlashishi holati»
1
.
1
Основы экономической теории. Политэкономия: Учебник / Под ред. д-ра экон. наук, проф. Д.Д.Москвина.
Изд. 3-е, исправл. – М.: Едиториал УРСС, 2003. – С.504.
550
Iqtisodiy muvozanat tushunchasi esa muvozanatning
yanada aniqlashtirilgan,
alohida, ya’ni bu o‘rinda iqtisodiyot sohasiga nisbatan olingan qismi hisoblanadi.
Ayni paytda, bu tushuncha ham iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning umumiy holdagi tavsifini ifodalashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: