544
yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar
hajmi; ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan
davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi.
5. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda shuningdek sof
monetar nazariya,
nomonetar nazariya, etarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi,
jamg‘arish nazariyasi, psixologik nazariya kabilar ham ilgari suriladi.
6. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari
mavjudligi ta’kidlanadi. Ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan
eng asosiy turlari sifatida Kitchin, Juglar, Kuznets, Kondratev sikllarini keltirish
mumkin.
7. Iqtisodiy inqiroz deb asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning
keskin
tushib ketishiga aytiladi.
8. 2008 yilda dastlab AQSh ipoteka bozorlarida boshlangan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi etarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish
qobiliyati shubhali bo‘lgan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining
jadallashuvi natijasida namoyon bo‘ldi. Aslida jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozining asosiy sabablari bo‘lib rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni
haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosati, ya’ni «o‘z-o‘zini
boshqaruvchi
bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan
moliyaviy bozorlarga aralashuvining cheklanganligi; moliyaviy resurslar bilan real
ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi; noratsional
pul-kredit siyosatining, hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda past
darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga
aylanishi; moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari
o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi; qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting
tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berilishi va boshqalar hisoblanadi.
10.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublikamiz iqtisodiyotiga ta’siri
boshqa rivojlangan va ayrim qo‘shni davlatlardagiga qaraganda mazmunan farq
qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar bevosita moliya tizimining izdan
chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko‘plab
yirik
545
korxonalarning yopilishi orqali namoyon bo‘lsa, O‘zbekistonda inqirozning
iqtisodiyotga ta’siri jahon xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga talabning
susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi hamda buning oqibatida eksport
daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlar xarid qobiliyatining
pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqarishi orqali namoyon bo‘ladi.
11. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekistonga ta’sirining jiddiy
bo‘lmaganligi quyidagi yumshatuvchi omillarning mavjudligi bilan izohlanadi:
ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
bosqichma-
bosqich amalga oshirish yo‘lining tanlanganligi; davlat bosh islohotchi sifatida
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligining aniq belgilab olinganligi;
O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi,
shuningdek,
iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz
ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va
zarur resurslar bazasining mavjudligi; oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi;
aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda
iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir
chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi; davlatning moliyaviy-
iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekanligi, ularning
himoya mexanizmlarining kuchliligi.
Do'stlaringiz bilan baham: