Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

III B O‘ L I M. 
MILLIY IQTISODIYOT (MAKROIQTISODIYOT)NING AMAL QILISH 
VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI 
14-bob. MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY 
O‘LCHAMLARI. YALPI ICHKI MAHSULOT VA UNING HARAKAT 
SHAKLLARI 
Oldingi boblarda biz iqtisodiy jarayonlar va ularda sodir bo‘ladigan 
munosabatlarni umumiqtisodiy va korxonalar darajasida ko‘rib chiqqan edik. 
Mazkur bobda iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi. 
Shuningdek, milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tavsifi, 
milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan yalpi ichki mahsulot, uning 
tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni va harakat shakllari yoritiladi. Yalpi ichki 
mahsulotni hisoblash tizimi hamda uning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari 
bayon etiladi. 

14.1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
Barchamizga ma’lumki, mustaqillik davrigacha O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq 
ittifoq iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot 
deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga
xomashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, 
ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab 
chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga 
butunlay qaram bo‘lgan, izdan chiqqan, mo‘rt va nochor iqtisodiyot meros bo‘lib 
qolgan edi.
Eng yomoni shundaki, O‘zbekiston iqtisodiyoti, asosan, xomashyo 
tayyorlashga yo‘naltirilgan biryoqlama rivojlanish holiga tushib qolgan bo‘lib, 


413 
iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta 
yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. Buning 
oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega 
bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy 
va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi
1

Mustaqillik yillarida yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat 
tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va 
fabrikalar qurilganligi, energetika, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi 
iqtisodiyotdagi 
tarkibiy 
o‘zgarishlar, 
modernizatsiyalash, 
yangilash, 
diversifikatsiyalash, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni 
shakllantirish va mustahkamlash sari harakat natijalaridir. 
Mamlakatimizda 
mustaqil 
amal 
qiladigan 
bozor 
iqtisodiyotining 
infratuzilmalari: savdo, bozor, birja, moliya, bank, kredit, soliq, sug‘urta, bojxona 
tizimlari va boshqa qator funksional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi. Shunday 
qilib, O‘zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan yangi
mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy 
iqtisodiyot shakllantirildi. 
“Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, 
bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv 
sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va 
jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda 
tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda”
2

Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan 
murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda 
tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini 
tavsiflab beradi. 
1
O‘zbеkistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li. Birinchi Prеzidеnt Islom Karimovning O‘zbеkiston 
Rеspublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prеzidеnt Dеvonining O‘zbеkiston mustaqil-ligining 16 yilligiga 
bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma'ruzasi // Xalq so‘zi, 2007 yil 31 avgust. 
2
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 


414 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish