303
tadbirlarning amalga oshirilishi sohaning yanada rivojlanishiga
zamin va turtki
bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga mazkur sohani turli
darajalarda qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimi katta ta’sir ko‘rsatdi. Davlat
tomonidan uning me’yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi va takomillashtirildi,
kichik korxonalarni moliya-kredit va investitsiya jihatidan qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha davlat va mintaqaviy dasturlar ishlab chiqildi va bugungi
kunda ham hayotga izchil ravishda tatbiq etilmoqda. Bu
sohada mintaqalararo va
xalqaro aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda, xukumatlararo va xalqaro shartnomalar
tasdiqlanmoqda,
tadbirkorlarning
jamoatchilik
uyushmalari
faoliyati
jonlantirilmoqda, axborot ta’minoti tizimi vujudga keltirilmoqda.
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada erkinlashtirish
va rag‘batlantirish chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda
xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi
qonunchilik
mustahkamlandi, bozor infratuzilmasini shakllantirish ishlari
jadallashtirildi, biznesni ro‘yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish,
faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziya va
ruxsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirildi va tartibga solindi. Moliya, soliq
va
statistika
hisobotlarining
barcha
shakllari
va
muddatlari
keskin
qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi.
Xususan, 2007 yilda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 13
foizdan 10 foizga tushirilgan bo‘lsa, 2014 yildan esa sanoat sohasidagi korxonalar
uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foizni tashkil qildi va bu holat hanuzgacha
o‘zgarishsiz qolmoqda. Shuningdek,
tadbirkorlarga, avvalo, kichik biznes
subyektlariga asosiy, shu jumladan, talab yuqori bo‘lgan moddiy resurslardan keng
foydalanish imkonini beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi. Masalan,
banklarning barcha filiallarida tadbirkorlarga yaqindan maslahatlar berish bo‘yicha
“Tadbirkorlar xonasi” tashkil etildi. Shuningdek, filiallar va mini banklarda tashkil
etilgan “Tadbirkorlar burchagi” orqali respublikamizda kichik biznes va xususiy
304
tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif
etilayotgan yangi bank xizmatlari to‘g‘risida doimiy ravishda axborot berib
borilishi yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli
«Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni doirasida “Korrupsiyaga
qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat xaridlari
to‘g‘risida”, “Davlat va xususiy sektor sherikligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari
hamda 30 dan ziyod qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash
borasida faol ishlar olib borilmoqda.
Respublikamizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta’minlash,
ularni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf
etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2019 yil davomida
92,9 mingtadan ortiq yangi kichik tadbirkorlik subyektlarini (dehqon va fermer
xo‘jaliklarisiz) tashkil etish imkonini berdi. Natijada 2020 yil 1 yanvar holatiga
faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni 334767 tani tashkil
etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 71837 taga ko‘paydi.
2019 yilda o‘zining xususiy ishini, o‘z biznesini tashkil etishga intilayotgan
yoshlarga
imtiyozli kreditlar ajratish, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish
uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar xarid
qilish uchun iste’mol kreditlari berish ko‘lamini kengaytirish borasidagi ishlar
bank tizimi faoliyatining diqqat markazida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: