Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet430/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Birinchidan,
ishchi kuchi bozori ikki 
mustaqil subyekt – kapital egasi va ishchi kuchi egasi manfaatlarining to‘qnashib, 
o‘zaro kelishadigan munosabatlari hisoblanadi. Ularni bozorga o‘zaro qarama-
qarshi istak va maqsadlar etaklaydi, ya’ni ularning biri ishchi kuchini sotib, 
daromad olishni istasa, boshqa biri uni xarid qilib, ishlatib foyda ko‘rishni istaydi. 
Ular o‘rtasidagi savdo bitimi ishchi kuchi egasining o‘zi bo‘yicha emas, balki 
uning mehnat qilish layoqati, undan foydalanish shartlari va davomiyligi bo‘yicha 
boradi. Bitim natijasi bo‘lib kapital egasi tomonidan sotib olingan ishchi kuchi 
evaziga to‘lanadigan ish haqi miqdori hisoblanadi. 
Ikkinchidan,
boshqa har 
qanday tovar bozorlarida bo‘lgani singari, ishchi kuchi bozorida ham ishchilar 


576 
o‘rtasida bo‘sh ishchi o‘rnini egallash borasida raqobat kurashi vujudga keladi. 
Uchinchidan,
ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifining unga bo‘lgan yalpi 
talabdan doimiy ravishda ko‘proq bo‘lishi tendensiyasi bilan tavsiflanadi. Bu esa 
bozorda ishchilar band bo‘lmagan qismi (ishsizlar)ning paydo bo‘lishiga olib 
keladi. 
To‘rtinchidan,
bozor iqtisodiyotining siklli rivojlanishi odatda inflyatsiya 
va ishsizlik bilan birga boradi. Bu ikkala jarayon o‘rtasida ma’lum o‘zaro 
bog‘liqlik mavjud bo‘lib, u pirovardida ishchilar ommasi hayot darajasining 
ahamiyatli darajada pasayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, 
to‘lovga qodir talabning pasayishi va h.k.) orqali namoyon bo‘ladi.
Muayyan iqtisodiy sharoitlarda ishchi kuchi bozoridagi umumiy holat 
inflyatsiyaning o‘sishi uchun asosiy sabab bo‘lishi ham yoki aksincha, uning 
o‘sishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Mamlakatdagi ishsizlik darajasi qanchalik 
past bo‘lsa, inflyatsiya ta’sirida narxlarning o‘sish sur’atlari shunchalik yuqori 
bo‘ladi. Ingliz iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflyatsiyaning o‘sishi o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni ko‘rsatib berdi va bu bog‘liqlikni ifodalovchi egri chiziq 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish