Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


ish haqi – ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

ish haqi
– ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va 
unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi 
ifodasidir.
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat 
sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol 
me’yori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlashdan iboratdir. 
Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, 
foyda, dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Ish haqining 


359 
mazmunini to‘laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini 
bilish zarur. 
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki 
unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu 
sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. 
Nominal ish haqi – bu ma’lum vaqt 
davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi.
Misol uchun, 
mexanika zavodi ishchisi yanvar oyida 200 ming so‘m, fevral oyida 190 ming 
so‘m, mart oyida 220 ming so‘m ish haqi hisoblandi. Bular nominal ish haqi 
hisoblanadi. 
Real ish haqi
– bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va 
xizmatlar miqdorini sotib olishga etadigan quvvatidir
. Boshqacha aytganda real 
ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid qilish» qobiliyatidir. O‘z-o‘zidan aniqki, 
real ish haqi nominal ish haqi miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar (xizmatlar) 
narxiga bog‘liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda, 
nominal ish haqiga to‘g‘ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar 
narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada 
quyidagicha tasvirlash mumkin: 
R
V
V
н
p


bu yerda: V

– real ish haqi; V

– nominal ish haqi; R – iste’mol buyumlari va 
xizmatlarning narx darajasi. 
Bizning misolimizda ishchining nominal ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral 
oyida 95 foizni, mart oyida 110 foizni tashkil etgan edi. Real ish haqi darajasining 
o‘zgarishini aniqlash uchun esa iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi 
to‘g‘risida ma’lumot zarur bo‘ladi. Aytaylik, narx darajasi yanvar oyiga nisbatan 
fevralda 1,08, mart oyida esa 1,2 baravar oshgan bo‘lsin. U holda ishchining real 
ish haqi fevral oyida 176 ming so‘mni, mart oyida esa 183 ming so‘mni tashkil 
etadi. Ya’ni, ishchining real ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 88 foiz, 
mart oyida 91,5 foiz darajasida bo‘ladi.


360 
Real ish haqi darajasiga tovarlar va xizmatlar narxidan tashqari belgilangan 
soliqlar miqdori va boshqa turli sharoitlar ham ta’sir qiladi. Masalan, soliq turlari 
va miqdori qancha ko‘p bo‘lsa real ish haqi shuncha pasayadi, yoki aksincha.
Nominal ish haqi ishchining ishlab topgan pul daromadi darajasini, real ish 
haqi esa uning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi. 
Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib, 
u istiqbolda ham o‘zining yetakchi rolini saqlab qoladi. 
Mamlakatimizda ish haqi darajasining oshib borishi hisobiga ishlayotgan har 
bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish haqi darajasi ham oshib bormoqda (12.1-
jadval). Bu esa aholi daromadlarining yildan yilga oshib borayotganligidan dalolat 
beradi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish