25
endi boshlayotgan kompaniyalar uchun katta qiyinchiliklar tugʻdiradi.
Porter nazariyasi boʻyicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud boʻlgan
kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu erda ham uchta omilning ta’sirini koʻrsatib
oʻtish mumkin:
-
tarmoqdagi raqobatning strukturasi;
-
talabning shart-sharoitlari;
-
tarmoqqa kirish toʻsiqlarning balandligi.
6-rasm. Porterning «beshta kuch» modeli
Tarmoqdagi raqobatning strukturasi tarmoqdagi konsolidatsiya darajasiga
(uning fragmentlanganligi, oligopoliya yoki monopoliya sharoitlari mavjudligi)
bogʻliqdir. Fragmentlangan tarmoqda potensial xatarlar
qulay imkoniyatlarga
qaraganda koʻproq boʻladi, chunki bunday tarmoqlarga kirib kelish nisbatan
yengildir.
Konsolidatsiyalangan tarmoqlarda odatda katta va mustaqil kompaniyalar
faoliyat koʻrsatadilar. Binobarin, bir kompaniyaning raqobatchilik faoliyati boshqa
raqobatchilarning bozordagi ulushiga bevosita ta’sir qiladi, natijada ular tezda bunga
javoban
harakat qilib, raqobat kuchayadi. Bunday kompaniyalarning narx urushi
olib borish imkoniyati raqobatning asosiy xatarli kuchidir. Bunday hollarda
kompaniyalar sifatdagi ustunliklar boʻyicha
raqobatlashishga intiladilar, ya’ni
raqobatchilik urushi savdo markasiga sodiqlik va narx urushi ehtimolini kamaytirish
pozitsiyalaridan olib boriladi. Bunday taktikaning muvaffaqiyati tarmoqda
mahsulotni tabaqalash imkoniyatlariga bogʻliqdir.
Tarmoqda talabning oʻsib borishi raqobatning susayishiga va ayni paytda
ekspansiya uchun katta imkoniyatlarning vujudga kelishiga olib keladi. Talab bozor
bilan
birgalikda usib boradi, kompaniyalar investitsiyalarning qaytish tezligini
oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar, bu esa ularga boʻlgan eʼtiborni kuchaytiradi.
Aksincha,
oʻsishning
sekinlashishi
raqobatni
kuchaytirib
yuboradi,
26
kompaniyalarsotish bozorlarini faqat boshqa kompaniyalardan tortib olish
hisobigagina qoʻlga kiritishlari mumkin boʻlib qoladi.
Shunday qilib, talabning
kamayishi - raqobatning kuchayishiga olib keladigan asosiy xatardir.
Tarmoqda talab kamaygan paytda chiqish toʻsiqlari jiddiy xavfga aylanadi.
Chiqish toʻsiqlari iqtisodiy va emotsional omillar boʻlib, ular kompaniyani daromadi
juda kichik boʻlgan hollarda ham qoʻllab-quvvatlab turadi. Natijada ortiqcha ishlab
chiqarish quvvatlari paydo boʻladi, bu esa narx raqobatining jonlanishiga olib keladi,
chunki kompaniyalar bekor turgan quvvatlardan foydalanishga urinib,
narxni
pasaytirib yuboradilar.
Odatda chiqish toʻsiqlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: