barcha ma`nolar va g`oyalar “ aytib bo`linganligi “ haqida mushohada yuritib , inson o`ziga yog`ilayotgan axborotga ishlov berishga qodir emasligiga e`tiborni qaratar ekan , notizimlilik , Yevropa an`anaviy falsafiy bilimning negizlari , qadriyatlari va chegaralarini o`zlashtirish g`oyasini ilgari surdilar . Nihoyat 20 - 21 – asr chegarasida eng yangi falsafada birinchi o`ringa chiqqan va eng muhim mavzular qatorida o`rin olgan yana bir mavzu globallashuv jarayonlarining mohiyatini va ularning rivojlanish yo`nalishlarini anglashga alohida e`tibor qaratildi . Bu jarayonlar hozirgi vaqtda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oldi va davrimizning olamshumul muammolarini yuzaga keltirdiki , ularning nazariy va amaliy yechimini topish bu muammolarni shu jumladan falsafiy darajada anglab yetishni ham nazarda tutadi . Xalqaro miqyosda alohida e`tibor berish va kelishilgan harakatlarni taqozo etuvchi eng muhim muammolar qatoriga ekologiya , demografiya , xavfsizlik , xalqaro jinoyatchilik , energetika resurslari , qashoqlikka chek qo`yish muamollarini kiritish mumkin . Ko`rib turganimizdek , falsafaning predmetini qandaydir bitta , qat`iy cheklangan muayyan masalalar doirasi bilan bog`lash mumkin emas . U vaqt omiliga va obyektiv sabablar to`plamiga qarab , doim u yoki bu muammo yoki ularning muayyan majmui tarzida birinchi o`ringa chiqadi . Ammo bu boshqa mavzular , masalalar va masalalar o`z ahamiyatini yo`qotadi va falsafa chegarasidan chetga chiqadi , ularning tahlil predmeti bo`lmay qoladi, degan ma`noni anglatmaydi . Bosh mavzularni ikkinchisi , yoki uchinchisi yoki undan ham keying o`ringa surib qo`yadi , ular muayyan davrda va tegishli sharoitda falsafiy diqqat markazidan o`rin olish yoki falsafiy muammolarning ustuvorlik yo`nalishi bo`ylab yuqoriga ko`tarlishi uchun o`z vaqtini “ kutib “ , go`yoki panada turadi desak to`g`riroq bo`ladi . Ayni shu sababli bir falsafa tarixida qiziqishlardagi ustuvorliklarning muttasil o`zgarishini , u yoki bu masala bosh masalaga aylanishini , falsafiy hamjamiyatning asosiy e`tiborini ma`lum vaqt mobaynida unga qaratilishini ko`ramiz.
Quyidagilar falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi:
Ontologiya mavjudlik borliq haqidagi bilim ;
Gnoseologiya ( boshqa bir terminologiyaga ko`ra – epistemologiya ) – bilish nazariyasi ;
Ujtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta`limot ;
Etika – axloq haqidagi ta`limot ;
Aksiologiya – qadriyatlar haqiidagi ta`limot ;
Falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta`limot va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |