Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. A. Dadaboyev


foydalanayotgan uskunalarga nisbatan ko‘rsatkichlar



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/144
Sana22.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#838851
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   144
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

foydalanayotgan uskunalarga nisbatan ko‘rsatkichlar
(uskunalar 
birliklarining soni, ularning avtomatlashtirilganligi va ixtisoslanganligi darajasi, 
yoshli tuzilishi, foydalanish koeffitsienti); 

hodimlarga nisbatan ko‘rsatkichlar
(umumiy soni, oliy va o‘rta maxsus 
ma’lumotga ega hodimlar, yuqori malakali ishchilar, maxsus qayta tayyorlashdan 
o‘tganlar va boshqalarning ulushi); 

jarayonning yangiligi darajasiga tegishli ko‘rsatkichlar
(“nau-xau” 
ning barcha turlarining umuiy hajmi, bitta ishlovchi va ishlab chiqarish fondlari 
qiymatining birligiga “nau-xau”ning salmog‘i, komputerlashtirish va marketing 
boshqaruv, injenerlik tayyorgarlik va ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha 
ishlar qiymati ulushi); 

mahsulot sifatiga tegishli ko‘rsatkichlar
(ITI va TKIga xarajatlari 
ulushi, jahon standartlarini qnoatlantiruvchi mahsulotlarning ulushi, importning 
ulushi, 
poligonlar va laboratoriya bazalarining jihozlanganligi darajasi, 
mahsulotlarning yoshli tuzilishi); 

energiyani iste’mol qilishga nisbatan ko‘rsatkichlar
, uskuna birligiga 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga, energiyaning alohida turlari bo‘yicha 
energiyani sarflanishi, texnologik zaruriyatlarga energiya xarajatlarining ulushi, 
umumiy energiyani iste’mol qilish). 
Agar bunday turdagi ko‘rsatkichlar taqdim qilingandan va ular ekspertlar 
guruhi tomonidan silliqlangandan keyin konkordatsiyalash koeffitsiyentining 
qoniqarli hisoblash miqdori (0 dan ancha katta, ammo 1 dan ancha kichik) olinsa, 
unda quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 
1. Ushba masala bo‘yicha ekspertlar fikrlarining katta qismini mos kelishini 
tasodifiy deb bo‘lmaydi, ya’ni ekspertlar guruhi to‘g‘ri shakllangan va ularning 
fikricha ishonish mumkin. 
2. Ekspertlarning fikriga ko‘ra ko‘rsatkichlarning taklif qilinayotgan 
majmuasi texnologik jarayonni tanlash uchun to‘liq va ancha muhim bo‘ladi. 
Ekspert guruhlari shakllangan, teshirilgan va tasdiqlangandan keyin ularni 
haqiqiy ishlab chiqarish sotish tizimida vujudga kelgan vaziyatni baholash 
bo‘yicha jalb qilish mumkin. Bu yerda tahlil qilinayotgan vaziyat uchun xos 
ekspertga taklif qilish mmkin. Quyidagi usullar ma’lum va qo‘llaniladigan bevosita 
baholash, shu jumladan ballar bo‘yicha juftga taqqoslash, izchil taqqoslash, 
silliqlash. 
Keyin ekspert guruhiga kiruvchi ekspertlarning fikrlarini aniqlash va 
ro‘yxatga olish tadbirlari belgilanadi. U yoki bu aniq holda bunday turdagi 
quyidagi tadbirlar ma’lum va ulardan foydalanish mumkin: bir bosqichli anketa 
so‘rovini o‘tkazish, ko‘p bosqichli anketa so‘rovini o‘tkazish, teskari aloqaga 
ega anketa so‘rovini o‘tkazish, munozaralarni o‘tkazish. 


193 
Shundan keyin ekspertlar tomonidan baholanayotgan vaziyatning mohiyati 
bo‘yicha o‘z fikrlarini aks ettirish natijalarini ishlab chiqarish usulini belgilash 
kerak. Bunday vaziyatlar uchun matematik statistikada qabul qilingan tasodifiy 
miqdorlarni ishlab chiqarishning mlanhur usullaridan foydalaniladi. Statistik ishlab 
chiqarish natijasida olingan baholar miqdorlarini farqlanishida qaror odatda “ovoz 
berish” bilan qabul qilinadi. Ammo shuni esda tutish kerakki, ko‘pchilik hamma 
vaqt ham haq emas. Shuning uchun bunday “ovoz berish” asosida olingan 
xulosalar albatta sog‘lom fikrga mos kelishi kerak. Umuman vaziyatni 
baholashning tavsiya qilinayotgan ekspert usullari “Delfi” usuli nomi ostidagi 
ekspert baholari sifatiga kiradi. Bunday turdagi usullarning mohiyati har xil 
sohalardan ekspert guruhiga taklif qilingan mutaxassislar fikrlarini ko‘p martalar 
izchil ravishda anketa so‘rovini o‘tkazishdan ibortdir. Har bir anketada oldingi 
anketada bo‘lgan axborotlar aks ettiriladi. Dars bo‘yicha bir necha kirishlar 
bo‘lishi mumkin. 
Logistikada ekspert usullari uchun ishlab chiqarilgan – sotish tizimining u 
yoki bu tarkibiy qismlaridagi joriy vaziyatni baholashga qaraganda qo‘llashning 
ancha kengroq maydonlari mavjud. Gap boshqaruv qarorlarini qabul qilishning 
evristik strategiyalarini shakllantirish ekspert usullari, ya’ni bunday qarorlarni 
ishlab chiqishning evristik qoidalari haqida ketayapti. 
Boshqaruv qarorining qabul qiluvchi odam yoki shaxslari bu qarorni 
qandaydir asoslangan mulohozalar asosida qabul qila olishlari uchun dastlabki va 
bashorat qilinayotgan vaziyatni his etish va tahlil qilish mumin bo‘lgan ba’zi bir 
ko‘rsatkichlar majmuasi asosida taqdim etish zarur (vaziyatni omilli tasavvur 
etish).
Yutishning 
ehtimoli, 
yutushning 
miqdori, 
yutqazishning 
ehtimoli, 
yutqazishning miqdori, hamda xatarning kattaligini huddi shunday omillar deb 
hisoblash qabul qilingan. Bu aytib o‘tilgan omillarni qanday baholash – bu 
ekspert guruhlari uchun savol bo‘ladi. 
Vaziyat omillari bilan turlicha ish olib borish mumkin. Suunga ko‘ra tashqi 
va ichki evristik strategiyalar ajratiladi. 
Ichki evristik strategiya har bir vaziyatni omillar intensivligi miqdorlarini 
yagona bir yo‘l bilan tahlil qilish kabi ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ladi, ular bu 
omillarni ushbu aniq vaziyatdan oladilar. Ichki evristik strategiya ikkita variantda 
amalga oshirilishi mumkin. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish