Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Q. Yo‘ldoshev, D. T. Yusupova sifat menejmenti toshkent – «iqtisodiyot» – 2019


Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalash



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/214
Sana31.12.2021
Hajmi2,18 Mb.
#230891
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   214
Bog'liq
sifat menejmenti adabiyoti

 
Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalash 
  Sanoat  rivojlangan  davlatlarda  sertifikatsiyalash  asrimizning  20-30-yillarida 
yuzaga  keldi.  Milliy  sertifikatsiyalash  sistemalari  keyinroq  tuzila  boshladi.  Qator 


177 
davlatlarda  ular  faqatgina  eksport  qilinadigan  mahsulotning  sifatini  oshirish 
maqsadida tuzildi (Yaponiya, Hindiston, Yugoslaviya va boshqalar). 
  Fransiyada milliy sertifikatsiyalash sistemasi NF belgisi uchinchi tomon orqali 
sertifikatsiyalash sistemasiga kiradi va quyidagilarni amalga oshiradi: 
- ishlab chiqaruvchi korxonalardan arizalarni berish; 
- korxonalarning sifatni ta‘minlash sistemasini baxolashni amalga oshirish; 
- mahsulot namunalarini sinovdan o‗tkazishni amalga oshirish; 
- sertifikatlarni  yoki  mahsulotni  muvofiqlik  belgisi  bilan  chiqarishga  imkon 
beruvchi litsenziyani berish; 
- ishlab  chiqarish,  sotish  soxalaridan  olingan  mahsulotni  vaqti-vaqti  bilan 
nazorat qilish, shuningdek korxonalarda nazoratni amalga oshirish. 
1983-  yil  2000  ta  bir  necha  ming  turdagi  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi 
korxonalarning  mahsulotiga  muvofiqlik  belgisi  berildi.  Muvofiqlik  belgisi  bilan 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmi 40 mlrd. frankka etdi.  
1981-  yildan  boshlab  Fransiya  xukumati  18  ta  milliy  tashkilotni 
sertifikatsiyalash  bo‗yicha  vakolatli  tashkilot  deb  tan  oldi.  Ularning  ichida  AFNOR 
muxim o‗rin tutadi.  
Germaniyada  1920-  yil  Nemis  standarti  instituti  (DIN)  tomonidan  muvofiqlik 
belgisi  joriy  etildi.  U  namunalarni  sinovdan  o‗tkazishning  maxsus  tartibiga  ega 
bo‗lgan  bir  necha  turdagi  mahsulotlar,  gaz  uskunalari,  suv  ta‘minoti  uskunalaridan 
tashqari barcha mahsulotlar turiga tarqatildi.  
Standartlarga muvofiqlik sertifikatsiyasi sistemasi DIN 110dan ortiq mahsulotlar 
guruxini  tanlab  olgan.  U  orqali  15000  dan  ortiq  litsenziya  DG-WK  belgisi  bilan 
chiqarishga berilgan. Ushbu sertifikatsiyalash sistemasida chet el ta‘minotchilari xam 
amaldagi qoidalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni qabul qilsalar ishtirok etishlari 
mumkin.  
Germaniyada,  shuningdek,  ayrim  mahsulotlar  turlari  bo‗yicha  setifikatsiyalash 
sistemalari xam mavjud, masalan, elektrotexnika va elektron asboblar bo‗yicha. Ular 
Nemis elektrotexnika assotsiatsiyasi (VDE) tomonidan amalga oshiriladi. VDE DIN 


178 
bilan  bmrgalikdagi  Kelishuv  asosida  elektrotexnika, elektronika  va  aloqa  soxasidagi 
milliy  standartlarni ishlab chiqaradi.  
Umuman,  Germaniyada  juda  ko‗p  sertifikatsiyalash  sistemalari  o‗z-o‗zini 
sertifikatsiyalash,  uchinchi  tomon  orqali  4-chi  va  5-sertifikatsiyalash  sistemalari 
chegarasida faoliyat olib boradi.  
Buyuk  Britaniyada  boshqa  rivojlangan  mamalakatlardagi  singari  bir  necha 
milliy  sertifikatsiyalash  sistemalari  faoliyat  olib  boradilar.  Ulardan  eng  yirigi 
Britaniya standartlar instituti (BSI) tomonidan tuzilgan sistema hisoblanadi. U milily 
standartlarga muvofiqlikning maxsus belgisiga ega.  
  Ko‗rsatilgan  sistemalar  chegarasida  sertifikatsiyalash  bo‗yicha  ishlarni  sifatni 
ta‘minlash  bo‗yicha  boshqarma  BSI  QUAD  amalga  oshiradi.  Sertifikatsiyalash 
ishlarini amalga oshirish tartibi xuddi Fransiya va Germaniyadagi kabi.  
Korxonalarning  BSI  ni  xabardor  qilmay  turib,  mahsulotni  o‗zgartirishga  xaqqi 
yo‗q. 
Mahsulotga 
kiritilgan 
o‗zgarishlar  sinovlar  o‗tkazib,  o‗zgartirilgan 
mahsulotning  standartlarga  javob  berishi  tasdiqlangach  QUAD  tomonidan  tan 
olinadi.  Litsenziya  bir  yil  muddatga  beriladi.  Muddat  tugagach,  uni  o‗zgartirish 
kerak.  
Britaniya  sistemasi  250  ta  milliy  standartni  o‗z  ichiga  oladi.  Milliy  va  chet  el 
firmalariga mingdan ortiq litsenziyalar berilgan.  
BSI  muntazam  ravishda  sertifikatsiyalanadigan  mahsulotlarga  ko‗rsatkich, 
shuningdek  xaridorlar  uchun  boshqaruv  ma‘lumotlarini  nashr  qiladi,  xar  bir  milliy 
standart bo‗yicha berilgan sertifikatlar xaqida ma‘lumotlar beradi.  
Amerika  Qo‗shma  Shtatlarida  boshqa  G‗arbiy  evropa  davlatlaridan  farqli 
ravishda  yagona  sertifikatsiyalash  qoidalari  yoki  sertifikatlash  bo‗yicha  yagona 
tashkilot  yo‗q.  Turli  ishab  chiqaruvchilarning  assotsiatsiyalari  va  xususiy 
kompaniyalarida 
yuzlab 
sistemalar 
faoliyat 
ko‗rsatadi. 
Analogik 
xolatni 
standartlashtirish bo‗yicha  xam  ko‗rishimiz  mumkin.  Standartlarni  turli statusga ega 
bo‗lgan  yuzlab  tashkilotlar  ishlab  chiqadilar.  SHuning  uchun  xam  amaldagi 
sertifikatsiyalash  sistemalari  uchun  umumiy  kriteriy  yaratish  uchun  xarakat 
qilinmoqda.  SHu  maqsadda  sinov  laboratoriyalarini  akkreditatsiyalash  milliy 


179 
sistemasi  tuzilgan  va  sertifikatsiyalash  sistemalarini  ro‗yxatga  olish  sistemasi 
yaratilmoqda.  
AQSH  da  sertifikatsiyalashtirish  milliy,  shuningdek  xalqaro  darajada 
mahsulotning  sifatiga  kafolat  bo‗lib  xizmat  qiladi.  Sertifikatsiyalashtirishning 
zaruriyligi ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini 
yuqori 
darajada 
bo‗lishini 
ta‘minlashga,  raqobatbardoshligini  oshirishga 
qaratilganligi bilan asoslanadi.  
AQSHda milliy sug‗urta kompaniyasi, Amerikaning gaz sanoati korxonalarining 
laboratoriyalari,  Nebraska  shtatidagi  qishloq  xo‗jalik  texnikasining  sinov  markazini 
sertifikatsiyalash sistemalari katta nufuzga ega. SHu bilan birga 2000 dan ortiq sinov 
laboratoriyalari  keng  assortimentdagi  mahsulotning  standartlariga  muvofiqligini 
sinovdan o‗tkazish bo‗yicha o‗z xizmatlarini taklif etadilar.  
Sertifikatsiyalash ishlari Amerika standartlari instituti ishlab chiqqan standartlar 
asosida  amalga  oshiriladi.  Xalqaro  standartlar  va  boshqa  davlatlarning  standartlari 
AQSH  me‘yoriy  xujjatlari  shartlarini  hisobga  olmay  turib,  sertifikatsiya  ishlarini 
amalga oshirish uchun qabul qilinmaydi, ya`ni import qilinayotgan mahsulot ma‘lum 
ma‘noda diskriminatsiya qilinadi.  

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish