Korxonalar investitsion faoliyatida risklarni boshqarish tahlili
Bugungi kunda real sektor korxonalari investitsion faoliyatiga ta’sir qiluvchi risklarni boshqarish juda dolzarb masala bo’lib hisoblandi. Real sektor korxonalarining global va milliy iqtisodiyotda juda muhim o'ringa ega ekanligi, sanoat korxonalari mamlakat YaIM ning juda katta qismini tashkil etishi unga ta’sir e’tuvchi risklarni oldini olish va ta’sirini kamaytirish zarurligi anglatadi. Globallashuv jarayonlari va tezkor texnologik rivojlanish esa real sektor korxonalarini jadal sur’atda rivojlanishiga turtki bo’lmoqda. Bu esa risklarni ko’payishiga, noaniqliklarni ortishiga zamin yaratmoqda. Sanoat korxonalarida risklarni boshqarishning hozirgi holatini, shuningdek mavjud maummolarni aniqlash va ularga yechim topish muhim zaruriyatga aylangan. Butun dunyoda sanoat korxonalari tomonidan risklar ta’sirini kamaytirish, oldini olish bo’yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlari ularning investitsion faoliyatini rivojlanishiga olib kelmoqda.
Xalqaro tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, rivojlangan mamlakatlarda investitsion faoliyatini rivojlantirish orqali iqtisodiy yuksalishga ershilmoqda, natijada investorlar o’z investitsion faoliyatini bozor talabiga tezroq moslashtirishga harakat qilmoqda. Investitsion faoliyat iqtisodiyotdagi har qanday o’zgarishlarga tez ta’sirlanuvchi xususiyatiga ega hisoblanadi. Bu esa investorni birinchi navbatda qiziqtiruvchi investitsion faoliyatida shakllantiriladigan foydaga ham o’z jiddiy ta’sirini ko’rsatishi, tabiiydir. Bunday ta’sir etuvchi omillar natijasida foydaning yo’qotilishi ehtimolligi kelib chiqishi risklarni, jumladan investitsion risklarning paydo bo’lishini ko’rsatadi.
Shu sababli, real sektor korxonalari investitsion faoliyatini muvaffaqiyati birinchi navbatda korxonaning riskka bo’lgan munosabatiga bog’liqdir. Bu esa real sektor korxonalari investitsion faoliyatiga ta’sir etuvchi risklarni boshqarishni har tomonlama va chuqur o’rganishga undaydi.
Hozirgi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida real sektor korxonalari korxonalari investitsion faoliyatining asosiy maqsadi korxonalarning yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish, yangi bozorlarni o'zlashtirish orqali raqobatdosh mavqeini saqlab turish va yuqori samaraga erishish hisoblanadi. Shunday ekan, real sektor korxonalari korxonalarining har bir faoliyat turi to'g'ridan-to'g'ri investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali amalga oshiriladigan investitsion faoliyat bilan bog'liq bo'lib, tadbirkorlik faoliyatida namoyon bo'ladigan xatarlar investitsion faoliyat risklariga to'liq bog'liqdir. Demak, investitsion qarorni ishlab chiqishda, qabul qilishda va amalga oshirishda eng muhim bo’lgan risk ta’sirini hisobga olish
juda muhim sanaladi.
Bosqich
Jarayon
Maqsad
Vazifalar
Real sektor korxonalari investitsion faoliyatiga ta’sir qiluvchi risklarni ta’sirini tahlil qilish va boshqarish uchun 5-rasmda keltirilgan risklarni boshqarish mexanizmini qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1-bosqich
Sifat tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |