Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya”



Download 5,03 Mb.
bet19/27
Sana13.11.2022
Hajmi5,03 Mb.
#865236
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
Молия мус тал Услубий кулланма

rasm. Korxonalar foydasining shakllanishiga ta’sir etuvchi risklarning boshqarishning umumiy ko’rinishi17

7-rasmdan ko’rinadiki, korxonaning moliyaviy holatini va iqtisodiy jihatdan adekvatliligini aniqlashda risklarning omilli tahlilini amalga oshirish muhim o’rin tutadi. Har bir operatsiya turi bo’yicha risklarni tahlil qilish, ularning risk darajasini baholash va yuzaga kelish sabablarini aniqlash ularni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Umuman olganda, korxonalarda investitsiya loyihasi bo’yicha risklarni pasaytirishga imkon beruvchi barcha tadbirlarni shartli ravishda 4 ta guruhga ajratish mumkin18:

    • risklarni loyiha qatnashchilari orasida taqsimlashga imkon beruvchi diversifikatsiyalash;

    • loyiha risklarini sug’urtalash, bu jarayon iqtisodiyotimizning bozor munosabatlariga o’tish davri sharoitida o’zining birinchi qadamlarini qo’ymoqda;

    • loyihalarni amalga oshirish jarayonida kutilmagan holatlarga ajratmalar ulushini ko’paytirish;

    • risklarni berish yoki taqsimlash.

Korxonalar foydasi shakllanishiga ta’sir etadigan alohida risklar ta’sirini yo’qotish yoki yumshatish uchun bir qancha usullar qo’llanilishi mumkin.
Korxonalar foydasining shakllanishiga ta’sir etuvchi risklarning boshqarishda




17Попова Р.Г., Самонова И.Н., Добрасердова И.И. Финанси предприятий. - СПб.: “Питер”, 2007. – 208 с
18 Nosirov E.I., Mamatov B.S., Shoislomova N.Q., Sharifxodjayeva K.U. Investitsiya risklarini boshqarish. O’quv qo’llanma. T.: “Fan va texnologiya”, 2011. – 146 b.
korxonaning sof foydasi hajmining o’zgarishiga baho berish, foydaning ko’paygan yoki kamayganligiga mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan va boshqa faoliyatlardan erishilgan natijaning ta’sir etishini aniqlash, foydaning shakllanishi va ishlatilishining asoslanganligin tekshirish, foyda hajmining ko’payish yo’llari va omillarini belgilash kabi omillar muhim o’rin tutadi.
Respublikamiz amaliyotida korxonalar investitsion loyihalarini moliyalashtirish risklarini boshqarishda sezilarli muammolarning mavjudligi va uni hal qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Investitsion faoliyat jarayonida samarali investitsiya qarorlarining qabul qilinishi, chuqur tahlilga asoslangan va investitsion faoliyati sharoitida mavjud tafovutlarni hisobga olgan holda investitsiyalarni kafolatlashga tizimli yondashuvni shakllantirish bilan birga olib borilishi, tashqi xavf darajasini pasaytirishga imkon beradi va ushbu tizimning aniqligi hamda uning faoliyat mexanizmlarining barqarorligi uchun sharoit yaratishi mumkin. Bu esa tarmoqqa kiritilayotgan investitsiyalarni riskdan xoli bo’lishiga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, korxonalar foydasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni, uning asosiy o’zagini tashkil etuvchi risklarni baholash va boshqarish uslubiyotini hamda kamaytirish tadbirlarining amaliy samaradorligini tahlili asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish va takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash g’oyat muhim masala hisoblanadi.
XULOSA
Investitsion faoliyatga risklarni ta’siri, hozirgi iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida juda katta hisoblandi. Investor faoliyatiga risklarning ta’siri tufayli qo’shimcha xarajatlar ko’rinishidagi yo’qotishlarning vujudga keladi va natijada investitsiya faoliyati riski paydo bo’ladi. Shu sababli, investitsiya faoliyati samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan barcha risklarni aniqlamasdan samarali investitsiya loyihasini ishlab chiqish mumkin emas.
Investitsiya riski - investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish jarayonida rejalashtirilgan foydani olmaslik ehtimoli tushuniladi. Investitsion faoliyatni amalga oshirish, moliyaviy qo’yilmalar hajmi, belgilangan maqsadlar bo’yicha farq qiladigan turli xil investitsiya loyihalarining muhim nazorat punktlarini aniqlash uchun ularni bosqichlarga ajratish talab etiladi, ular o’tishi jarayonida tashqi va ichki omillarning ta’sirini hisobga olgan holda loyihani rivojlantirishning mumkin bo’lgan yo’nalishlari to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar talab qilinadi.
Investitsion faoliyat jarayonida samarali investitsiya qarorlarining qabul qilinishi, chuqur tahlilga asoslangan va investitsiya faoliyati sharoitida mintaqaviy tafovutlarni hisobga olgan holda investitsiyalarni kafolatlashga tizimli yondashuvni shakllantirish bilan birga olib borilishi, tashqi xavf darajasini pasaytirishga imkon beradi va ushbu tizimning aniqligi va uning faoliyat mexanizmlarining barqarorligi uchun sharoit yaratishi mumkin. Bu esa tarmoqqa kiritilayotgan investitsiyalarni riskdan xoli bo’lishiga yordam beradi.
Investitsion loyihalarni moliyalashda investitsiya risklari va ularni boshqarish juda ko’p qirrali jarayon bo’lib, ushbu jarayonning samarali yo’lga qo’yilishi investorlar tomonidan moliyalashtirilgan investitsion loyiha hayotiyligi va samaradorligini ta’minlash, buning natijasida investorlarni daromadlari darajasini oshirish imkonini beradi.
Korxonalar foydasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni, uning asosiy o’zagini tashkil etuvchi risklarni baholash va boshqarish uslubiyotini hamda kamaytirish tadbirlarining amaliy samaradorligini tahlili asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish va takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash g’oyat muhim masala hisoblanadi.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishga bo’lgan tizimli yondashuv, ya’ni investitsion mablag’lardan foydalanish ustidan dastlabki nazoratni to’g’ri va mukammal amalga oshirish, bunda birinchi navbatda, investorni xarakteriga, uning moliyaviy ahvoliga, ushbu sohadagi tajribasiga hamda loyihaning sifat ko’rsatkichlari holatiga alohida e’tibor berish kerakligi, investitsion loyiha moliyalashtirilgandan keyingi davrda loyiha bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni, loyihaga ajratilayotgan mablag’lar maqsadli sarfini doimiy ravishda tahlil qilib borish, loyiha ishga tushirilgandan so’ng daromadlar kirimini o’z muddatida
amalga oshirilishi, muddati o’tgan debitorlik-kreditorlik qarzdorliklariga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rib borish zaurligi, investitsion loyihalarni moliyalashda yuzaga keladigan investitsion risklarini boshqarishni mikrodaraja va makrodarajada ko’rib chiqish maqsadga muvofiqligini ko’rib chiqish zarur.
Investitsiya faoliyatida risklar va ularni boshqarish tizimi investorni tashqi va ichki tahdidlar ta’siridan himoyalovchi hamda qonunchilik me’yorlari doirasida amal qiluvchi, o’zaro munosabat va aloqalarda muayyan yaxlitlikni ifoda etuvchi elementlar majmuini tashkil etadi. Shuning uchun investitsion faoliyatda risklarni oldini olishni me’yoriy asosini ishlab chiqish maqsaga muvofiq.
Xalqaro amaliyotda investitsion risklar rivojlanishi bilan investitsiya faoliyatida firibgarlik holatlarining ko’payadi, malakali kadrlarning yo’qotilishi va inqiroz sharoitida standart tartiblarga yetarlicha e’tibor qaratmaslik hollarining uchraydi. Bu holatda malakali kadrlarni tayyorlash, ahborot xavfsizligini ta’minlash va inqirozga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishni doimiy amalga oshirish.
Investitsion loyihalarni risklilik darajasini baholash va investitsion faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishning xorij tajribalari amalda qo’llash, korxona va moliyaviy tashkilotlarda riskni boshqarish bo’limlarini tashkil etish.
Rivojlangan davlatlarda korxonalar faoliyatiga ta’sir etadigan risklarni kamaytirish uchun o’z ish faoliyatlarida autsorsing va benchmarkinglarni qo’llash maqsadga maqsadga muvofiq.
Mamlakatimizda investitsion faoliyatida risklarni boshqarish va ularni oldini olish maqsadida sug’urta bozorini rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirish zarur. Hozirgi kunda sug’urta bozori rivojlanishi juda sekin hisoblanadi.

Download 5,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish