Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va buxgalteriya fakulteti br-92 guruh talabasi : to’xtanzarov shohruxning auditga kirish fanidan mustaqil ishi
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI MOLIYA VA BUXGALTERIYA FAKULTETI BR-92 GURUH TALABASI : TO’XTANZAROV SHOHRUXNING AUDITGA KIRISH FANIDAN MUSTAQIL ISHI
Maxsus savollarni tekshirish natijalari boʻyicha auditorning hisoboti.
UMUMIY QOIDALAR
MAXSUS SAVOLNI TEKShIRISh NATIJALARI BO‘YIChA AUDITOR HISOBOTI
UMUMIY QOIDALAR Standartning maqsadi maxsus savolni tekshirish natijalari bo‘yicha auditor hisobotini tuzish tartibini aniqlash hisoblanadi.
Auditorlik tashkilotlari maxsus savolni tekshirish chog‘ida auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq xalqaro audit standartlarini qo‘llashlari mumkin.
Mazkur standart talablari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy axborotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish chog‘ida maxsus savolni (matn davomida — maxsus savol deb yuritiladi) tekshirishda barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
MAXSUS SAVOLNI TEKShIRISh NATIJALARI BO‘YIChA AUDITOR HISOBOTI Auditor hisoboti quyidagilarning auditorlik tekshiruvlari yakunlari bo‘yicha tuziladi::
Moliyaviy hisobotning ayrim hisobvaraqlari yoki bo‘limlari (keyinchalik “moliyaviy hisobotning komponentlari yoki ayrim ko‘rsatkichlari” deb yuritiladi) ularning to‘g‘riligini baholash maqsadida;
Unumdorlikni va samaradorlikni baholash maqsadida xo‘jalik tizimining ayrim qismlari;
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotning ayrim hisobvaraqlari yoki bo‘limlari;
MAXSUS SAVOLNI TEKShIRISh NATIJALARI BO‘YIChA AUDITOR HISOBOTI Xo‘jalik yurituvchi subyekt xo‘jalik tizimining ayrim qismlari (elementlari) qonun hujjatlariga, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan belgilangan me’yor va qoidalarga mos kelishi
Maxsus savolni tekshirish buyurtmachisi moliyaviy axboroti tekshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyekt, uning mulkdori, ishtirokchi va aksiyadorlari, mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektda maxsus savolni tekshirishni o‘tkazish tashabbuskori bo‘lgan nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar bo‘lishi mumkin.
Maxsus savolni tekshirishni o‘tkazish bo‘yicha ishlarga tegishli tekshiruv buyurtmachisi hisobidan haq to‘lanadi.
Shartnoma shartlariga rioya qilish
MAXSUS SAVOLNI TEKShIRISh NATIJALARI BO‘YIChA AUDITOR HISOBOTINING MAZMUNI Maxsus savolni tekshirish natijalari bo‘yicha auditor hisoboti quyidagi elementlarni o‘z ichiga olishi lozim:
Adresat
Kirish qismi:
Hisobotning nomi (tekshirilayotgan savolni ko‘rsatgan holda, masalan, “biror” korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tekshirish natijalari bo‘yicha auditorlik tashkilotining hisoboti”)
Tekshiruvda ishtirok etgan auditor (auditorlar), shuningdek auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi-sharifi;
Auditorlik tekshiruviga olingan maxsus savolning tavsifi (bayoni);
Auditorlik tashkilotining nomi, pochta manzili va boshqa rekvizitlari (auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya raqami va berilgan sanasi,
Tahliliy qism
Maxsus savolni tekshirish chog‘ida auditor tomonidan bajarilgan taomillar ro‘yxati;
Aniqlangan qoidabuzarliklar (aniq dalillar);
Tekshiruv chog‘ida qo‘llanilgan standartlarga havola;
Maxsus savolni tekshirish natijalari haqida auditorlik tashkilotining fikri
Maxsus savolni tekshirish natijalari bo‘yicha auditor hisoboti topshirilgan sana
Auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari imzolari.
Yakuniy qism
Zarurat bo‘lganda auditor hisobotda tekshiruv chog‘ida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan tartibga ko‘ra o‘tkaziladigan, tekshiruv obyektining unumdorligi va samaradorligi takomillashishiga va oshishiga olib keladigan tavsiyalar va takliflar berishi lozim.
Maxsus savolni tekshirish bo‘yicha auditor hisobotining har bir sahifasi maxsus savol tekshiruvini o‘tkazgan auditor (auditorlar) tomonidan imzolanishi kerak.
Zarurat bo‘lganda auditor hisobotda tekshiruv chog‘ida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan tartibga ko‘ra o‘tkaziladigan, tekshiruv obyektining unumdorligi va samaradorligi takomillashishiga va oshishiga olib keladigan tavsiyalar va takliflar berishi lozim.
Agar auditor tekshiruv obyekti bo‘yicha bir xilda fikr bildira olmasa, u yakuniy qismdan oldin mazkur qarorining muhim asoslari tushuntiriladigan qo‘shimcha qismni kiritishi lozim. Auditor yakuniy qismdagi fikrni shakllantirishda qo‘shimcha qismda bayon qilingan asoslardan foydalanadi.
Auditorlik tashkiloti maxsus savolni tekshirish natijalari bo‘yicha auditor hisoboti shaklining bir xilda bo‘lishiga rioya qilishi lozim.