Yuqorida jadvalda keltirilgan ko’rsatkichlarni korxona yillik hisobotidagi «Buxgalteriya balansi» (1-shakl), «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot» (2-shakl) va xokazolar yordamida quyidagicha hisoblanadi.
Joriy likvidlik yoki umumiy qoplash koeffitsenti = (pul mablag’lari + qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar + sof debitorlik qarzlari + moddiy ishlab chiqarish zaxiralari) / korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari.
Muddatli likvidlik koeffitsenti = (pul mablag’lari + qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar + sof debitorlik qarzi) / korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari.
Absolyut likvidlik koeffitsenti = pul mablag’lari / qisqa muddatli majburiyatlar.
Sof aylanma kapitali q joriy aktivlar - qisqa muddatli majburiyatlar.
Korxonaning amaliy faolligi ko’rsatkichlari
Aktivlarning aylanuvchanlik koeffitsenti = sotishdan kelgan sof tushum / o’rtacha yillik aktivlar.
O’z mablag’larning aylanuvchanlik koeffitsenti = sotishdan kelgan sof tushum / o’z mablag’larining o’rtacha yillik qiymati.
Asosiy vositalar aylanuvchanligi yoki fond qaytimi = sotishdan kelgan tushum / asosiy vositalar o’rtacha yillik qiymati.
Zaxiralarning aylanuvchanlik koeffitsenti = sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari / o’rtacha yillik zaxiralar va xarajatlar.
Zaxiralarning o’rtacha saqlash muddati = 365 kun / zaxiralarning aylanuvchanligi koeffitsenti.
Debitorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsenti = sotishdan kelgan sof tushum / sof debitorlik qarzlarining o’rtacha yillik qiymati.
Debitorlik qarzlarining o’rtacha aylanish davomiyligi = 365 kun / debitor qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsenti.
Kreditorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsenti = sotilgan mahsulot tannarxi / kreditorlik qarzlarining o’rtacha yillik qiymati.
Kreditorlik qarzlarining o’rtacha aylanish davomiyligi = 365 kun / kreditorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsenti.
Operatsion davrning (tsiklining) davomiyligi = zaxiralarning o’rtacha saqlash muddati Q debitorlik qarzlarining o’rtacha aylanish davomiyligi.
Moliyaviy davrning (tsiklning) davomiyligi = operatsion davr davomiyligi - kreditorlik qarzlarining o’rtacha aylanish davomiyligi.
Moliyaviy barqarorlik koeffitsentlari.
Moliyaviy mustaqillik koeffitsenti = korxona o’z mablag’lari (xususiy kapital) / aktivlar summasi (umumiy kapital)
Moliyaviy qaramlik koeffitsenti = qarzga olingan mablag’lar / aktivlar summasi.
Moliyaviy tavakkalchilik koeffitsenti = qarzga olingan mablag’lar / o’z mablag’lari.
Moliyaviy barqarorlik koeffitsenti = o’z mablag’lari / qarzga olingan mablag’lar.
O’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganligi koeffitsenti = o’z aylanma mablag’lari / joriy aktivlar.
Zaxiralarni o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganligi koeffitsenti = o’z aylanma mablag’lari / zaxiralar.
IZOH: O’z aylanma mablag’lari = o’z mablag’lari - uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar va qo’yilmalar)
Korxonaning bozor faolligi koeffitsentlari.
Bitta aktsiyaning daromadliligi = sof foyda / muomaladagi oddiy aktsiyalar soni.
Aktsiyaning bozor bahosi va bir aktsiyaga to’g’ri keluvchi foyda o’rtasidagi munosabat = bitta aktsiyaning bozor qiymati / bitta aktsiyaga to’g’ri keluvchi sof foyda.
Bitta aktsiyaga dividend me’yori = bir aktsiyaga to’g’ri keluvchi dividend bir / aktsiyaning bozor qiymati.
To’langan dividendlar ulushi = to’langan dividendlar summasi / sof foyda.
Yuqorida eng ko’p foydalaniladigan moliyaviy ko’rsatkichlar keltirildi. Aniq
bir biznes-rejani ishlab chiqish jarayonida korxona faoliyatni o’tgan davrlarda to’la ko’rsatib bera oladigan ko’rsatkichlarni tanlab olish mumkin, chunki ularning ko’pchiligi bir biriga o’xshash yoki bir xil ma’lumotni berishi mumkin.
Moliyaviy rejaning keyingi muhim bo’limi tushum va xarajatlar balansi bo’lib, u biznes-loyihaning (yangi ish, yangi ishlab chiqarishni tashkil etish va hokazo) foyda keltirishi yoki keltirmasligi, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qancha mablag’ kiritish lozimligini baholashga imkon beradi. Odatda u korxonaning daromad va xarajatlari balansi deb ataladi.
Mazkur bo’limning asosiy vazifasi pul mablag’lari kelib tushishi va sarflanishining sinxronligini, ya’ni har bir lahza uchun ushbu mablag’larning etarli ekanligini aniqlashi lozim. Boshqacha qilib aytganda, korxona aktivlarini tezda pul mablag’lariga aylantirish yoki loyihani amalga oshirishda uning likvidligini anglatadi. Shuni e’tiborga olish kerakki, likvidlik bilan bog’liq muammo bozor munosabatlari sharoitlarida korxonalarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sabablaridan biri hisoblanadi.
Umuman daromad va xarajatlar balansi korxonaning qanchalik samarali ishlashini tavsiflaydi. U shuningdek, soliq deklaratsiyalarini to’ldirish, kredit so’rab murojaat qilishda ham katta ahamiyatga ega.
Moliyaviy rejaning ushbu bo’limida aks ettiriluvchi asosiy ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
mazkur tovarni sotishdan kelib tushgan pul tushumi;
mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq ishlab chiqarish xarajatlari (moddalar bo’yicha);
umumishlab chiqarish xarajatlari (moddalar bo’yicha);
soliq va boshqa to’lovlar;
sof foyda;
korxona tasarrufida qoluvchi foyda.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ko’rsatkichlarni hisoblash mexanizmi ularga xos bo’lgan ishlab chiqarishning moliyaviy jihatlarini aks ettirib, xuddi ishlab
chiqarishni rejalashtirish, mahsulotni sotish hajmini bashorat qilish va biznes-rejaning boshqa bo’limlaridagi kabi alohida jadvalda umumlashtiriladi. Yillik daromad va xarajatlar balansi choraklar bo’yicha, choraklik balans esa oylar bo’yicha taqsimlagan holda ishlab chiqiladi. Keyingi holatda ushbu hujjat tezkor xarakterga ega bo’lib,
korxonaning moliyaviy faoliyatini tartibga solishga xizmat qiladi.
Daromad va xarajatlar balansi bilan birga korxona yil boshi va oxirida aktiv va passivlar yig’ma balansini turadi. Bu hujjatning ahamiyati daromad va xarajatlar balansi kabi yuqori bo’lmasada, biznes-rejani usiz tuzish mumkin emas. Ushbu balans tijorat banki mutaxassislari tomonidan turli shaklda kiritish mo’ljallanayotgan aktivlarning maqsadga muvofiqligi va ularningn summasini baholash, shuningdek, ushbu aktivlarni qaysi passivlar hisobiga moliyalashtirishga harakat qilinayotganligini aniqlash nuqtai nazaridan sinchiklab o’rganiladi. Korxonaning o’zi uchun bu hujjat moliyalashtirish manbalarining ishonchliligi va sifatliligini baholash uchun kerak bo’ladi.
Daromad va xarajatlarni rejalashtirish
Daromad va xarajatlarni rejalashtirish biznes-rejani ishlab chiqishning yakunlovchi bosqichi bo’lib, u iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalari, bozor,
inflyatsiya, ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil qilinishida ro’y berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar tendentsiyalari haqidagi obyektiv axborotlarga tayanishi lozim. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni borayotgan, korxonalar mustaqil xo’jalik subyektlariga aylanib, ishlab chiqarishdagi yutuq va kamchiliklar uchun o’zlari to’liq javob berayotgan hozirgi sharoitlarda daromad va xarajatlar ko’rsatkichlarini aniqlash obyektiv zaruratga aylanib bormoqda.
Biroq daromad va xarajatlar rejasi - moliyaviy rejalashtirishning materiallashgan natijalari - bozordan oldingi iqtisodiy xo’jalik sharoitlarida ham mavjud bo’lgan. U biznes-rejadagi kabi, texnik-moliyaviy-sanoat rejalarida ham yakuniy bo’lim hisoblangan. Hozirgi va ilgari amal qilgan hujjatlar o’rtasida farq shundaki, ilgari daromad va xarajatlar davlatga tegishli bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda ularning barchasi korxona egasi qo’lidadir. Aynan u birinchi navbatda korxonaning zarar ko’rmasdan ishlashi, sarflangan xarajatlar foyda keltirishi, ishlab chiqarishning rentabellik darajasi yuqori bo’lishidan manfaatdor bo’ladi.
Daromad va xarajatlar rejasida korxonani moliyalashtirish natijalari faoliyat turlari bo’yicha foydalilik nuqtai nazaridan keltiriladi. Unda korxonaning rejadagi davr uchun daromad va xarajatlarining hisob-kitob bahosi beriladi. Moliyaviy natijalar va xarajatlar moddalarini rejalashtirish 1999 yil 5 fevralda tasdiqlangan «Moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi va mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to’g’risidagi Nizom»ga asosan amalga oshiriladi.
Ushbu nizom mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodolgik asoslari va korxonaning moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibini belgilab beradi.
Unda xarajatlar guruhlanib, moliyaviy natijalarni shaklantirishning asosiy qoidalari keltiriladi.
Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari quyidagi foyda ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: