Pulning kelajakdagi qiymati hozirgi paytda investitsiya qilingan pul mablag’larining belgilangan vaqt o’tgandan so’ng ma’lum bir foiz stavkasini hisobga olgan holda aylanishi lozim bo’lgan miqdorini ifodalaydi. Pulning kelajakdagi qiymatini aniqlash ushbu qiymatning o’sish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, pulning boshlang’ich miqdoriga foiz summasini (foiz to’lovlarini) qo’shib borish yo’li bilan bosqichma-bosqich kattalashtirishni aks ettiradi. Bu summa foiz stavkasi bo’yicha hisoblanadi. Investitsiya hisob-kitoblarida bu stavka nafaqat pul mablag’lari qiymatini o’stirish vositasi sifatida, balki yanada keng ma’noda - investitsiya operatsiyalarining daromadlilik darajasini o’lchash uchun ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |