Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini



Download 3,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/145
Sana12.04.2022
Hajmi3,19 Mb.
#545948
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   145
Bog'liq
M Azlarova Inson resurslarini boshqarish O\'quv qo\'llanma 2019

Qo„shimcha imtiyozlar. 
Yirik yapon korporatsiyalari ishchilarga qo‗shimcha 
imtiyozlar yaratadi. Masalan: har doim yo‗l xarajatlarini to‗laydi. Ishchilar va 
ularning oila a‘zolarining kasalxona xarajatlarini kompaniya qoplaydi.
 
10.4. Yaponiyada kadrlar tayyorlash tizimining xususiyatlari 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda yapon iqtisodiyotining asosiy omili 
kadrlar tayyorlash tizimi deyish mumkin. Uning asosiy xususiyatlari firma ichida 
o‗qitishdir. Firma ichida o‗qitish tizimining muvaffaqiyatini quyidagi sabablar bilan 
izohlash mumkin:
1. Yaponlarning maktabda oladigan fundamental bilimlarga asoslangan yuqori 
ta‘lim darajasi;
2. Zarur bo‗lganda korxonalarning kadrlarni ―korxona ichida tayyorlash

an‘anaviy amaliyoti.


192 
3. Ish vaqtida o‗qitish (IVO‗)ning tarbiyaviy ta‘sirini oshiruvchi kadrlarni 
boshqarish tizimi;
4. Firma ichida o‗qitishni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati.
Firma ichida o‗qitishdan tashqari yapon kadrlar tayyorlash tizimiga davlat 
munitsipal kasbiy o‗qitishi (DMKO‗) ham kiradi va u firma ichida o‗qitishga 
yordamchilik vazifasini bajaradi.
Yaponiyada maktab ta‟limi. 
Urushdan keyingi Yaponiya aholisining ta‘lim 
olishga bo‗lgan ishtiyoqi shunchalik yuqori ediki, shu sababdan bu ―ta‘lim portlashi

deb nomlandi. Bunga Meydzi (1868-1912 yy.) davridagi maktablar islohoti sabab 
bo‗ldi.
1. Bir yo‗nalishli maktab ta‘limi tizimi 1872-yilda ―maktab ta‘limi tizimi
‖ 
haqidagi farmon bilan qabul qilingandi va u feodalizm davrida mavjud bo‗lgan 
harbiy-dvoryanlar tabaqasi uchun ―xenko
‖ 
va oddiy tabaqa ―terikoy
a‖ 
maktablarini 
birlashtirdi. Maktablarni unifikatsiya qilish orqali bir yo‗nalishli ta‘lim tizimi joriy 
qilindi.
Bunga Meydzi davridagi islohotchi xukumat sababchi bo‗ldi. Natijada oddiy 
yaponlar ham kelib chiqishidan qat‘iy nazar, yuqori darajada ta‘lim olish 
imkoniyatiga ega bo‗ldi. Buning natijasida bir yo‗nalishli ta‘lim tizimi bilim 
oluvchilar orasida raqobatga va hozirgi yuqori ta‘lim olgan yapon jamiyatiga olib 
keldi.
2. Ta‘lim darajasini oshishi va sanoat tarkibining modernizatsiyasi.
Majburiy 9 yillik ta‘limni tamomlab, yuqori o‗rta maktablarga kirganlar miqdori 
1960-yilda 60% bo‗lgan bo‗lsa, 1970-yilga kelib 80%, 2000-yilda 94%ga yetdi. 
Yuqori maktabni tamomlab Oliy o‗quv yurtilariga va 2 yillik kollejlarga kirganlar 
yuqoridagi yillarga mos ravishda 10, 24 va 37% ga teng bo‗ldi, 1992-yilga kelib esa 
39%ga yetdi. Yuqori o‗rta maktablarni tamomlab Oliy o‗quv yurtiga kirganlar 
darajasi Yaponiyada juda yuqori. Bu ko‗rsatkich Angliyada 32%, Germaniyada – 33, 
Fransiyada – 38, va AQShda 45%ga teng. Oliy ta‘limga qilinadigan xarajatlar 
Yaponiyada 0,6 %(YaMMga nisbatan), AQShda 1,25% (1989 y), Angliyada -1,2; 
Germaniyada -1,4%ga teng. Yaponiyada davlat sektori Oliy o‗quv yurtlar 


193 
xarajatlarining 90 % davlat va munitsipal xukumat hisobiga bo‗lsa, xususiy sektor 
Oliy o‗quv yurtlari xarajatlarining 15%ini davlat qoplaydi.
Yapon oilalarida farzandlarni o‗qitishga qilinadigan xarajatlarni yaxshi kapital 
qo‗yilmani amalga oshirish yoki bu farzanddar uchun eng yaxshi meros deb qarash 
an‘anasi mavjud. Shu sababli ham oila budjetidan ta‘limga katta mablag‗ ajratiladi.
3. Maktab ta‘limi va firma ichida o‗qitish o‗rtasida funksiyalarning 
taqsimlanishi.
Yapon korxonalarining vakillari endigina o‗quv yurtlarini tamomlaganlar 
orasidan asosiy xodimlarni tanlab oladilar va uzoq muddatli bandlikni hisobga olgan 
holda, korxonalari uchun mos keladiganlarini oladilar. Odatda, ishga qabul 
qilinganlarga korxonada aniq bir vazifa ularning malakalari va qobiliyatlariga qarab 
beriladi. Shu sababdan yollash jarayonida nomzodlarning shu paytdagi bilimlari va 
xususiyatlaridan tashqari, ularning o‗qishga bo‗lgan qobiliyatlari va moslasha olish 
xususiyatlariga ham e‘tibor beradilar. Shu tomonlari bilan yapon yollash jarayoni 
AQSh va Yevrpodagidan keskin farq qiladi.
Yollashga bunday yondashuv maktablarda, professional o‗rta maktablarda va 
OO‗Yularida fundamental bilim berishga asoslangan yapon kadrlar tayyorlash tizimi 
bilan bog‗liq. Ma‘lum bir kasb uchun zarur bo‗ladigan maxsus malaka va texnik 
bilim firma ichidagi o‗qitish jarayonida beriladi.
4. Yuqori o‗rta texnik maktablarining ahamiyati.
Yaponiyada yuqori o‗rta maktablar umum ta‘lim va kasb maktablariga bo‗linadi. 
1990-yilda yuqori o‗rta maktab o‗quvchilarining 13% texnika maktablari hissasiga 
to‗g‗ri kelgan bo‗lsa, 2000-yilda 10%ga, va 2004 yilga kelib 8%ga tushib qoldi. 
Natijada yuqori qobiliyatli texnika o‗quvchilarini yig‗ib olish qiyin bo‗lib qoldi. 
Korxonalar oddiy maktabdan ko‗ra texnika maktab bitiruvchilarini ma‘qul 
ko‗rishardi. Texnika maktablari bitiruvchilari yuqori texnik malaka talab qiluvchi 
instrumentlar va tajriba uchastkalariga taqsimlanadilar. Texnika maktablari o‗rta 
bo‗g‗in injener-texnik xodimlarini tayyorlashga mo‗ljallangan bo‗lsada, hozirgi 
kunda ularning bitiruvchilari malakali ishchilar sifatida yuqoriroq o‗rinlarga ham 
ishga joylashmoqda.


194 

Download 3,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish