189
10.2. Yirik korporatsiya misolida kadrlar xizmati faoliyatini tashkil etish
Nazarimizda yillik oboroti 14 mlrd.dollar, 57 mamlakatda o‗z filiallari mavjud
bo‗lgan ―G
M‖
(AQSh) transmilliy korporatsiyasining (TMK)
xodimlar xizmati
faoliyatini tashkil etish tajribasi bilan tanishish foydadan holi bo‗lmaydi. Uning shu
va boshqa sohalardagi tajribasidan dunyoning ko‗p joylarida foydalanadilar.
―G
M‖
amaliyotida ―inson-unumdorlik va sifat manbai
‖
g‗oyasining tarqalishi
natijasida kadrlar xizmati asta-sekin mehnat strategiyasini ishlab chiuvchi va amalga
oshiruvchi markazga aylanib bordi. Korporatsiyaning kadrlar xizmati ishiga
quyidagilar kiradi:
birinchidan
, yuqori malakali ishchi kuchi bilan ta‘minlash,
rejalashtirish, tanlash, yollash,
nafaqaga chiqarish, ishdan bo‗shatish, kadrlar
qo‗nimsizligini tahlil qilish;
ikkinchidan
, ishchilar malakasini oshirish,
kasbga
yo‗naltirish va qayta tayyorlash, attestatsiyadan o‗tkazish, malaka darajasini
baholash, mansab bo‗yicha harakatni tashkil etish;
uchinchidan
,
mehnatni
rag‗batlantirish va tashkil etishni takomillashtirish, texnika xavfsizligi va ijtimoiy
to‗lovlar bilan ta‘minlash. Kasaba uyushmalari bilan olib boriladigan muzokaralarni
―insoniy resursl
ar‖
boshqarmasining maxsus bo‗linmasi
amalga oshiradi, bundan
tashqari u mehnat intizomini ham nazorat qiladi.
Va nihoyat, ―G
M‖
TMKning boshqaruvchilari aynan kadrlar bo‗linmalarida
tayyorlanadi.
―GM
‖
TMKning kadrlar siyosati asosini ―inson resurslarini
‖
boshqarish
korporativ strategiyasi tashkil etadi. Bu mehnat salohiyatidan foydalanishni, uni
yangilash va
takomillashtirishni, motivatsiyani rivojlantirishni ifodalaydi.
―G
M‖
ning kadrlar strategiyasi mehnat bozoridagi tarkibiy o‗zgarishlar, ishchi
kuchining global, milliy va hududiy darajadagi xususiyatlarini hisobga olgan holda
tuzilgan. Mehnat sohasidagi umumkorporativ strategiya innovatsion, texnologik va
moliyaviy strategiyalar bilan uyg‗unlikda olib boriladi.
Kadrlar xizmati oldiga
xodimlarni boshqarishning 3-5 yildan keyingi ahvoli va ―G
M‖
ning ―inson resurslari
‖
kelajagini bashorat qilish vazifasi ham qo‗yiladi.
190
―Inson resurslarini
‖
boshqarish missiyasi haqida qabul qilingan bayonot, ―G
M‖
kadrlar xizmati uchun strategik yo‗riqnoma bo‗lib xizmat qiladi. Bayonotda quyidagi
vazifalar ko‗rsatilgan:
korporativ biznesni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash;
―inson resurslarining
‖
kelajagini bashorat qilish, ularni rivojlantirish, ijodkor
liderlarni rag‗batlantirish;
tashqi muhit o‗zgarishlariga tezkorlik bilan javob berish va ―G
M‖
ning
ustunliklaridan oqilona foydalanish;
―inson resurslari
‖
sohasidagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishni
ma‘sul rahbarlar
zimmasiga yuklash;
unumli mehnat qilish uchun sharoit yaratish, ijodkorlik va novatorlikni
rag‗batlantirish.
Ishchilarning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish uchun ―G
M‖
qobiliyatli yoshlarni topish maqsadida, kompaniya
bilan tanishtirish va yangi
innovatsion dasturlarga kadrlarni jalb qilish uchun maxsus ―talabalar dasturlarini
‖
uyushtiradi. 600ga yaqin talabalar kompaniyaning turli bo‗lim va idoralarida
shartnoma asosida ishlaydi. O‗z navbatida, ―G
M‖
o‗z
xodimlarini turli
universitetlarga ma‘ruzachi va o‗qituvchi sifatida yuborib turadi. Korxona doirasida
ham menejment va boshqa fanlar bo‗yicha maxsus o‗quv kurslari uyushtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: