119
29-rasm. Yuqori samaradorli komandalarning xususiyatlari
43
2.
Katta komanda ichida bir yoki ikki guruh paydo bo‗ladi;
3.
Komandaning butuniyligi yo‗qoladi. Atrof-muhit bilan komandaning tashqi
munosabatlarida birlik bo‗lmaydi.
Komandani lider boshqaradi. Lider liberal uslubida boshqaradi. Liderning
strategik, ayniqsa, mushqul va mas‘uliyatli vazifalari - bu komanda mafkurasini
ishlab chiqish, strategik
maqsadlarni kashf etish, komandaga yuqori malakali
mutaxassislarni tanlab taklif etish va komanda faoliyatida korporativ ruhini rasm qilish.
Liderning operativ vazifalari quyidagilardir:
1.
Komandada a‘zolarning o‗zaro shaxsiy munosabatlarini kuzatib borish,
43
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
Komanda faoliyatining
yuqori natijaviyligi
Komanda
mustaqilligining yuqori
darajaligi
Komanda katta,
muqaddas, yakuniy
maqsadni mo'ljallagan
holda ishlashi
Komanda a'zolarining rol
va
vazifalari bilan yaxshi
balanslashtirilganligi
Komanda a‘zolari bir-biri
bilan hamkorlikda ishlashi
O‗z xatolari asosida
o'rganish, o'z
muvaffaqiyatsizligidan
ta'lim
Yuqori samaradorli komandalarning
xususiyatlari
120
yaxshilash va quvvatlash;
2.
Komandaning qoidalariga, me‘yorlariga va qadriyatlariga
mutaxassislarning rioya qilishini ta‘minlash;
3.
Komandaning manfaatlarini har yerda himoya qilish.
Muvaffaqiyatli lider uchun eng muhimi: oydin maqsadlar o‗rnatish,
aldamchi umidlarni tug‗dirmaslik, har bir faoliyatni kichikdan boshlash. Va‘da
berish barchasidan oson. Bajarilmagan va‘dalar lider obro‗sini tushiradi. Lider
doim ishchisi erishgan yutuqlarni tan oladi
va maqtovga loyiqlarni
rag‗batlantiradi. Komandada sog‗lom ruhiy "iqlim" yaratish uchun va komanda
a‘zolari o‗z kuchiga ishonishlari uchun lider har qanday imkoniyatdan
foydalanadi. Lider barcha mutaxassislar bilan birgalikda ishlaydi. Kuchli lider ish
jarayonida hech qachon bir chetda turmaydi.
Komanda yaratish mushkuldir. Asl komanda a‘zolarining asosiy xususiyatlari
quyidagi talablarga javob berishi lozim: o‗z kuchiga tayanish,
mustaqillikga
intilish, muvaffaqiyatga chanqoqlik va hisobli tavakkallikga moyillik. Manfaatlari
va havaslari umumiy bo‗lganligi uchun, fe‘llari va odatlari bir-biriga to‗g‗ri
kelganligi uchun yuqori malakali mutaxassislar komandada birlashadilar. Ular
komanda bilan ixtiyoriy birlashish orqali, o‗zlarining ham ayrim aniq shaxsiy
ehtiyojlarini qondirishga intiladilar.
Sog‗lom ruhiy «iqlim»ga ega bo‗lgan ahil komandani qurish usullari kichik
mehnat guruhlarining yaratilishga asoslangan.
Ushbu usullar komanda
xodimlarning yoshi, jinsi, mutaxassisligi va temperamentidek alomatlar
Mutaxassislar orasida bir-biriga nisbatan oqilona miqdorda bo‗lishi lozim.
Mutaxassislar orasida ushbu 4 alomat bir-biriga nisbatan oqilona balanslashtirilishi
orqali komandaning komplementallik, kontrastlik va gomeostatlik kabi
xususiyatlari ta‘minlanadi.
Jamiyatimizda har yili minglab firmalar barbod bo‗layotir.
Bu achinarli
hodisalarning sabablari har xil: tanglik, korporativ hamkorlik mohiyatini tushunib
bilmaganligi, sheriklarning urishib ketishi, nimanidir bo‗lisha olmasliklari bo‗lishi
mumkin. SHuning uchun samarador komandani yaratish qobiliyati bugungi kunda
121
ayniqsa muhimdir. Lider uchun eng katta mukofot va o‗z ketidan qoldiradigan
uyg‗un meros bu: iste‘dodli, qobiliyatli, o‗ziga ishongan,
muvaffaqiyatli
hamkorlikni amalga oshira oladigan, mustaqil ishlab, har qanday mushkul
muammoni echa biladigan yuqori malakali mutaxassislar komandasidir.
Shubhasiz, komanda yo‗q joyda, bugun yutuq ham yo‗qdir.
Do'stlaringiz bilan baham: