Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/119
Sana10.11.2022
Hajmi3,36 Mb.
#863167
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119
Bog'liq
bf38146bc2168d50713601cc4c623b0a TURIZM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI

Tayanch iboralari; 
xizmatlar, servis, asosiy va qushimcha 
xizmatlar, is‘temolchilarning hulq atvori. 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar. 
1.Ekskursiyaning o‗ziga hos hususiyatlarini izohlab bering 
 
2.Turistlarning ekskursiya qilishdan qanday maqsadlari bo‗lishi 
mumkin?
 
3.Turistlarga ekskursiya xizmati qanday tashkil etoiladi?
4.Turizm turlarining tasnifi bo‗yicha yana qanday turlarni bilasiz? 
5.Turizm turlarining tasnifi bo‗yicha yana qanday turlarni bilasiz?
6.Ilk sayohatchilar kimlar bo‗lgan? 
Adabiyotlar 
1.
O‗zbеkiston Rеspublikasining ―Turizm to‗g‗risidagi‖ qonuni. Xalq so‗zi / 
1999 yil 20 avgust. 
2.
Хамидов О. Х. Безопасность питания туристов : монография / Хамидов 
О. Х., Сафаева С. Р., Очилова Х. Ф.. - Тошкент : Iqtisodiyot, 2017. - 145 с;
3.
Сафарова Н. Н.Туризм ривожланишининг илмий-назарий асослари / 
Сафарова Н. Н., Нарзикулов М. П.. - Тошкент : IFMR, 2017. 
4.Ekskursiya xizmatini tashkil qilish : o`quv qo`llanma / Tuxliyev I., 
Amriddinova R., Tursunova G.. - Toshkent : Barkamol fayz media, 2018. – 
296 b 


151 
13 – BOB. TURIZMDA MARKETING FAOLIYATLARI
13.1.Turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi. 
13.2. Mehmonxona xo„jaligi marketingi. 
13.3. Turizm marketingining xususiyatlari 
 
13.1.Turizmda marketing faoliyatlarining
boshlanishi. 
Turizm industriyasida marketing faoliyatlari XIX asr oxirlarida, tunash 
va sayohat byurolari bilan birgalikda Angliya va keyinchalik Yevropa 
qit‘asida amalda qo‗llanila boshlagan. Turizm marketingining tizimli 
(tizimtik) bir shaklda inobatga olinishi va o‗rganilishi 1950 yillarda 
Yevropada amalda qo‗llanilgan. Ikkinchi jahon urushigacha iste‘mol soha 
bo‗lgan turizm tarmog‗i, urushdan keyin Yevropadagi sanoatlashuv 
harakati 
bilan 
birga 
rivojlanishga 
va 
tarqalishga 
boshlagan. 
Iste‘molchilarning sotib olish imkoniyatlari ortgan va turizm tarmog‗i 
xalqaro xususiyat qozonib, talab va taklif muvozanati buzilishni 
boshlagan. 1936 yildan e‘tiboran, Yevropada pullik ish haqining berilishi 
bilan ishchilar, mutaxassislar ta‘tilga chiqib turizm harakatlariga 
qatnashganlar. Tunash muassasalarida o‗zgarish ortgan, yangi tunash 
tarmoqlari yuzaga kelgan. Sayyohat qilgan insonlar soni har yili tez 
sur‘atlarda ortib borgan. Ta‘tilga chiqish nisbati Yevropada jami aholining 
60% ini tashkil qilgan.
Xususan, 1970 yillardan keyin talabni yonlantirish uchun turizm 
marketingi tadqiqotlariga e‘tibor berilgan. Marketing, mahsulotning 
bozorda iste‘molchi bilan qarshilashishi va bir birlari bilan tenglashishidir 
degan edik. Turizm marketingini turistik xizmat yoki mahsulot bilan 
turizm bozori shakllantiradi.. 
Turizm bozori geografik nuqtai nazardan ikki qismiga milliy va 
xalqaro turizm bozoriga ajratiladi. Bozordagi iste‘molchilar turist deb 
ataladi. 
Turizm 
marketingida 
mahsulotga 
qaraganda 
xizmatning 
bozorlanishi asosiy hisoblanadi. Turizmda ishlab chiqarilgan xizmatlar 
juda turli xil xizmatlarning yig‗indisidan tashkil topmoqda. 
2.
Turizm marketingi, milliy turizm tashkilotlari yoki turizm 


152 
muassasalarining, milliy va xalqaro tartibda turistlarning ehtiyojlarini 
(optimize) his etishga qarab tizimli va birlikli harakatlardan tashkil 
topmoqda. Insonlarning bo‗sh vaqtlarini qadrlash maqsadida ish, oila, 
konferensiya maqsadlarida bir mintaqada, o‗lkada yoki mamlakatlar 
orasida sayohat etish xohishi va ehtiyoji turistik korxonalarning tashkil 
topishiga sabab bo‗lgan. Bu korxonalar, iste‘molchi bo‗lgan turist 
guruhlarini eng uyg‗un yerlarda, eng yaxshi sharoitlarda sayohat qildirish 
maqsadida bir qancha uslublar va texnikalar yaratmoqda. Boshqa bir 
turizm marketingi ta‘rifi quyidagicha izohlanadi: 
―Turistik mahsulot va xizmatlarni turizm vositalari yordamida 
mahalliy, mintaqaviy, milliy va xalqaro rejada ishlab chiqaruvchinng va
iste‘molchi bo‗lgan turistga oqimi va yangi turistik iste‘mol ehtiyojlari va 
takliflarining yaratilishi bilan bog‗liq faoliyatlarining yig‗indisi turizm 
marketingidir‖.
3.
Turizm sektorida yetishtirilgan mahsulot va xizmatlarning 
marketingida industriya mahsulotlarining marketingidan farqli ba‘zi 
xususiyatlar bo‗lmoqda. Mehmonxona xonalari uchun bo‗lgan talab 
o‗zgaruvchan talabdir. Mavjud mehmonxona mahsulotlarining eng 
ahamiyatlisi bo‗lgan mehmonxona xonalari, yer va makon boqimidan 
barqarordir. Talab kamaygan vaqtda bo‗sh hajm yuzaga keladi va 
talabning eng yuqori bo‗lgan vaziyatlarida mutlaqo ma‘lum bo‗lgan ustki 
sig‗im chegarasi bor, bu chegaradan o‗tilmaydi. Mehmonxonachilik 
asosidagi marketing, eng oldin bozorning uyg‗unligi va izlanish yo‗li bilan 
talabning qozonilishiga ega bo‗ladi. Bu izlanish, mehmonxona uchun eng 
yaxshi bozor imkonini, bozordagi bir joyni yoki alternativ joylar orasidagi 
mehmonxonalardan birortasini saylashni belgilaydi yoki ma‘lum bir joyda 
quriladigan eng yaxshi mehmonxona shaklini ta‘minlaydi. Marketing 
mehmonxona muassasi bilan davomli bozor izlanishi, mahsulot 
yetishtirish, sotish, tartiblik va ko‗zdan kechirish kabi marketing 
bosqichlari bilan aloqada bo‗ladi. Mehmonxonalar insonlarga xizmat 
ko‗rsatish maqsadida qurilgan tijoriy tashkilotlardir.
4.
Oxirgi yillarda iqtisodiy o‗zgarishlar va yangi texnikalarning 
rivojlanishi korxonalarning xizmat va mahsulotlarni marketing shakllarida 
va korxona boshqaruvlarida ahamiyatli o‗zgarishiga sabab bo‗ldi. 


153 
Kompyuter texnologiyalaridagi rivojlanishlar ba‘zi turistik masofalarning 
oldingi rejaga chiqishiga sabab bo‗ldi. Iste‘molchi munosabatlaridagi 
o‗zgarishlar va boshqa omillar korxona xo‗jayinlariga xaridorlarning 
kutish vaqtlarini o‗tganini, endi o‗zlari borib xaridorlarni izlash va ularni 
o‗zlariga jalb qilishi kerakligini tushina boshladilar. Bu jarayon restoran 
yoki mehmonxona kabi sayohat byurosi uchun ham taalluqlidir. 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish