2.3 Windows dasturi haqida tushuncha
WINDOWS operasion tizim (OT) yuqori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bezagi, uz- uzini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS-98 grafik maxsulotning ko‘rinishi, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha yaratilgan multimedia ilovalarini kullash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Universal Serial Bus (USB) shinasi yordamida tashki qurilmalarning oson ulanishi va uzib kuyilishini taminlaydi, televidenie hamda shaxsiy komp'yuterning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi.
WINDOWS-98 ning oldingi versiyalardan, xususan WINDOWS-95 dan asosiy farqi — uning ishlatilishi va Internetga kirishdagi soddaligi xisoblanadi. Unda Web texnologiyasi bo‘yicha uzgaruvchan yordam tizimi va komp'yuter ishlatilishini urgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Web- yo‘naltirilgan interfeys foydalanuvchiga komp'yuterda, maxalliy komp'yuter tarmoqida hamda Web-texnologiyada axborotlarning bir xil shaklda ifodalanishini ta'minlaydi va shu bilan birga axborotlar kidiruvini osonlashtiradi.
Windows-98 ishlatilgan xolda qurilmalarga quyidagi minimal talablar qo‘yiladi:
prosessor — Pentium-100 mgs va undan yuqori;
tezkor xotiraning xajmi — 16 Mbayt va undan katta;
tizimning standart urnatilishi uchun kattik diskda (vin chesterda) 195 Mb bo‘sh joy bo‘lishi kerak, lekin tizimning konfigurasiyasi va tanlangan qismlar soniga qarab, 120 dan 295 Mb gacha bo‘sh joy zarur bo‘lishi mumkin;
kompakt-disklar va DVD disklari uchun diskovod;
monitor — VGA yoki undan xam yuqori aniqlikka ega bo‘lgan qurilma;
kiritish qurilmalari — Microsoft Mouse sichqonchasi yoki unga mos boshqa qurilma.
Agar komp'yuterda WINDOWS-98 OT urnatilgan bo‘lsa, u komp'yuter yoqilishi bilan
ishga tushib ketadi va natijada ekranda quyidagi Ko‘rinish (5.1- rasm) paydo bo‘ladi: WINDOWS-98 ekranining asosiy qismlari:
ish stoli — asosiy soxa;
masalalar paneli («Pusk» tugmachasi bilan boshlanadigan qator) — odatda ekranning kuyi qismida joylashadi.
Ish tugagach, sichqonchani «Pusk» tugmachasida bosib «Zavershenie raboti» bo‘limini tanlash kerak, xosil bo‘lgan savol-javob oynasida «Viklyuchif komp'yuter» (Komp'yuterni uchirish) buyrug‘ini tanlab, «Da» (Ua) tugmachasini bosish zarur. Bunday ketma-ketlik WINDOWS-98 tizimiga uz ishini to‘g‘ri tugatish va vaqtinchalik fayllarini berkitishi uchun imkon beradi.
WINDOWS-98 OPERASION TIZIMINING ISH STOLI
WINDOWS-98 ish stolida tizim ilovalarining rasmchalari (znachoklar) va belgilari (yorliklar) joylashgan. Tizimning standart urnatilishida bu quyidagi ilovalardir: «Moy komp'yuter» (Mening komp'yuterim), «Setevoe okrujenie» (Tarmoq muxiti), «Korzina» (Savat), «Vixod v Internet» (Internetga chiqish). Lekin Siz, xurmatli o‘quvchi, zaruriyatga qarab, ish stolida foydalanayotgan ilovalaringiz yorliklarini chiqarib olishingiz mumkin. Buning uchun sichqoncha ko‘rsatkichini stolning ixtiyoriy bo‘sh joyiga olib borib, sichqonchaning ung tugmachasini bosish zarur. Namoyon bo‘lgan buyruqlar ro‘yxatida «Sozdaf» (Yaratish) buyrug‘ini tanlab, navbatdagi paydo bo‘lgan ro‘yxatda «Yarlik» (Yorlik) qatorini bosing. Ekranda «Sozdanie yarlika» (Yorlikni yaratish) savol-javob oynasi namoyon bo‘ladi, unda «Obzor» (Ko‘rib chiqish) tugmachasini faollashtirish kerak va paydo bo‘lgan jildlar va fayllar ro‘yxati ichidan kerakli ilovaning buyruq faylini topish zarur. 5.2-rasmdagi oyna paydo bo‘lgandan keyin, agar kidirilayotgan element to‘g‘ri bo‘lsa «Dalee»
(Keyingi) tugmachasini bosish kerak.
Keyingi oynada «Gtv» (Tayyor) tugmachasini bosing. Shu erning o‘zida belgining nomini o‘zgartirish mumkin. Natijada belgi tayyor bo‘ladi.
Agar ish stoli turli Ilovalar va Dasturlar belgilari bilan tulib ketsa, uni «tozalash» mumkin. Buning uchun ko‘rsatkichni ortikcha elementga olib borib, sichqonchaning chap tugmachasini bosish hamda tugmachani qo‘yib yubormasdan, ko‘rsatkichni «Korzina» (Savat) ustiga siljitish zarur, «Korzina» (Savat)ning ustida sichqonchaning tugmachasini qo‘yib yuboring. Bu amal bilan Siz ortikcha belgini «Korzina»ga (Savatga) olib tashlaysiz. Agarda vaqt utgan sayin «Korzina» (Savat) yangi fayllar va jildlar bilan tulib borsa, uni xam tozalash mumkin. Buning uchun «Korzina» belgisi ustida sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak. Bunda 5.3-rasmda ko‘rsatilgan ish oynasi paydo bo‘ladi.
«Korzina»ni tozalash uchun «Fayl» menyusidagi «Ochistif korzinu» (Savatni tozalash) buyrug‘i ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing.
Bosh menyu va uning asosiy vazifalari
Masalalar panelida chap tomonda «Pusk» tugmachasi, ung tomonda soat, klaviaturaning indiqatorlari aks ettirilgan. Agar sichqoncha ko‘rsatkichini vaqt indiqatoriga olib borilsa, sana ko‘rsatiladi. Agarda sichqonchaning chap tugmachasi vaqt indiqatorida ikki marta bosilsa, «Svoystva: Data\vremya» (Xossalar: Sana\vaqt) oynasipaydo bo‘ladi.
oynasida da sanani, soatni o‘zgartirishingiz mumkin. Oy nomi, yil, soat, dakika, soniya raqamlari to‘rgan darchalar yonida pastga, tepaga karagan ko‘rsatkichlar (uchburchaklar) bor. Tepaga karagan uchburchak ustida sichqonchani bosilsa, raqam usadi, pastga karagan uchburchak ustida bosilsa — raqam kamayadi.
Sichqonchani klaviatura indiqatorida bosib, alifbolar ro‘yxatini ochishingiz hamda kerakli: lotin yoki kirillcha alifboga o‘tishingiz mumkin.
Agarda sichqoncha ko‘rsatkichini «Pusk» tugmachasiga olib borsangiz, Sizga ish boshlashni tavsiya etuvchi «Nachnite rabotu s najatiya etoy knopki» (Ishni shu tugmachani bosishdan boshlang) degan xabar paydo bo‘ladi.
«Pusk» tugmachasi Bosh menyuni aks ettiradi. Menyudan ilovalar va xujjatlarga murojaat etiladi. «Pusk» tugmachasi bosilganda, Bosh menyuning quyidagi tasviri paydo bo‘ladi (5.7- rasm). Bosh menyudagi Opsiyalar (bo‘limlar, maxsus amaliy dasturlar) quyidagi vazifalarni bajaradi:
«Sozdaf dokument Microsoft Offise» opsiyasi — Offise ilovalarida yangi xujjat yaratadi;
«Otkrif dokument Microsoft Offise» opsiyasi — Offise ilovalarida yaratilgan va xotirada mavjud bo‘lgan xujjatlarni осЫЬ beradi.
«Programmi» (Dasturlar) opsiyasi komp'yuterga urnatilgan amaliy dasturlar menyusini ko‘rsatadi. Ushbu menyuda foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladigan dasturlar ro‘yxati, «Provodnik» hamda «Seans MS-DOS» tizimlari mavjud. Sichqoncha ko‘rsatkichini shu opsiya bo‘yicha xarakatlantirganingizda ekranda yana bir ro‘yxat paydo bo‘ladi. Bu dasturlar blokining ro‘yxatidir. Siz xoxlagan blokni tanlaganingizda uning ichida joylashtirilgan dasturlar ro‘yxati paydo bo‘ladi va sichqonchani ulardan binning ustida bossangiz, ushbu dastur ishga tushib ketadi. Shu zaxoti masalalar panelida to‘g‘ri to‘rtburchakli tugmacha (darcha) paydo bo‘ladi va u ushbu dastur bajarilayotganini anglatadi. Tugmachaning (darchaning) faollashtirilgan xolati — to‘rtburchak «yoruK» xolatda, faollashmagani — «xira yoruK» xolatda bo‘ladi. Tugmachani faollashtirish uchun sichqoncha malum to‘rtburchak ustida bosiladi.
«Dokumenti» (Xujjatlar) opsiyasi foydalanuvchilar tomonidan ishlatilgan oxirgi 15 ta xujjat ro‘yxatini ko‘rsatadi. Ruyxatdagi xujjatlarni ochish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi shu xujjat nomi ustida bosiladi. Ruyxatni komp'yuter xotirasidan uchirish uchun «Nastroyka» (Sozlash) opsiyasini faollashtiring va «PaneГ zadach» (Masalalar paneli) bo‘limini tanlab, ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing. Paydo bo‘lgan oynaning «Dokumenti» (Uujjatlar) qismida «Ochistif» (Tozalash) tugmachasi mavjud.
«Nastroyka» (Sozlash) — Windows-98 muxitini sozlash va uni foydalanuvchi extiyojlariga moslashtirish uchun xizmat qiladi.
«Panel' upravleniya» (Boshqarish paneli) bo‘limida ba'zi qurilmalarning imkoniyatlari, xususan, parametrlarini Siz shaxsiy extiyojlaringizga mos ravishda o‘zgartirishingiz mumkin. Masalan, ushbu bo‘lim yordamida sichqonchaning, klaviaturaning parametrini o‘zgartirish mumkin.
«Printeri» (Chop etish qurilmalari) bo‘limida printerni o‘rnatish va sozlash ishlari bajariladi. Printerni komp'yuterga ulagandan So‘ng komp'yuterga yangi qurilma xakida ma'lumot berish va shu malumotni xotiraning biror joyiga yozib qo‘yish kerak. Bu jarayon installyasiya jarayoni deyiladi. «Nastroyka» (Sozlash) opsiyasidagi «Printeri» (Chop etish qurilmalari) qismini ishga tushiramiz (sichqonchani «Printeri» qatorida bir marta bosamiz). Uosil bo‘lgan oynada «Ustanovka printera» (Printerni o‘rnatish) qatorini faollashtiramiz. Komp'yuter chiqargan muloqot oynalarida berilgan savollarga ketma-ket javob berib boramiz. Tizim disketani suraganda printer komplektiga kiruvchi installyasion disketani diskovodga solamiz. Agar komp'yuter printerga kerak bo‘lgan drayverni (ma'lumotlarni bir Ko‘rinishdan boshqa Ko‘rinishga ugiruvchi dastur) uz xotirasidan topa olsa, Sizning yordamingiz kerak bo‘lmaydi. Ish nixoyasida tizim Sizdan bir namoyish varaqini (probnaya stranisa) chiqarish zarur-zarur emasligini suraydi. Ijobiy javobdan keyin bir varaqni printerga solib, natijani olasiz, agar varaqdagi malumotni ukiy olsangiz — printerni yaxshi urnatibsiz, aks xolda yuqoridagi amallarni yana bir marta bajarasiz.
«Panel' zadach» (Masalalar paneli) bo‘limida masalalar panelining shakli tanlanadi. Buning uchun «Panel' zadach» oynasida «Parametri paneli zadach» (Masalalar panelining parametrlari) bo‘limi tanlanadi. Foydalanish mumkin bo‘lgan opsiyalar:
«Raspolojit' poverx vsex okon» (Barcha oynalar ustida joylashtirish) opsiyasi Masalalar panelining xar doim (Ilovaning oynasi maksimallashtirilgan xolda xam) ko‘rinib turishini ta'minlaydi.
«Avtomaticheski ubirat' s ekrana» (Ekrandan avtomatik xolda olib tashlash) opsiyasi Masalalar panelini berkitib turadi. Uni kurinadigan qilish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini ekran chetiga, Masalalar paneli joylashgan joyga siljitish kerak.
«Melkie znachki v glavnom menyu» (Asosiy menyudagi mayda belgilar) opsiyasi «Pusk» menyusidagi rasmchalar o‘lchovini kamaytiradi.
«Otobrajat' chasi» (Soatni aks ettirish) opsiyasi Masalalar panelining ung tomonida soatni aks ettiradi. «Nastroyka menyu» (Menyuni sozlash) bo‘limining «Pusk» qismida «Programmi» (Dasturlar) ro‘yxatiga Ilovalar nomini qo‘shish hamda olib tashlash mumkin.
«Poisk» (Kidiruv) qismi foydalanuvchining komp'yuterida kidiruv shartlari bo‘yicha fayllar va jildlarni, shuningdek, Internet tarmoqida komp'yuterni qidirish uchun mo‘ljallangan.
Faraz qilaylik, siz juda ko‘p miqdorda fayllar yaratdingiz, shuning uchun faylni tez topish vaqt o‘tishi bilan muammo bo‘lib kolishi mumkin. Fayllar kidiruvini uning xar turdagi shartlarini (faylning o‘lchovi va uzgartirilish sanasi) kiritgandan So‘ng amalga oshirish mumkin. Fayllar kidiruvi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: «Fayli i papki» (Fayllar vajildlar) bo‘limini tanlagandan keyin 5.10-rasmdagi savol-javob oynasi paydo bo‘ladi. «Imya i razmeshenie» (Nom va Joylashtirish) bo‘limi fayl va jildning nomini (agar u aniq bo‘lsa), foydalanuvchi qaysi diskda yoki jildda kidirmokchi ekanligini aniqlashtirish imkoniyatini beradi.
Faylning yoki jildning nomi orniga "?" yoki "*" belgilarini ishlatish mumkin. "?" belgisi ixtiyoriy belgi, "*"-ixtiyoriy qator urnini bosadi
«Data izmeneniya» (Uzgartirilish sanasi) bo‘limi yordamida faylning yaratilgan va uzgartirilgan sanasi kiritilishi mumkin. Bunda agar «Vse fayli» (Uamma fayllar) opsiyasi tanlansa, kidiruv jarayonida faylning uzgartirilish sanasi inobatga olinmaydi.
Fayllarni diskda yoki katta xajmdagi jildlarda qidirish ko‘p vaqt olishi mumkin. Shuning uchun uni boshlashdan avval, kidiruv jarayoni imkoni boricha qisqartirilganiga ishonch xosil qilish kerak.
Agarda qidiruv juda ko‘p davom etayotgan bo‘lsa yoki kerakli obekt topilgan bo‘lsa, qidiruvning to‘xtatish uchun "Stop" tugmasini bosish kerak.
«Spravka» («Ma'lumot») qismi yordam talab etilganda ishlatiladi. Agar Siz bazi narsalarni tushunmay to‘rgan bo‘lsangiz yoki biror-bir piktogramma, buyruqning ishlash jarayoni esingizdan chiqqan bo‘lsa, tizim Sizga, albatta, yordam beradi.
WINDOWS-98 yordamchi malumot olishning bir necha usulini taminlab beradi. Ulardan biri «Pusk» menyusining «Spravka» (Ma'lumot) qismini tanlash yordamida amalga oshiriladi. «Spravka» (Malumot) — uch bo‘limli malumotnoma shaklida tashkil kilingan — «Soderjanie» (Mundarija), «Predmetniy ukazateF» (Mavzu ko‘rsatkichi) va «Poisk» (Kidiruv).
Siz umumiy tavsif bo‘yicha malumotni «Soderjanie» (Mundarija) bo‘limidan olishingiz mumkin. U malumotnomadagi xar bir mavzuning qisqacha ta'rifini uz ichiga olgan, yuqori pog‘onadagi boblarni aks ettiradigan mundarijadir. Uar bir bob kitobning rasmchasi bilan, xar bir kichiq mavzu — saxifa rasmchasi bilan ifodalangan.
«Predmetniy ukazateF» (Mavzu ko‘rsatkichi) bo‘limi Sizga malumot mavzusini suz yoki termin bo‘yicha qidirish imkonini beradi. Malumot indekslari alfavit tartibida sanab utilgan barcha kalit suzlari bilan olingan kitobning real indeksiga o‘xshashdir. Bu bo‘lim, foydalanuvchi maxsus mavzuni «Soderjanie» (Mundarija) bo‘limida topa olmagan xolda, juda qulaydir.
Agarda atama yoki ishorani boshqa yul bilan topish mumkin bo‘lmasa, «Poisk» (Kidiruv) bo‘limini tanlash kerakli malumotni topish imkoniyatini beradi. Bu usul bitta maxsus imkoniyat bo‘yicha barcha mavzularni topish kerak bo‘lgan xolda qulaydir.
WINDOWS-98 tizimi savol-javob oynasining ixtiyoriy soxasi bo‘yicha malumot olish uchun shu oynaning ixtiyoriy soxasida sichqonchaning ung tugmachasini bosish kerak. Unda «Chto eto takoe?» (Bu nima?) bandi aks etadi. Sichqonchani kerakli band ustiga olib kelib bosilsa, malumotning qisqa Ko‘rinishi aks etadi.
«Vipolnif» (Bajarish) opsiyasi ixtiyoriy dastur yoki faylni ishga tushirish uchun ishlatiladi (Agar kerakli dastur «Programmi» (Dasturlar) qismida bo‘lmasa, bu opsiya juda zarurdir).
«Zavershenie raboti» (Ishni tugatish) qismi ish tugagach, komp'yuterni bezarar uchirishni taminlaydi. Bundan tashkari, ushbu qism komp'yuterni yangidan ishga tushirish yoki tarmoqda yangidan ro‘yxatdan utkazish imkoniyatlariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |