1.1 Komp'yuter texnologiyalarining dasturiy ta'minoti to‘g‘risida umumiy tushunchalar
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta'minot (hardware) va dasturiy ta'minot (software)lardir
Apparat ta'minoti - bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo‘ shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Dasturiy ta'minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma'lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan xujjatlarni oz ichiga oladi. Dasturiy ta'minotsiz xar qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti orasida bog‘lanish qanday amalga oshiriladi?
Avvalo ular orasidagi boglanish
interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish - bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi ozaro bog‘lanish esa -
dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi ozaro bog lanish
-apparat- dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar xaqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya'ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda boladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o zaro muloqoti -
foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta'minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta'minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin:
Tizimli dasturiy ta'minot;
amaliy dasturiy ta'minot;
dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) - kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta'minot (Aplicationprogrampaskage) - bu aniq bir predmet soxasi boyicha ma'lum bir masalalar sinfini echishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chikish jarayonida qo llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, ya'ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi va uni qo‘llash sohasining kengayishi dasturiy taminotning (DT) jadal rivojlanishiga olib keladi. Shuni takidlashning o‘zi etarliki, 1996 yil jahon hamjamiyatida dasturiy ta'minotga 100mlrd AQSh dollaridan ziyod mablag‘ sarflandi. Bunda DT rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki,harakatlar tendensiyasi yiliga 20% o‘sib bormoqda.
1- ilova
Axborot tizimlarining
dasturiy ta'minoti deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma'lumotlarni qayta ishlash tizimini yaaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi.
Dasturiy taminot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog‘liq holda, uni ikki guruh: tizimli dasturiy taminot va amaliy dasturiy ta'minotga bo‘lish mumkin
1.2 Tizimli dasturiy ta'minot va uning turlari
Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayoni tashqil etadi va amaliy dasturlar uchun meyordagi ish muhitini taminlaydi. Tizimli DT apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni bazida kompyuterning bir qismi deb ham hisoblashadi.
Sistemaviy (tizimli) dasturiy taminot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
komp'yuterning va komp'yuterlar tarmoqining ishonchli va samarali ishlashini taminlash;
komp'yuter va komp'yuterlar tarmoqi apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Sistemaviy dasturiy taminot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy (bazaviy) dasturiy taminot va yordamchi(xizmat kursatuvchi) dasturiy taminotdan iborat. Asosiy dasturiy taminot komp'yuter bilan birgalikda etkazib berilsa, xizmat kursatuvchi
dasturiy taminot aloxida, qo‘shimcha tarzda olinishi mumkin.
Asosiy dasturiy taminot (baze software) — bu, komp'yuter ishini taminlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat.
Ularga quyidаgilаr kirаdi:
оpеrаsiоn tizim (ОТ);
tarmoq operasion tizimi.
Yordamchi(xizmat kursatuvchi) dasturiy ta'minotga asosiy dasturiy taminot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muxitini (interfeysni) qulayrok tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, komp'yuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini taminlovchi va boshqa dasturlardir.
Shunday qilib, sistemaviy dasturiy taminotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash
mumkin.
|
СДТ
|
|
1 ... ,ц||
Л
|
•
|
|
ЛихаНДТ
• Л"1'
|
Хвзм.и *.)Ч.и>п'Я1 ДТ
Л ш-
|
Операции» T»DV0K
|
м - ■ ~ Г-:>':
11Щ\1к
|
| AiiVM»ip1cjl
|
ТНЗИМ ОТ
|
дастурлари
|
. . дастурлар г*
|
|
|
|
|
I -.
Аригнлашгирши
|
Tapvo*
|
|
дегурлири
|
. дмчурллри Г
|
Operasion tizim (ОТ). Komp'yuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur komp'yuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi urinlar va xokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
ОТ foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun komp'yuter qurilmalari bilan qulay muloqotni(interfeysni) ta'minlaydi.
Drayverlar. Ular ОТ imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, komp'yuterning kiritish — chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida komp'yuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin.
Xozirgi davrda ko‘plab OTlar mavjud:
UNIX;
MS DOS;
OS/2;
WINDOWS 95;
WINDOWS NT;
WINDOWS 98;
WINDOWS 2000
WINDOWS XP
Birinchi shaxsiy komp'yuterlar ОТ ga ega emas edilar. Komp'yuter tarmoqka ulanishi bilan prosessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab bo‘lmagan dasturlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o‘xshash tilni kullovchi, yani uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bular edi. Ushbu til buyruqlarini o‘rganish uchun bir necha soat kifoya kilar, So‘ngra komp'yuterga uncha murakkab bo‘lmagan dasturlarni kiritish va ular bilan ishlash mumkin bular edi. Komp'yuterga magnitofon ulangach, chet dasturni xam yuklash imkoniyati yaratildi. Buning uchun bitta, LOAD buyrug‘i kifoya edi, xolos.
Komp'yuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan ОTga bo‘lgan zaruriyat paydo buldi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga erkin murojaat etish mumkin.
Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi operasion tizim ishlab chiqildi va u disk operasion tizimi (рОГ) deb nom oldi.
DОT nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo‘lgan paytda
fayllarni uchirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga ko‘chirish (nusxa olish) kabi ishlarni xam bajara oladi. Umuman olganda, DОT foydalanuvchini aloxida kog‘ozlarda ko‘plab yozuvlarni Saqlashdan xalos etdi, disk yurituvchilar bilan ishlashni soddalashtirdi va xatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi.
OTlarning keyingi rivojlanishi apparat taminotining rivojlanishi bilan paraltel bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar paydo bo‘lishi bilan О^аг xam uzgardi. Kattik disklarning yaratilishi bilan, ularda unlab emas, balki yuzlab, xatto minglab fayllarni Saqlash imkoniyati yaratildi. Shu sababli fayllar nomida xam anglashilmovchiliklar paydo bula boshladi. Аш shunda DОTlar xam ancha murakkablashdi. Ularga disklarni kataloglarga buluvchi va ushbu kataloglarga xizmat kursatuvchi vositalar (kataloglar orasida fayllarni ko‘chirish va nusxa olish, fayllarni saralash va boshqalar) kiritildi. Shunday qilib, disklarda faylli struktura paydo buldi. Uni tashkil etish va unga xizmat ko‘rsatish vazifasi esa ОTga yuklanadi. Kattik disklar yanada katta o‘lchamlarga ega bo‘lishi bilan ОT ularni bir ^chta mantikiy disklarga bo‘lishni xam «o‘rganib» oldi.
Uar bir yangi paydo bulayotgan ОT tempring tezkor xotirasidan yanada yaxshi, unumlirok foydalana oladi va yanada kuvvatli prosessorlar bilan ishlay oladi.
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC tempim asosiy operasion tizimi MS DOS edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlarini bosib utdi.
MS DOS foydalanuvchi bilan tempring apparat taminoti o‘rtasidagi «vositachi» bo‘lib xizmat kildi. Shuning bilan birga u insonga karaganda temp^^^ga yakinrokdir.
Komp'yuterni ta'mirlash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘pgina ishlar xam MS DOSda bajarilar edi.
WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98lar grafik interfeysli OTlar xisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliklar, belgilar) yordamida muloqot qilish imkonini beradilar.
Tarmoq ОТ. Tarmoqka ulangan komp'yuterlarni yakkaxol va birgalikda ishlashini ta'minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat ОТ— tarmoq operasion tizimi deb ataladi. Ushbu ОТ, jumladan, tarmoq ichra malumotlarni ayirboshlash, Saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi.
Asosiy dasturiy ta'minotni qo‘shimcha ravishda urnatiladigan xizmat kursatuvchi dasturlar to‘plami tuldirib turadi. Bunday dasturlarni ko‘pincha utilitlar deb atashadi.
Utilitlar — bu, malumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operasiyalarni bajarishga yoki komp'yuterga xizmat ko‘rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo‘ljallangan dasturlardir. Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi:
operasion tizimlar
servis dasturlar
dasturlashtirish tillari translyatorlari
texnik xizmat dasturlari.
1.3 Operatsion tizimlar
Оpеrаsiоn tizim hаqidа tushunchа
EHM dan foydalanuvchi ishining samarali bo‘lishiga qaratilgan har qanday dastur yoki usul EHM ning matematik ta'minotiga kiradi. EHM ning matematik ta'minoti uning dasturli ta'minoti ham deyiladi.
Xozirgi kunda EHM matematik ta'minotining asosini operasion tizimlar (OS) tashqil qiladi. Operasion tizimlar (OT) axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta'minlaydi. OT ning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish-chikish
jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarni bajarishni boshqarishdir. OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashiga halaqit beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi. Bajariladigan vazfalardan kelib chiqib, OT ni uch guruhga bo‘lish mumkin:
bir vazifali ( bir kishi foydalanuvchi)
ko‘p vazifali ( ko‘p kishi foydalanuvchi)
tarmoqli
Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir anik paytda anik bir vazifani bajarish uchun muljallangan. Bunday operasion tizimlarning tipik vakili MSDOS dir (uni Microsoft firmasi ishlab chiqargan).
Ko‘p vazifali OT vaqtni mul tidastur rejimida taqsimlashda EHM dan jamoa bo‘lib foydalanishni taminlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur-vazifalar bo‘ladi va prosessor komp'yuter resurslarni vazifalar o‘rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi OT ning tipik vakillari: IBM korporasiyasining UNIX, OS2, Microsoft Windows NT va boshqalardir. Tarmoqli operasion tizimlar lokal va global tarmoqlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini taminlash uchun mo‘ljallangan. Tarmoqli OTlar-ning tipik vakillari: Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, IBM, UNIX, Sun firmasi mahsuloti Solyaris dir.
Shunday qilib,OS ning asosiy vazifalari:
foydalanuvchining masalasini EHM ga kiritish va bajarish. Masalani echilish jarayonini nazorat qilish va bajarish.
avariya holatlariga barham berish,
EHM resurslarini masalalar o‘rtasida unumli taqsimlash, yani EHMni ishsiz qolishiga yul qo‘ymaslik;
Kompyuterlar texnikaviy holatiga qura ularda operasion tizim turlicha bo‘ladi. Dasturli taminot tashqi qurilmalarni apparatli asos sifatida ishlatsa,operasion tizim esa dasturli taminot amallarini dasturlarni asos qilib ishlatiladi.
Operasion tizimlar (OT) axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani taminlaydi. OT ning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish-chikish jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarni bajarishni boshqarishdir. OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashiga halaqit beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi.
Quyida OT rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari keltirilgan:
operasion tizimlar narxlarining kamayishi;
dastur ko‘rinishida amalga oshirilgan OT ko‘plab funksiyalarining mikrodastur ko‘rinishida ruyobga chiqishi;
ko‘p prosessorli komp'yuterlar ishining ta'minoti;
komp'yuterlarning turli turlari (avlodlari) uchun dasturlar muvofiqligini ta'minlash;
parallel dasturlarning bajarilishini ta'minlash;
taqsimlovchi hisoblash tarmog‘ini hosil qiluvchi turli komp'yuterlar prosessorlarida alohida vazifalar amalga oshiriladi.
Qanday vazifalarni bajarishdan qat'iy nazar operasion tizim quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi shart:
l.Ishonchlilik;
2.Ximoyalash;
3.Samaradorlik;
4.Oldindan aniqlash xususiyati;
5.Qulaylilik;
Servis dasturiy ta'minoti — foydalanuvchiga
kompyuter bilan ishlashda qo‘shimcha
xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizim-lar im
koniyatlarini oshiruvchi dasturiy maxsulotlar jamligidan iboratdir
Biroq, funksional imkoniyatlariga ko‘ra, servis vositalarini quyidagicha vositalariga bo‘lish mumkin;
foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar;
malumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlardan himoya qiluvchilar;
ma'lumotni qayta ishlovchilar;
disk va tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida ma'lumot almashuvini tezlashtiruvchilar;
virusga qarshi vositalar.
Tashkil etish va amalga oshirish usuliga ko‘ra servis vositalar qobiqli utilitar va mustaqil dastur holida taqdim etilishi mumkin. Qobiqlar operasion tizim yoki utilitar guruhi uzra xuddi bir sozlovchidekdir. Qobiqlar va utilitalar orasidagi farq ko‘proq faqat birinchisining universalligi va ikkinchisining ixtisoslashganligida ifodalanadi. OTning sozlovchisi bo‘lgan qobiqlar operasion qobiqlar deb ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bulib, har biri o‘z vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajariladi. Bunda ular o‘z vazifasini bajarishda OT dasturli va boshqa utilitar bilan raqobatga kirishadi. Shu bois servis vositalar tasnifi o‘z vazifalari va tashqil etish usullariga ko‘ra ancha shartlidir.
Qobiq foydalanuvchiga sifat jixatdan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operasiya va buyruklarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Ko‘pgina qobiqlar masalan,
MSDOS oilasiga mansublarining vazifalari fayllar va kataloglar bilan ishlashga yunaltirilgan hamda fayllarni tez topishni taminlaydi.
U t i l i t а r foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarni (maxsus dasturlar ishlab chikishni talab etmaydigan) asosan disklar va faylli tizimlar buyicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi.
Utilitalar ko‘pincha quyidagi vazifalarni bajarishga yul qo‘yadi:
disklarga xizmat ko‘rsatish (axborotni shaklga solish, saqlashni ta'minlash, to‘xtatish va boshqalar yuz berganda uni tiklash imkoniyati);
fayl va kataloglarga xizmat ko‘rsatish (xuddi qobiqlar kabi);
arxivlarni yaratish va yangilash;
komp'yuter resurlari haqida, diskli makon xususida, dasturlar o‘rtasida TXKni taqsimlash to‘g‘risida axborot taqdim etish;
turli rejim va formatlarda mantli va boshqa fayllarni bosish;
komp'yuterni viruslardan himoya qilish.
Virusga qarshi himoyali dastuiy vositalar viruslarni topish va davolashni taminlaydi. Virus atamasi bilan turli nomaqul harakatlarni amalga oshirib boshqa dasturlarga kirib olgan holda ko‘payishga qodir bo‘lgan dastur tushuniladi.
Dasturlashtirish tili translyatori deb dasturlashtirish tilidan (odatda) mashina kodiga dastur matnini tarjima qilishni amalga oshiruvchi dasturga aytiladi.
Dasturlashtirishning kirish tili, translyator, mashina tili, standart dasturlar kutubxonasi, translyasiya kilingan dasturlarni sozlash va bir butunlikka jamlash vositalarini o‘z ichiga olgan vositalar majmui
dasturlashtirish tizimi deb ataladi. Dasturlashtirish tizimida translyator dasturlashtirishning kirish tilida yozilgan dasturni aniq bir EHMning mashina buyrug‘i tiliga tarjima qiladi. Kirish tilidan tarjima qilish usuliga bog‘liq holda translyatorlar
kompilyator va
interpretatorlarga bo‘linadi.
Kompilyasiyalashgan dastur mashina tilida obektli modullar turkumiga aylanadi, ular so‘ngra magnit diskda fayl ko‘rinishida bajarish va saqlanishga tayyor yagona mashina dasturlariga yig‘iladi
(jamlanadi). Bu dastur takror translyasiyasiz ko‘p bajarilishi mumkin.
Interpretator qadam-baqadam translyasiya va boshlang‘ich dastur operatorlarining darhol bajarishni amalga oshiradi: dasturlashtirish kirish tilining har bir operatori mashina tilining bir yoki bir necha buyrug‘iga translyasiya qilinadi, ular shu zahotiyoq
diskda saqlanmagan holda bajariladi. Shunday qilib, interpretasiyada dastur mashina tilida saqlanmaydigan va har gal boshlang‘ich dasturni bajarishga quyishda uni qaytadan (qadam-baqadam) translyasiya qilish lozim. Kompilyatorga nisbatan interpreteatorning asosiy afzalligi uning oddiyligidir.
Dasturlashtirishning kirish tili
quyi darajali til deb ataladigan mashina tiliga nisbatan
yuqori darajali til deb ataladi.
Eng ko‘p tarqalgan dasturlashtirish tillari BASIC C++, FORTRAN va boshqalardir. Rivojlanish tendensiyasi - VISUAL BASIC turidagi tortinchi avlod tillarining paydo bolishidir.
Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari deganda komp'yuter ishi jarayoni yoki umuman hisoblash tizimida diagnostika va xatolarni topish uchun dasturiy-apparat vositalarining jamlanmasi tushuniladi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
EHM va uning ayrim qismlari ishining to‘g‘riligi diagnostik va test nazorati vositalari, shu jumladan ularning EHMda muayyan lokalizasiyasi bo‘lgan xatolar shikastlanishlarni avtomatik izlash;
axborot tizimi hisoblash muhiti diagnostik va nazorat kilishning max-sus dasturlari.
Foydalanish xususiyati va foydalanuvchilar kategoriyalariga ko‘ra barcha dasturlarni ikki sinfga (3.2-rasm) -
utilitar dasturlar va
dastu-riy maxsulotlarga bo‘lish mumkin.
Utilitar dasturlar ("o‘zi uchun dasturlar") shu dasturlarni ishlab chiqaruvchilar extiyojini qondirish uchun mo‘ljallangan. Ko‘prok utilitar dasturlar malumotlarni qayta ishlash texnologiyasida servis rolini bajaradi yoki keng tarqalish uchun mo‘ljallanmagan funksional vazifalarni hal etish dasturlari bo‘ladi.
Dasturiy maxsulotlar foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirish, keng tarqatish va sotish uchun mo‘ljallangan.
Xozirgi paytda dasturiy maxsulotlarni ochiq (legal) tarqatishning boshqa variantlari ham mavjud, ular yalpi (global) va mintaqaviy kommunikasiyalardan foydalanish bilan yuzaga keladi.
freeware - erkin tarkatiladigan foydalanuvchining o‘zi qo‘llab-kuvvatlaydigan bepul dasturlar, u bularga zarur uzgartirishlar kiritishga xakli.
shareware - notijorat (shartli-tulovsiz) dasturlar, ulardan odatda to‘lovsiz foydalanish mumkin. Bunday maxsulotlardan doimiy foydalanilganda muayyan summa badal to‘lanadi.
Bir qator ishlab chiqaruvchilar OEM-dasturlar (Original OEM-dasturlar (Original Equipment Manufaknurer), ya'ni komp'yuterlarga o‘rnatilgan yo hisoblash texnikasi bilan birgalikda keltirilgan maxsus dasturlardan foydalanadi.
Dasturiy maxsulot foydalanishga tegishli ravishda tayyorlanishi zarur texnik xujjatlariga ega bo‘lishi, shuningdek davlat ro‘yxati kodi mavjud bo‘lishi lozim. Faqat shunday sharoitlardagina yaratilgan dasturiy maxsulot deb nomlanishi mumkin.
Dasturiy maxsulot — sanoat maxsulotining istalgan turi kabi realizatsiyaga
tayyorlangan ommaviy ehtiyojli muayan muammo (vazifa)ni hal etish uchun o‘zaro bog‘langan dasturlar majmuasidir
Dasturiy maxsulotlar quyidagicha yaratilishi mumkin:
buyurtmaga ko‘ra individual ishlanma;
foydalanuvchilar orasida ommaviy tarqatish uchun ishlanma.
Individual ishlanmada firma-ishlab chiqaruvchi muayyan buyurtmachi uchun ma'lumotlarni qayta ishlash o‘ziga xosligini hisobga oluvchi dasturiy maxsulotni yaratadi.
Ommaviy tarqatish uchun ishlanmani yaratishda firma-ishlab chiqaruvchi, bir tomondan, ma'lumotlarni qayta ishlashni bajarilayotgan funksiyalar universalligi, boshqa tomondan, muayyan bir qo‘llash sharoitida dasturiy maxsulotning moslashishi va sozlanishini ta'minlash lozim.
Dasturiy maxsulotlarning ajralib turuvchi xususiyati uning to‘zimliligi - jamlikda qo‘llanilgan holda amalga oshiriladigan qayta ishlash vazifalarining funksional tulaqonligi va tugaligi bo‘lmog‘i lozim.
Dasturiy maxsulot dasturlashtirishning zamonaviy asbobsozlik vositalari qo‘llangan holda loyixa ishlarini bajarish sanoat texnologiyasi asosida ishlab chiqiladi. Uning o‘ziga xosligi axborot va asbobsozlik vositalaridan foydalanishini qayta ishlash xususiyatiga bog‘liq holda algoritm va dasturlarni ishlab chikish jarayonining noyobligidadir. Dasturiy maxsulotlarni yaratishga ko‘plab mexnat, moddiy, moliyaviy zaxiralar talab etiladi; yuqori malakali mutaxassislar zarur. Dasturiy maxsulotlar tayyorlash
(kuzatish) — dasturiy maxsulot ishga layoqatliligini qo‘llab-quvvatlash, unga yangi versiyalar, o‘zgartirishlar kiritish, topilgan xatolarni to‘g‘rilash va hokazolarni o‘z ikchiga oladi