Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti I. I. Xamidov xalqaro marketing


 Xalqaro biznesda marketing amaliyoti



Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/82
Sana03.06.2023
Hajmi4,47 Mb.
#948384
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Bog'liq
ARM Xalqaro Marketing O\'quv Qo\'llanma 4 6 2 2

1.3. Xalqaro biznesda marketing amaliyoti 
Xalqaro bozorda marketing amaliyotini olib borishda ko‘p 
jihatlarga e’tibor berish lozim bo‘ladi. 
Bevosita eksport, bunda faqat firma va uning sotuvchilari chet 
elda vositachilarning yordamisiz faoliyat ko‘rsatadi va bu eng sodda 
shakl hisoblanadi. Bu erda bozorni sinchiklab o‘rganish talab 
qilinmaydi, xorijiy bozorlarni bilish cheklangan, keyingi etkazib 
berishlar va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish mavjud emas. 
Haq to‘lanuvchi savdo vakili – bozorda faoliyat yuritishning 
yuqoridagi usulining biroz rivojlangan turi bo‘lib, ayniqsa, vaqtincha 
chet elga komandirovkaga yuborilgan xodim to‘g‘risida gap borganda 
o‘rinli bo‘ladi. 
Chet elda texnik yordam – xizmatlar savdosi bo‘lib, asbob-
uskunalar savdosiga qo‘shimcha sifatida qabul qilinadi. Turli xil 
shakllarda bo‘lishi mumkin: loyihani tuzishga ko‘maklashishdan to 
asbob-uskunalarni ekspluatatsiyaga topshirish, xodimlarni o‘qitish, 
ishlab chiqarishni tashkil etishga tegishli bino va inshootlar hamda 
ishlab chiqarish usullarini berishgacha. 
Boshqaruv to‘g‘risidagi shartnoma xizmatlarni eksportga sotish 
hisoblanadi, chunki bu yerda gap ishlab chiqarish majmuasini 
cheklangan yoki chekalnmagan muddatga boshqarishni ta’minlash 
yoki mazkur eksportchi yoki boshqa shaxs tomonidan ko‘rsatiluvchi 
xizmatlar yig‘indisi haqida boradi. Bunga misol qilib xalqaro 
mehmonxona majmualarini keltirish mumkin. Ular ko‘pincha xususiy 
yoki davlat kapitaliga tegishli bo‘lib, xalqaro miqyosda joriy 
foydalanish esa firmaga topshiriladi. 
Korxona vakolatlarini investisiyalashsiz chet elga jo‘natish, 
bunda: 


21 

chet elda savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan firma ma’lum 
miqdordagi haq evaziga savdo tarmog‘ini boshqa firmaga berib 
turishi mumkin; 

franchayzer-korxona xalqaro bozorda faoliyat ko‘rsatuvchi 
korxonaga haq to‘lash evaziga o‘z mahsulotlarini sotish huquqini 
beradi. Bu mahsulot ishlab chiqaruvchiga o‘z mahsulotlarini chet 
elda ularni bozorga kiritish uchun qo‘shimcha xarajatlarsiz sotish 
imkoniyatini beradi. 
Xalqaro vositachilar xizmatidan foydalanish: 

eksportchi-sotuvchidan ham importchi-xaridordan ham hech 
qanday vakolat olmagan holda shartnomalar izlovchi va 
o‘rnatuvchi hamda bitimda ishtirok etuvchi ikkala tomondan 
komission mukofot oluvchi maklerlar; 

xaridordan uning uchun chet elda belgilangan sifatda beliglangan 
narxda va belgilangan muddatda etkazib berish sharti bilan tovar 
izlab topish topshirig‘ini oluvchi xarid bo‘yicha agentlar

eksportchidan bozorni o‘rganish, tovarni etkazib berish va sotish 
topshirig‘ini oluvchi, narx foizida komission mukofotlarga ega 
bo‘ladigan sotish bo‘yicha agentlar; 

o‘z nomidan vaziyatga qarab mahsulotlarni sotib oluvchi va 
sotuvchi, doim ham yuuyurtmachi va ta’minotchilar bilan 
aloqalarni saqlab qolishi shart bo‘lmagan xalqaro savdo 
agentlari; 

eksportchi hamkor bilan xalqaro bozorda hamkorlik qilish 
shartlarini belgilab beruvchi shartnoma imzolovchi 
konsessionerlar, mustaqil savdogarlar; 

ta’minotchilar va ulgurji xaridorlar bilan uzoq muddatli 
shartnomalarga asosan tijorat munosabatlariga kirishuvchi 
hamda mustaqil savdo vositachilari hisoblanuvchi importchi-
distribyutorlar. 

nou-xauni berish yoki eksport qilish; 

patent litsenziyasini berish, bunda eksportchi vaqtinchalik yangi 
mahsulot tayyorlash bilan shug‘ullanmayotgan hollarda ixtirodan 
foydalanishni boshqa bozor sub’yektiga beradi, mazkur 
yangilikning tez tarqalishi va xalqaro bozorda raqobatchilarga 
nisbatan ustunlikka ega bo‘lishni ta’minlashga yo‘naltiriladi; 

xorijiy texnologiya transferti, ishlab chiqarishning yangi 


22 
nuqtalarini yaratish yoki mazkur texnologiyadan chet elda foy-
dalanishdan iborat; 

eksport mahsulotiga subpodryad, bilvosita eksport bo‘lib, 
mamlakatdagi yoki chet ellik buyurtmachi hisobiga amalga 
oshiriladi; 

xorijiy firma bilan imzolangan subpodryad, bunda kiritilgan 
yangilik bozordagi eksport bo‘yicha chet ellik sub’yektga 
investisiyalash 
bilan 
birga 
beriladi. 
Uning 
vakolatlari 
mamlakatda yangi ishlab chiqarish bazasini (zavod, sex) yaratish, 
olish, o‘rnatish, eksport qilingan asbob-uskunalar, mashinalar
materiallar, nou-xau elementlari va boshqalardan foydalanishdan 
iborat. 
Qo‘shma korxona, uning vositasida eksportchi xalqaro 
bozorga chiqishda eksport bo‘yicha hatti-harakatlarini xorijiy 
(mahalliy) firma va kompaniyalar bilan birlashtiradi. Bunda tajriba 
va aloqalar, chet el hukumati tomonidan beriluvchi imtiyozlar 
birlashtiriladi. Qo‘shma korxonalarning quyidagi turlari mavjud:
1. Mahalliy hamkor bilan hamkorlikda mazkur bozorga kirishni 
istayotgan xorijiy firma o‘z faoliyatini milliy ishlab chiqaruvchi 
bilan amalga oshirishini istovchi rivojlanayotgan mamlakatlarda 
keng tarqalgan; 
2. Aralash jamiyat shaklidagi assosiasiya, bunda mahalliy hamkor 
davlat bo‘lib, energetika, transport va telekommunikatsiya kabi 
strategik sektorlarda amalga oshiriladi; 
3. Ishlab chiqarishni litsenziyalash, shartnoma bo‘yicha boshqarish 
yoki birgalikda egalik qilish xorijiy firmalarga mahsulot tayyorlash 
huquqi, savdo markasi, tijorat sirlarini komission to‘lovlar yoki 
royalti shaklidagi litsenziya to‘lovlariga ayirboshlash imkonini 
beradi
11
. Shuningdek litesenziyaning afzal tomoni, litsenziya 
beruvchi katta miqdordagi investitsiya kiritmaslik orqali ham 
xalqaro bozorga chiqishi imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish