1.3Bazaviy qimmatli qog'ozlarning muomala mexanizmi
Bazaviy qimmatli qog'ozlami (aksiya, obligatsiya, bank sertifikatlari, veksel, nota va h.k.) muomalaga chiqarish chog'ida asosiy me’yoriy hujjat bo'lib ulami chiqarish standard hisoblanadi. Standart qimmatli qog'ozlami hayot ssiklini (emissiyaoldi, chiqarish, joylashtirish, muomalasi, konvertatsiyasi va so'ndirish tartibini) me’yorlaydi. Uning asosida qimmatli qog'ozlami chiqarish va joylashtirish chog'ida to'htatish, haqiqiy emas deb topish va umumiy davlat reestriga o'zgartirishlar kiritish tartibi belgilanadi. Aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini emissiyaoldi ishlari va emissiyasi. Aksiyadorlik jamiyati aksiya chiqarish to'g'risida tegishli qaror qabul qiladi. Buning uchun, awalambor jamiyatning holati, potentsiali va investitsion istiqboli, shu asosda aksiyalar bozori kon’yunkturasi va risklar tahlil qilinib, chiqarilajak aksiyalaming turi, hajmi, soni va chiqarish shartlari, muddati, joylashtirish usullari, tartibi va investorlar (aksiyadorlar) ko'lami belgilanadi. Bunda aksiyalar emissiyasining umumiy taktikasi va strategiyasi aniqlanadi, aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi tomonidan emissiya risolasi belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Natijada emissiya risolasi davlat ro'yhatidan o'tkazish uchun tayyorlanadi. Hozirda borgan sari amaliyotda IPO (Initial Public Offering) usuli ko'proq qo'llanilmoqda. Aksiyadorlik jamiyatini tuzish chog'ida aksiyalar birlamchi tarzda ta’sis hujjatlariga ko'ra yopiq usulda joylashtirilgan deb hisoblanadi. Bunda aksiyadorlar o'zlariga tegishli aksiyalari qiymatining kamida 30 foizini to'lashlari lozim. Qolgan qismini esa kamida bir yil davomida to'lashlari talab etiladi (agar Ustavda boshqa qisqaroq muddat ko'rsatilmagan bo'lsa). Qo'shimcha aksiyalar esa ochiq yoki yopiq usulda yoki ikkala usul kombinatsiyasi asosida joylashtirilishi mumkin. Yopiq usulda qo'shimcha chiqarilgan aksiyalar qo'shimcha kapital kiritish, dividend hisobiga, jamiyatning o'tgan yiilarda taqsimlanmagan foydasi evaziga joylashtirilishi mumkin. Bunda jamiyat ustav fondini oshirish to'g'risida qaror qabul qilinishi vaqtida (qo'shimcha kapital kiritilishi holidan tashqari) qo'shimcha chiqarilgan aksiyalami yopiq usulda joylashtirish chog'ida oshirilgan ustav fondi summasi jamiyatning sof aktivlari va ustav fondi (rezerv fondini hisobga olgan holda) tafovutidan oshmasligi shart. Ochiq usulda qo‘shimcha aksiyalar (obligatsiyalar va boshqa emissiyalanuvchi qog'ozlar) oldindan cheklanmagan investorlar o'rtasida erkin bozor narxida belgilangan tartibda joylashtiriladi. Bunda, odatda, investitsiya vositachilari (brokerlar, anderrayterlar va ulaming sindikatlari) ishtirok etadi.
Emissiya risolasini ro 'yhatdan о ‘tkazish. Qimmatli qog'ozlami chiqarish ularning emissiya risolasini davlat ro'yhatidan o'tkazilishini taqazo etadi. Qimmatli qog'ozlar emissiyasi risolasi vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatda va tartibda ro'yhatga olinadi (agar emitent tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlar talab darajasida bo'lsa), natijada unga maxsus davlat raqami biriktiriladi. Aytilgan tartib obligatsiyalar chiqarish uchun ham taaluqli. Obligatsiyalar chiqarish faqat jamiyat tuzilishi chog'ida birlamchi chiqarilgan aksiyalar to'liq joylashtirilganidan keyin ruxsat beriladi. Har bir turdagi qimmatli qog'ozga Milliy identifakatsiya tartib (nomer) raqami beriladi. Emissiya natijalari to'g'risidagi hisobot va m a’lumotlarni ochib berish. Har bir emitent qimmatli qog'ozlarini joylashtirilishi to'g'risida vakolatli organga har chorakda va yillik hisobot (belgilangan shakl va muddatlarda) taqdim etishi lozim. Emitent qimmatli qog'ozlarini emissiyasi chog'ida ma’lum muddatlarda investorlarga qonun hujjatlarida ko'rsatilgan ma’lumotlami belgilangan tartibda ochib berishi talab etiladi. Davlat qimmatli qog'ozlarini Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Moliya vazirligi va Markaziy bank chiqaradi. Qimmatli qog ‘ozlaming bozor muomalasi. Davlat ro'yxatidan o'tgan emissiyalanuvchi qimmatli qog'ozlar birlamchi bozorda joylashtirilgan vaqtdan boshlab ulaming ikkilamchi bozor muomalasi boshlanadi. Ikkilamchi bozorda faqat qimmatli qog'ozlaming egalari o'zgaradi va bu jarayonning maxsus investitsiya institutlari va emitent reestri tomonidan hisobi yuritiladi. Qimmatli qog'ozlami so'ndirish (muomaladan chiqarish). Qimmatli qog'ozlar qonunda belgilangan tartibda so'ndiriladi. Aksiyalar quyidagi hollarda muomaladan chiqarilishi mumkin: - aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi qaroriga asosan emitentning tugatilishi holida; -jamiyatning reorganizasiya (qo'shilishi, ajralishi, birlashishi, qayta tashkil etilishi) qilinishi holida; -qimmatli qog'ozlami maydalanishi, yiriklashtirilishi, qaytarib sotib olishishi, konvertasiyalanishi hollarida; - sud qarori bilan jamiyatni tugatilishi holida; - agar jamiyat Ustavida qimmatli qog‘ozning muomala muddati cheklangan bo'lsa. Emissiyalanuvchi qimmatli qog'ozlaming so'ndirilishi ulami belgilangan tartibda annulyasiya va yo'q qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Davlat qimmatli qog'ozlari davlat tomonidan belgilangan tartibda muomaladan chiqariladi. Banklar va boshqa tashkilotlaming emissiyalanmaydigan qimmatli qog'ozlari ulami chiqarish shartlariga asosan muddati tugagach belgilangan tartibda bank tomonidan so'ndiriladi. Qimmatli qog'ozlami so'ndirilishi to'g'risidagi komissiya hujjati asosida ular davlat reestridan chiqariladi.
Globallashuv sharoitlarida industrial va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotlarining rivojlanish bosqichlari moliya bozorlari rolini keskin oshishi bilan belgilanadi. Chunki moliya bozorlari bu sharoitlarda jahon iqtisodiyoti miqyosida na faqat moliyaviy oqimlaming samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlamoqda, balki mamlakatlar iqtisodiy otlari va bozorlarining raqobatbardoshliligini, sharoitlarga egiluvchan moslashishi, xavfsizlik darajasini, iqtisodiy o‘sish va rivojlanish sur’atlarini belgilamoqda (1.1 paragrafga qaralsin). Ayniqsa moliya tizimi va undagi moliya bozorining raqobatbardoshliligi har qanday mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan hisoblanadi. Aynan globallashuv sharoitida moliya bozorining yuqori darajadagi raqobatbardoshliligi iqtisodiyotda modemizasilash va industrial o‘sishni ta’minlash uchun investitsiyalami jalb qilish bo'yicha keng imkoniyatlami beradi. Shu bilan birga har qanday mamlakatning moliya tizimi va bozori raqobatbardoshliligi ulaming javfsizlik, barqarorlik, jalbdorlilik va risk darajasiga bevosita bog'liq. Chunki ko'p jihatdan ushbu ko'rsatkichlar-ning yuqori darajasi ichki va tashqi investorlaming mamlakat bozoriga nisbatan ishonchini oshiradi, ular tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalarning risklilik darajasini pastliligidan dalolat beradi. Ma’lumki, risklilik darajasi tizimli, tarmoqlar, investitsiyalar jalb qiluvchi emitentlar va investorlaming risklari yig'indisidan tashkil topadi. Moliya bozorida namoyon bo'luvchi tizimli risklar investitsiya qilish to'g'risida qaror qabul qilishning muhim komponentasi hisoblanadi. Ushbu risklami va yuqorida aytilgan ko'rsatkichlami hamda ulaming xavfsizlik chegaraviy (kritik) qiymatlarini baholash ekonometrik usullar va finansometrika48 yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda ko'p jihatdan iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlik indikatorlari tizimi va ulaming kritik qiymatlari (miqdorlari) nazarda tutiladi. Ulaming bunday qiymatlarini o'z vaqtida, oldindan va to'g'ri miqdoriy baholay olmaslik ishlab chiqarish va takroran ishlab chiqarish 48 Shoxa'zamiy Sh.Sh. Sek’yurimetrika.-T.: Uzbekistan milliy ensiklopediyasi, 2005.-473 s. 106 jarayonlariga moliya bozori orqali salbiy ta’sir ko'rsatuvchi hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun moliya tizimi va bozorining xavfsizlik, barqarorlik, raqobatbardoshlilik, risklilik va jalbdorlilik indikatorlarini bilish va ulami baholash har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Makroiqtisodiy va makromoliyaviy (jumladan, fmansometrik) indikatorlar yordamida yuqorida sanab o‘tilgan sifat ko‘rsatkichlarini miqdoriy baholash, ular yordamida ifodalanuvchi moliya bozoriga xos jarayonlami tadqiq qilish, undagi tendentsiyalar dinamikasini tahlil qilish, bozor monitoringini o‘tkazish va undagi ijobiy va salbiy hodisalarni prognoz qilish, bulaming natijalari asosida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan havflar va disproporsiyalar manbalarini (sabablarini) aniqlash va o'z vaqtida ulaming iqtisodiyotga va moliya tizimiga salbiy ta’sirini oldini olish yoki darajasini oldindan pasaytirish bo'yicha chora-tadbirlami ishlab chiqish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, matematik modellashtirish va prognoz qilish metodlari bilan hamohang bo'lgan indikatorlarga (ya’ni iqtisodiyot uchun muhim bo'lgan moliya bozorining xavfsizlik, raqobatbardoshlilik, barqarorlik, risklilik va jalbdorlilik ko'rsatkichlariga) salbiy ta’sir etuvchi sabablami oldindan aniqlash, ulami pasaytirish yoki oldini olish bilan bog'liq chora-tadbirlami ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur bo'lgan vaqt miqdori bilan ta’minlash imkonini beradi. Moliya tizimi va bozorining xavfsizlik, raqobatbardoshlilik, barqarorlilik va jalbdorlilik darajalarini bevosita va bilvosita miqdoriy ifodalovchi indikatorlami quyidagi besh guruhlarga ajratish mumkin: 1. Makromoliyaviy indikatorlar;
2. Iqtisodiyotda jamg'armalar va investitsiyalar nisbatini ifodalovchi indikatorlar; 3. Bank tizimi faoliyatining indikatorlari; 4. Narx-navo indikatorlari; 5. Moliya bozorini (undagi holat va dinamik jarayonlami) ifodalovchi indikatorlar. Har bir guruhga kiruvchi indikatorlar 2-ilovada keltirilgan. Yuqorida keltirilgan indikatorlar va ulami baholash natijalarini tizimli qayta ishlab tahlil qilish asosida moliya bozorini xavfsizlik, raqobatbordoshlilik, barqarorlik va jalbdorlilik darajalarini, holati, tendentsiyalari va muammolarini, iqtisodiyotdagi roli va funktsiyalari sifatini aniqlash mumkin. Bulaming barchasi moliya bozorini rivojlantirish yoki takomillashtirish bo'yicha istiqbollar va ustuvor yo'nalishlami belgilashga hamda zarur hollarda operativ tarzda regulyativ chora-tadbirlami ishlab chiqish va bozor faoliyatini muvofiqlashtirishda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |