20.3-rasm. Mandell-Flemingning Y-r modeli
Modelni tasvirlash uchun ikkita grafik tuzish taklif etiladi. Har bir grafikda o‘zgaruvchi miqdorlardan bittasi konstanta deb olinadi va tahlil ikki o‘zgaruvchining aloqadorligi bo‘yicha o‘tkaziladi.Mandell-Flemingning Y-r modeli 20.3- rasmda tasvirlangan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki IS egri chizig‘i quyiga, LM egri chizig‘i esa yuqoriga yo‘nalgan. Gorizontal liniya jahon foiz stavkasini ifodalaydi.
Grafik ikki xususiyatga ega.
IS egri chizig‘ining holati almashinuv kursining darajasiga bog‘liq. Almashinuv kursining ko‘tarilishi egri chiziqni chapga siljitadi.
Barcha uch egri chiziq bir nuqtada kesishadi.
Lekin bu uch egri chiziq bir nuqtada kesishmaydi deb tasavvur qilish mumkin (20.4-rasm).
289
Do'stlaringiz bilan baham: |